Kiyimlar assortimenti


Bosh kiyimlar va ro‘mol-bo‘yinbog‘ buyumlari



Download 32,98 Kb.
bet6/8
Sana08.06.2022
Hajmi32,98 Kb.
#643768
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kiyimlar assortimenti

Bosh kiyimlar va ro‘mol-bo‘yinbog‘ buyumlari. Bosh kiyimlarga ham ustki kiyimlarniki kabi talablar qo‘yiladi. Ularning assortimenti juda xilma-xil va bularga quyidagilar kiradi: telpaklar, shlyapalar, shlemlar, shapkalar, kepkalar (koziryokli yumshoq bosh kiyimi), do‘ppilar, beretlar, quloqchinli qalpoq (kapor)lar, feskalar (hoji do‘ppi-po‘pakli) va boshqalar. Ular erkaklar, ayollar, bolalar uchun, qishki, yozgi, mavsumiy, qattiq, yarim qattiq va yumshoq, turli material bo‘lishi mumkin. Har kuni kiyish, bezakli, ko‘chalik, turizm yoki dam olish uchun ishlatiladi.
Bosh kiyimlar shakli, silueti, o‘lchami va mutanosibligi, bichimi. rangi va pardozi bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Ular har xil usullarda ishlab chiqariladi. Mazkur kiyimlarning o‘lchami boshning aylanasi bilan sm. larda aniqlanadi. Ular yoshi kattalar uchun 53 dan 62 o‘lchamgacha. maktab yoshidagilarga 50 dan 56 gacha, maktab yoshigacha 47 dan 54 gacha, yasli yoshidagilarga 45 dan 47 o‘lchamgacha chiqariladi.
Qalpoqlar trikotajli bosh kiyim bo‘lib, jins va yosh belgisiga ko‘ra ayollar, erkaklar va bolalar qalpoqchalariga bo‘linadi. Kattalar qalpoqchalari 53-64, bolalarniki 46-52 razmerlarda chiqariladi.
Telpaklar - eng ko‘p tarqalgan bosh kiyimlaridan biri. Ular gazlama, fetr, tabiiy va sun’iy mo‘yna hamda charmlar va boshqa materiallardan tikiladi. Telpaklar yaxlit mo‘ynali, qurama, fasonlari bo‘yicha o‘zlarining raqamlariga ega bo‘ladi: quloqchin, «Gogol», «Moskovskaya», «Olimpiyskaya» va boshqalar.
Shapkalar - soyabonli, yassi tagli, qattiq keng gardishli erkaklar va bolalar bosh kiyimi. Ular paxta yoki jun gazlamasi hamda charmlardan tayyorlanadi.
Kepkalar- soyabonli yumshoq bosh kiyim. Kepkalar qalpoq (usti), soyabon, peshonabog‘ yoki yarim peshonabog‘ va astardan iborat. Ular maxsus kepkali yoki kiyimli gazlama, charmlardan tikiladi. Kiyilishi bo‘yicha qishki, yozgi va mavsumiy boiadi.
Shlemlar - boshga mahkam kiyilib, quloqni berkitib turadigan va tomoq tagidan bog‘lanadigan bosh kiyim.
Do‘ppi - aylana shakldagi to‘rt qirrali telpakchaga o‘xshash bosh kiyim. Ular fetr yoki shoyi gazlamalardan har xil gulli qilib tikiladi.
Quloqchinli qalpoq (kapor)lar - boshga jips kiyiladigan, iyak tagidan mahkamlanadigan ayollar va qizlar uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
Beret- chekkasi ichiga qayrilgan shlyapaning boshqa bir ko‘rinishi. Ular fetr, gazlama, charm, trikotaj va mo‘ynadan tikilishi mumkin.
Shlyapalar assortimentdagi eng ko‘p hissani egallaydi va shakli, fasoni, material bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Shakli bo‘yicha yassi, bo‘rtma, aylana shaklida, konusga o‘xshash, baland, past, buklamli; ishlab chiqarilishi bo‘yicha - yaxlit shakl berilgan hamda tikilgan bo‘lishi mumkin. Ular fetr, gazlama, mo‘yna, somon, charm va boshqa mate rial la rdan tayyorlanadi.
Fetrli shlyapalarning xomashyosi junli, tivitli, pardozi silliq va patli bo‘ladi. Gazlamadan tikilgan shlyapalarga panamalar kiradi. Panamalarning qalpoqchasi (boshi) to‘rtta pannoga o‘xshash bo‘lakdan tikiladi; ikki qavat soyaboni qoplamasi bilan birgalikda parallel choklar asosida baxyalanadi va qalpoqchasiga tikiladi. Ular oqartirilgan zig‘ir va paxta gazlamalaridan, kamroq yarim oq va xom zig‘ir hamda yarim zig‘ir gazlamalaridan tayyorlanadi.
Trikotajli ro‘mollar ishlatish mavsumi bo‘yicha qishki va yozgi bo‘ladi. Xomashyo turi, ip va kalavaning qalinligi, to‘qilishi buyumning qaysi mavsumda ishlatilishiga qarab tanlanadi. Ro‘mollar paxta, jun, qurama, yuqori hajmli va viskoza iplardan hamda echki tiviti yoki paxta aralashtirilgan quyon tivitlaridan qo‘lda, aylana, fang, vertel va reshel mashinalarida tayyorlanadi. Tivitlardan qo‘lda yoki mashinalarda to‘qilgan ro‘mollar Orenburg va Penza tivitli ro‘mollari deb ataladi.
Yozgi ro‘mollar viskoza va sintetik iplardan o‘rib to‘qish mashinalarida gulli to‘qilish yo‘li bilan tayyorlanadi.
Ro‘mollar pardoz xususiyati bo‘yicha oqartirilgan, sidirg‘a bo‘yalgan va olachipor halqalangan bo‘ladi. Ular quyidagi o‘lchamlarda bo‘ladi (sm.da): 70x70; 85x85; 95x95; 100x100; 130x130.
Trikotajli bo‘yinbog‘lar paxta, jun, qurama, yuqori hajmli, sun’iy va sintetik ipaklardan tayyorlanadi. Ular bir va ikki yoqlama, pardozi esa turlicha bo‘ladi.
Bo‘yinbog‘lar quyidagi o‘lchamlarda chiqariladi (sm.da): 95x16; 100x25; 120x20; 130x25; 180x70; 150x50; 160x60; 180x50. 180x70 sm o‘lchamdagi bo‘yinbog‘lar palantin deb ataladi.

Download 32,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish