Yordamchi to’r- kanva metodi mulyaj metodining bir to’ri hisoblanadi; bunda
gazlamaning iplarini surish-siljitish hisobiga kiyim detallarining yoyilmasi xuddi
pardaga o’xshatib yasaladi.
Kiyim detallarining yoyilmasini boshlang’ich sirt ma’lumotlariga asoslanib
chizish metodlari gruppasi analitik va grafik metodlar degan yordamchi
gruppalarini o’z ichiga oladi.
Analitik metodlar gavda (sirt) ni razmeri va formasi to’g’risidagi ,
ma’lumotlarga asoslanadigan nazariy hisoblashlar metodi jumlasiga kiradi. Uning
ikkita asosiy to’ri mavjud: Aqademik.P.L.Chebishev metod iva M.P.(razmerlar
orasidagi o’tishlarga asoslanish) metodi.
P.L.Chebishev metodida yoyiladigan sirtning egriligi aniqlanadi. Bu metod
boshlang’ich sirt to’g’risidagi ma’lumotlarga asoslanib, kiyimning konstruksiyalash
prinsiplarini rivojlantirishga yordam beradi.
M.P. metodi yordamchi sistema hisoblanadi; u sistema uchun boshlang’ich
razmerlarning to’liq razmerlari bo’lishi shart. Kiyim detallari chizmalarini esa istagan
metoda chizish mumkin. Detallarning boshqa razmerlari hisoblash metodida
aniqlanadi.
Grafik metodga chizma geometriya prinsipi asos qilib olinadi. Jami metodlarning
mohiyati yoyilmaydigan sirtlarni uchastka va kichik uchastkalarga bo’lib chiqishdan
iborat. Yordamchi uchastkalarning hosil qilingan chizmalari keyinchalik muayyan
tartibda ketma-ket joylashtirilib, kiyim sirtining yaxlit chizma yoyilmasi hosil qilinadi.
Kiyim sirtining kesimiga qarab quyidagi metodlar farq qilinadi : geodezik
chiziqlar metodi (sirtning kesimi geodezik kesimi ya’ni eng qiska yoyilmaning
boshlang’ich OU chizig’iga nisbatan perpendikulyar joylashgan eng qisqa X
1
, X
2 ,
X
3
,
X
4
) chiziqlar bo’yicha hosil qilinadi; kesuvchi chiziqlar metodi (yoyiliuvchi sir tuch
uchastkaga va har bir uchastka kichik uchuastkalarga bo’linadi) ; uchburchaklar
metodi (sirt kesimi o’qqa nisbatan joylashgan uchburchaklarga ajratiladi.); gorizontal
kesimlar metodi (sirt yo’l-yo’l qilib elementar uchastkalarga bo’lib chiqiladi); to’rt
koordinata metodi (sirtqi koordinatalar o’qi chiziladi, so’ngra o’ziga xos nuqtalar
qo’yib chiqiladi, nuqtalarning kordinatalari topish yo’li bilan chizma yoyilmadagi
vaziyatni aniqlash mumkin); yordamchi yoyish chizig’i metodi tikiladigan
materiallarning harakatchanligi (sirpanchiq, silliqligi) ni hisobga olish zarurligiga
asoslangan. Maneken (kiyim) da kiyim detallari asosiy zo’riqadigan joylariga
koordinata o’qlari hamda yordamchi yoyish chiziqlari chiziladi.
Mazkur chiziqlar o’ziga xos kordinatalar sistemasi bo’lib, ular yordamida kiyim
detallari yordamida har qanday nuqtaning fazoviy, so’ngra tekislikdagi vaziyatini
aniqlash mumkin. Bu metod kiyimga shakl berish texnologiyasi haqida 1-2 mm gacha
aniqlikda ma’lumot olishga imkon beradi
Kiyim detallarining chizma yoyilmasini gavda o’lchamlari va chok haqiga
asoslanib chizishda har xil konstruksiyalash metodlaridan foydalaniladi. Garchi
konstruksiyalash metodlarining kamchiliklari ham bo’lsada, ular ancha oson kiyim
detallarining forma hamda o’lchamlarini nisbatan to’g’ri aniqlash imkonini beradi,
shunga ko’ra dastlabki chizmalar uchun kerakli ma’lumotlarni hisoblab chiqarishda va
ularni hali ham shu metodlar ishlatiladi. Ularning ko’pchilikka ma’lum bo’lganlari
hisoblash-o’lchamlar metodi, proporsional hisoblash metodi, kordinatalar metodi,
masshtablar metodi va boshqalar.
Konstruksiyalashning proporsional-hisoblash metodlaridan birinchi marta
ko’plab kiyim tikishda foydalaniladi Bu metodlar hisoblash-o’lchash metodlarining
bir to’ridir; bunda bichish o’lchamlari hisoblash o’lchamlariga almashtirilgan.
Hisoblash o’lchamlari ikkita asosiy razmer belgisiga ko’krak yarim aylanasining
ikkinchi o’lchamiga va rostga proporsional bog’liq holda belgilanadi.