Hazrati sulton maqbarasi . Qashqadaryo viloyatidagi meʼmoriy yodgorlik (XII-XIII asrlar). Maqbaraning qad. qismi uzun goʻrxona boʻlib, keng ravoqli yoʻlak orqali gumbazli ziyo-ratxonaga oʻtiladi. Ziyoratxonaga 3 ta goʻrxona tutash. Maqbara 16—18-asrlarda qayta tiklangan.
Xojagi Imkanagiy. Ushbu qadamjolardan biri Xojagi Imkanagiy ziyoratgohi haqida to‘xtalamiz. So‘fi Olloyor va Boborahim Mashrab nazari tushgan Imkana qishlog‘i dengiz sathidan 900 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, odamlar orasida «Xo‘ja imkana», «Xo‘ja ilm koni» nomlari bilan mashhur. Qishloq ahli shu erda bundan to‘rt yarim asr avval Muhammad Payg‘ambar (s.a.v.) avlodiga mansub ulug‘ zot — Mavlono Abulboqi Xojagi Imkanagiy yashab o‘tgani bilan faxrlanishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |