Kiyimlar assortimenti



Download 32,98 Kb.
bet4/8
Sana08.06.2022
Hajmi32,98 Kb.
#643768
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kiyimlar assortimenti

Ichki kiyimlar. Trikotajdan tayyorlangan ichki kiyimlar gazlamadan tayyorlanganlariga nisbatan yuqori gigiyenik ko‘rsatkichlari, foydalanish xususiyatlari va yuqori tejamliligi bilan ustun turadi. Trikotajdan tayyorlangan ichki kiyimlar elastik, yumshoq, yaxshi cho‘ziluvchan, kishi gavdasini bir tekisda va yaxshi qisib turadi. O‘ziga xos xususiyatlari tufayli mato organizmning faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratib beradi (havo va par o‘tkazuvchanlik). Ichki kiyimlar ishlab chiqarishda har xil kalava hamda iplardan foydalaniladi: tabiiy yoki aralash tolali kalavalar, kompleks va tarkibi o‘zgartirilgan kimyoviy iplar hamda ularning aralashmalari.
Erkaklar ichki kiyimiga ko‘ylaklar, pijamalar, kalta ishtonlar va kalson (ishton)lar kiradi. Ichki ko‘ylaklar gazlamalardan tayyorlangan bo‘lib, ochiq va yopiq yoqali, bir yoki ikki tugmada qadaladigan yoki tugmasiz bo‘lishi mumkin. Ustki ko‘ylaklar turli xillarda (uzun va kalta yengli, kalta yengli, shimga kirgizilmasdan kiyiladigan) fasonlarda ishlab chiqariladi. Old tomonidan har xil uzunlikda kesilgan va tugsepochka yoki ilmoqlarda yopiladigan bo‘ladi. Yoqalari ham xilma-xil fasonlarda (qayrilma, tik, fasonli, yaxlit bichilgan) tikiladi.
Pijamalar - uxlash uchun kalta kamzul va shimdan tuzilgan to‘plam bo‘lib, paxta hamda ip gazlamalaridan tayyorlanadi.
Kalta ishtonlar tanaga kiyiladigan ichki va sport kiyimi sifatida ishlatiladi. Ular oqartirilgan, sidirg‘a bo‘yalgan yoki gul bosilgan bo‘z va satinlardan tayyorlanadi.
Fufaykalar ikki turda sotuvga chiqariladi: old tomonidan qadaladigan yoki qadalmaydigan. Ular kalta va uzun yengli bo‘lib, turli to‘qilishlarda (glad, lastik, interiok, fileyli va boshq.) har xil xomashyolar (paxta, jun kalavali, sun’iy ipak, sintetik kalava va iplar) dan olingan matolardan tikiladi.
Ayollar ichki kiyimiga ko‘ylaklar, ichki ko‘ylak (kombinatsiya)lar, pantolonlar, kalta ishtonlar, ichki yubkalar va cho‘milish kostyumlari kiradi. Ular kunduzgi va tungi ko‘ylaklarga bo‘linadi. Ular uch turda bo‘ladi: yarim yopishib turadigan siluetli, kengaytirilgan yoki to‘g‘ri; baland tomonidan pastga tomon kengaytirilgan, to‘g‘ri.
Ichki ko‘ylaklar nisbatan uzunroq va xilma-xil pardozli bo‘ladi. Ular quyidagi turlarda chiqariladi: beli qisqargan va pastga kengaygan yoki to‘g‘ri (ayollar va bolalar ich ko‘ylagi); beli balanddan pastga kengaygan (ayollar va bolalar ko‘ylagi); beli to‘g‘ri (faqat bolalar ko‘ylagi). Tuzilishi bo‘yicha katta yengli yoki bog‘ichli va ularsiz bo‘lishi mumkin. Ichki ko‘ylaklar har xil trikotaj matolari hamda gazlamalardan tayyorlanadi.
Ichki yubkalar turli fasonda, sun’iy va sintetik ipakdan tayyorlangan vertyolkali trikotaj polotnolaridan tikiladi.
Cho‘milish kostyumlari xilma-xil fason, pardoz va rangda, ayrim hollarda belbog‘li qilib trikotaj hamda gazlamalardan tayyorlanadi. Ular kalta ishton va byustgalter (ayollar ko‘krakbog‘i)dan tashkil topadi.
Pantolonlar uch turda chiqariladi; uzun, qisqa va pantolon-trusik ko‘rinishda.
Bolalar ichki kiyimi ham kattalarnikidek assortimentda ishlab chiqariladi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning ichki kiyimiga maxsus talablar qo‘yiladi. Jumladan, ular yuqori gigiyenik, gigroskopik, (havo va bug‘ o‘tkazuvchan), issiq saqlash, ko‘p martalab yuvilish va dazmollashga chidamli xususiyatlarga ega, mustahkam rangli, yengil, kiyilishda qulay va yumshoq bo‘lishi kerak.
Bu guruhdagi buyumlar assortimentiga quyidagilar kiradi: koftalar, chaqaloqlar yaktakchasi (rasposhonka), emaklaydigan bolaning maxsus kiyimchalari (polzunki), kalta ishtonchalar, lifli yoki yelkabog‘li va ko‘krakchali buyumlar, konvertlar, kombinezonchalar, telpakchalar, garniturlar va pinetkalar.
Beldamchi buyumlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri badanga kiyiladigan va qomatni ushlash uchun mo‘ljallangan ayollar ichki kiyimi. Ularga byustgalterlar, beldamchilar, gratsiyalar, belbog‘lar va boshqalar kiradi. Beldamchi buyumlari assortimenti quyidagi belgilari bo‘yicha bo‘linadi: materiali (gazlama, noto‘qima material, trikotaj va turli matolar), tuzilishi va elastiklik darajasi (noelastik, elastik, quramali), turlari, fasoni, o‘lchami hamda ishlatilishi (kundalik va bezakli). Bu buyumlar moda talablariga mos kelishi, badanga yopishib turishi, uning ayrim uchastkalarini yaxshi belgilashi (qayd etishi), ishlatishda qulaylik yaratishi va gigiyenik bo‘lishi kerak.
Beldamchi buyumlari ayollarning yoshiga qarab guruhlarga bo‘linadi: qizlar (14-16 yosh), ayollar (17 yosh va undan ortiq) va yoshi ulug‘ ayollar uchun (60 yoshdan ortiq).
Byustgalterlar belbogining (poyasi) kengligi bo‘yicha - ingichka hamda keng belbog‘li, kosachasining tuzilishi - aylana chokli, oval va yaxlit bichilgan; ilmog‘ining turi - halqali va ilgakli, ilgakli hamda tugmali, to‘qali va tasmali bo‘ladi.
Belbog‘ - bu gavdaning bel qismiga yopishib turadigan buyum. Ular keng va ingichka, ilmog‘i bo‘yicha byustgalterga o‘xshash, asosiy qismlarining qatlamlar soni - bir hamda ikki qavatli.
Gratsiya byustgalter va beldamchining birgalikdagi qo‘shilishidir. Bel chizig‘igacha keng belbog‘li bo‘lgan byustgalter yarim gratsiya deb ataladi.
Beldamchi - ko‘krak pastidan tosning chizig‘igacha (yoki biroz pastroqqacha) chip yopishib turadigan qattiq shaklli buyum. Yarim beldamchi - qattiq shaklli keng belbog‘. Beldamchi va yarim beldamchilar ilmog‘i, asosiy qismlarining qatlamlar soni (bir va ikki qatlamli) hajmini o‘zgartirish turi (shnurlangan, elastik, qo‘shimcha qo‘yilgan) bo‘yicha bo‘linadi. Beldamchi buyumlarining o‘lchamlari bel va tosning aylanasi bilan sm. larda aniqlanadi.

Download 32,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish