Kiyimlar assortimenti



Download 32,98 Kb.
bet5/8
Sana08.06.2022
Hajmi32,98 Kb.
#643768
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kiyimlar assortimenti

Paypoq buyumlari. Ularga alohida talablar qo‘yiladi, chunki ular chiroyli tashqi ko‘rinishga ega bo‘lib qolmasdan, balki oyoqqa yopishib turishi. yaxshi turg‘un shaklga ega bo‘lishi va yuvilgandan so‘ng - shaklini yo‘qotmasligi kerak. Bu buyumlar yuqori gigiyenik xususiyatlarga ega bo‘lishi lozim. Ular quyidagi belgilari bo‘yicha bo‘linadi: xomashyosining turi, ishlab chiqarish usuli, matosining tuzilishi, pardoz xususiyati, ishlatilishi, yosh, jins belgisi va o‘lchamlari.
Paypoq buyumlari ishlab chiqarish usuli bo‘yicha yumaloq (choksiz), kottonli va bichilgan buyumlarga bo‘linadi.
Yumaloq yoki choksiz paypoq buyumlari trubkaga o‘xshash shaklga ega bo‘lib, paypoq to‘qiydigan avtomatlarda ishlab chiqariladi. Ularga kerakli shakllar pardoz jarayonida beriladi. Buyumning uchlari overlok yoki kettel-choklari bilan tikiladi. Kottonli buyumlar yoyilgan mato shaklida kotton (yassi) mashinalarida tayyorlanadi. Tayyor mato elastik choklar bilan tikiladi va pardozlanadi. Bichilgan paypoq buyumlari vertel mashinalarda olingan o‘rama (bo‘ylama)li matolardan tayyorlanadi. Buyumlarga beriladigan shakl bichish, tikish va Pardozlash paytida beriladi.
Paypoq buyumlari har xil to‘qilishlarda olinadi: ko‘ndalang glad, lastik, silliq yoki gulli platirovka, press-naqshli, baxmalli, jakkardli, kam so‘kiladigan, o‘rama (bo‘ylama)li. Pardoz xususiyati bo‘yicha paypoq buyumlari oqartirilgan, sidirg‘a bo‘yalgan, gul bosilgan, olachipor halqalangan va gulli turlari ajratiladi.
Paypoq buyumlarining o‘lchamlari oyoq kaftining uzunligi bo‘yicha belgilanadi va ular quyidagi o‘lchamlarda chiqariladi: ayollar uzun paypog‘i, yarim paypog‘i hamda paypoqlari 19 dan 29 gacha; erkaklar va o‘smirlar paypoqlari - 21 dan 31 gacha; bolalarning oddiy yoki uzun paypoqlari -12 dan 22 gacha va bolalar yarim uzun paypoqlari - 14 dan 22 o‘lchamgacha. Elastikdan tayyorlangan paypoq buyumlari uch o‘lchamda: 19-21 (oyoq kaftining uzunligi 18 sm), 23-25 (20 sm) hamda 27-29 (22 sm) chiqariladi.
Qo‘lqoplar. Qo‘lqoplar assortmentiga qo‘lqoplar va boshmaldoqli (varejki) qo‘lqoplar kiradi. Ustki kiyimga fasoni, o‘lcham, xomashyo sifati, to‘qilishi va pardozi bo‘yicha tasdiqlangan namuna-etalonlar va me’yoriy-texnik hujjatlarda belgilangan talablarga mos kelishi kerak.
Qo‘lqoplar tayyorlash uchun paxta, jun, yarim junli kalavalar, sun’iy hamda sintetik ipak, tarkibi o‘zgartirilgan kalavalar va sintetik tolali iplar qo‘llaniladi. Ular xilma-xil to‘qilishlar yordamida tayyorlanadi: ko‘ndalang va o‘rib to‘qilgan, bir yoki ikki yuzali, silliq, gulli va boshqalar.
Qo‘lqoplarning o‘lchamlari qo‘l kafti aylanasining yarmi (sm. da) bilan belgilanadi. Bichib tikilgan qo‘lqoplar quyidagi o‘lchamlarda ishlab chiqariladi: erkaklar qo‘lqoplari va boshmaldoqli qo‘lqoplari - 9; 10; 11 va 12; ayollar qo‘lqoplari - 8; 9 va 10; bolalar qo‘lqoplari - 7; 8 va 9; bolalar boshmaldoqli qo‘lqoplari - 5,5; 6; 6,5; 7;8 va 9. Halqalabto‘qilgan qo‘lqoplar o‘lchami: erkaklar qo‘lqoplari hamda boshmaldoqli qo‘lqoplari - 9; 10; 11 va 12; ayollar qo‘lqoplari - 8,5; 9 va 9,5; bolalar qo‘lqoplari - 7 va 8; bolalar boshmaldoqli qo‘lqoplari - 5,5; 6; 6,5; 7 va 8.
Bichilgan qo‘lqoplar tuzilishi bo‘yicha ikki turda bo‘ladi: to‘g‘ri burchakli va pastga tomon kengaytirilgan. Halqalab to‘qilgan hamda boshmaldoqli qo‘lqoplar, yassi yoki yumaloq qo‘lqop jakkard apparatli lo‘qish mashinalarida tayyorlanadi. Qo‘lqoplar tuzilishi bo‘yicha ikki turda chiqariladi: besh panjali va ikki panjali; boshmaldoqli qo‘lqoplar - bir turda katta boshmaldoqli bo‘ladi. Ular pardozi bo‘yicha har xil.

Download 32,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish