Elektrlanuvchanlik – materiallarning o`z sirtiga statik elektr to`plash xususiyati. Tayyorlash va foydalanish jarayonlarida to`qimachilik materiallari albatta boshqa narsalarga tegadi va ishqalanadi. Shunda ularning sirtida elektr zaryadlar uzluksiz to`planadi va tarqaladi. Agar zaryadlarning to`planishi bilan tarqalishi orasidagi muvozanat buzilsa ,material sirtiga statik elektr to`planib, material elektrlanadi.
GAZLAMANING KOLORITI.
Kiyim modelini tanlash, konstruktsiyalarini ishlab chiqish, buyumlarning gijimlanuvchanligi, hajmi, o`lchami va proportsiyalarining ko`z bilan idrok etilishi gazlamalarning optik xossalariga, ya`ni yoruglik oqimni ham miqdor jixatdan, ham sifat jixatidan o`zgarish xususiyatiga bogliq.
Materiallarning rangi, yaltiroqliligi, shaffofligi, oppoqligi kabi xossalari ularning yorug`lik okimini qaytarish, yutish, tarqatish, o`tkazish xususiyatiga qarab namoyon bo`ladi.
Agar material yoruglik oqimini to`liq qaytarsa yoki yutsa, axromatik rang: yoruglik oqimini to`liq qaytaroganda – oq rang, to`likq yutganda – qora rang, bir me`yorda chala yutganda – har xil tuslardagi kulrang hissi paydo bo`ladi.
Agar material yoruglik nurini tanlab qaytarsa , xromatik rang hissi paydo bo`ladi. Xromatik ranglar sovuq va iliq ranglarga bo`linadi. Yashil – zangori, ko`k, binafsharanglar muz, ko`kat, metall ranglarini eslatganligi uchun sovuq ranglarga kiritiladi. Sariq, zarqoldoq, qizil ranglar quyosh nuri, olov tafti haqida tasavvur bergani uchun iliq ranglarga kiritiladi. Xromatik ranglar uchun oxangdoshlik, to`yinganlik, yorqinlik xosdir. Axromatik ranglar uchun esa faqat yorqinlik xosdir.
Kolorit – gazlamalar gulida barcha ranglarning nisbati. har xil oxangdoshlik, to`yinganlik, yorqinlikka ega bo`lgan ranglarni uygunlashtirib gazlamalarga yorqin yoki suniq kolorit berish mumkin. Ko`pincha gazlamalar bir xil gulli qilib chiqariladi, lekin ularning koloriti har xil bo`ladi.
Butun ittifok engil sanoat buyumlarini assortimenti va kiyim madaniyati instituti (VIALegprom ) tikuvchilik materiallari assortimentini rivojlantirishga asosiy yo`nalishlarini ishlab chiqishda ularning koloristik bezalishiga katta axamiyat beradi, modabop ranglar gammasini va modabop gullar namunalarini tavsiya qiladi.Gazlamalarning gullari mazmuniga qarab ular syujetli, tematik va ma`nosiz xillarga bo`linadi.
Biror mazmunga ega bo`lgan gullar (portretlar, rasmlar va boshqalar) syujetli gullar deb ataladi. Yubileylarga atab chikaradigan ro`mollar, gobelenlar, dasturxonlar , ba`zi gazlamalarning gullari syujetli bo`lishi mumkin.
Biror tushunchani ifodalashi mumkin bo`lgan gullar (no`xat, yo`llar, katak) tematik gullar deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |