Oksid deb nimaga aytiladi ?
T o’g’ri javob uchun : 1 ball
Quyida berilgan rasmdagi jarayonni izohlab bering
To’g’ri javob uchun : 1 ball
|
Quyidagi reaksiyalarni davom ettiring :
C + O2→…
CaCO3→…
To’g’ri javob uchun : 1 ball
|
Masala :
6 gramm uglerodning kislorod bilan reaksiyasidan qancha hajm (n.sh.da) karbonat angidrid (CO2) hosil bo’ladi?
To’g’ri javob uchun : 2 ball
|
Amfoter oksidlar berilgan qatorni belgilang.
CO, N2O, NO, SiO;
CuO, Na2O, CaO, FeO;
ZnO, BeO, Al2O3, PbO ;
SO3, CO2, N2O5, SO2 .
To’g’ri javob uchun : 1 ball
|
O ksidning qanday turlari bor ?
To’g’ri javob uchun : 1 ball
|
So’ndirilmagan ohakdan so’ndirilgan ohak olish reaksiya tenglamasini yozing.
To’g’ri javob uchun : 1 ball
|
Quyidagi reaksiyani davom ettiring :
Ca + O2 → …
SO3 + NaOH → …
To’g’ri javob uchun : 2 ball
|
Asosli oksidlar berilgan qatorni belgilang.
CO, N2O, NO, SiO;
CuO, Na2O, CaO, FeO;
ZnO, BeO, Al2O3, PbO ;
SO3, CO2, N2O5, SO2 .
To’g’ri javob uchun : 1 ball
|
“So’roq” belgisi o’rniga modda yozing.
To’g’ri javob uchun : 1 ball
|
Quyidagi oksidlarni nomlang:
P2O5, Na2O, CuO
T o’g’ri javob uchun : 1 ball
|
Masala :
56 gramm CaO (so’ndirilmagan ohak)ning modda miqdorini toping
To’g’ri javob uchun : 2 ball
|
Tuz hosil qilmaydigan oksidlar berilgan qatorni belgilang.
CO, N2O, NO, SiO;
CuO, Na2O, CaO, FeO;
ZnO, BeO, Al2O3, PbO ;
SO3, CO2, N2O5, SO2 .
To’g’ri javob uchun : 1 ball
|
Qum bilan oksidning qanday bog’liqligi bor ?
To’g’ri javob uchun : 1 ball
|
Quyidagi oksidlardagi elementlarning valentliklarini toping
SO3, CO2, N2O5, SO2 .
To’g’ri javob uchun : 1 ball
|
Quyidagi reaksiyani davom ettiring :
Na2O + H2O → …
P2O5 + H2O → …
To’g’ri javob uchun : 2 ball
|
Kislotali oksidlar berilgan qatorni belgilang.
CO, N2O, NO, SiO;
CuO, Na2O, CaO, FeO;
ZnO, BeO, Al2O3, PbO ;
SO3, CO2, N2O5, SO2 .
To’g’ri javob uchun : 1 ball
|
Quyidagi oksidlarning grafik tuzilishini yozing ?
P2O5, Na2O, CuO
To’g’ri javob uchun : 1 ball
|
Masala :
FeO dagi kislorodning foiz ulushini toping.
To’g’ri javob uchun : 2 ball
|
“So’roq” belgisi o’rniga modda yozing.
To’g’ri javob uchun : 1 ball
|
« Sirli sandiq » o’yini (7 ta o’quvchi ishtirok etadi).
7 ta o’quvchidan iborat guruh quticha ichidagi o’ralgan
qog’ozchadagi savollarga javob berishib stol ustidagi
7 ta harfdan iborat kartochkani doskaga ilishadi. Bu
kartochkalar ketma-ketligini to’g’ri tanlab “Murakkab modda guruhi”
ni topishadi.
Oddiy modda deb nimaga aytiladi ? Oddiy moddalarga misol ayting.
Murakkab modda deb nimaga aytiladi? Murakkkab moddalarga misol ayting.
III.Yangi mavzu bayoni
Olinishi.Kislotalarni quyidagi usullar yordamida olinadi:
1. Kislorodli kislotalarni kislotali oksidlar bilan suvning o‘zaro ta’siri natijasida olish mumkin:
P2O5 + 3H2O = 2H3PO4;
SO2 + H2O = H2SO3.
2.Kislorodsiz kislotalarni metallmaslarning vodorod bilan ta’sirlashuvi mahsulotlarini
suvda eritib olish mumkin:
H2 + Cl2 = 2HC1(suvdagi eritmasi xlorid kislota);
H2 + S = H2S (suvdagi eritmasi sulfid kislota).
3. Kislotalarni ularning tuzlariga boshqa kislotalarni ta’sir ettirib olish mumkin:
2CH3COONa + H2SO4 = 2CH3COOH + Na2SO4; FeS + 2HC1 = FeCl2 + H2S↑;
NaCl + H2SO4(kons.) = NaHSO4 + HCl↑; Na2SiO3 + 2HC1 = H2SiO3↓+ 2NaCl.
Fizik xossalari.
Kislotalarning qattiq ,suyuq,gaz xillari mavjud
|
Fizik xossalari
|
Silikat kislota cho’kma hisoblanadi
|
Organik kisloralar kuchsiz kislota bo’ladi.
|
|
Qattiq kislotalar:borat,ortafosfat.karbonat va sulfit kislota beqaror.
|
HBr,HCI,H2S
Suvda yaxshi eriydigan kislotalar
|
|
Suyuq: sulfat va nitrat kislotalar
|
qattiq (borat, ortofosfat kislotalari),
suyuq (sulfat, nitrat kislotalar) bo‘lishi mumkin.
Ularning ko‘pchiligi suvda yaxshi eriydi
(vodorod xlorid HCl, vodorod bromid HBr, vodorod sulfid H2S) suvda eritmalari ham kislotalar bo‘lib hisoblanadi
Kislota molekulalarida vodorod kislota qoldiqlari bilan bog‘langan holda bo‘ladi.
Kimyoviy xossalari.
O'qituvchi tomonidan kislotalarning kimyoviy xossalarini bilish uchun guruhlarga laboratoriya topshiriqlarini bajarish taklif qilinadi.
Har bir guruh sardori natijalarni e’lon qiladi, ishtirokchilardan biri o’qituvchi yordamida reaksiya tenglamalarini doskaga yozadi.
O’qituvchi tomonidan texnika xavfsizligi qoidalari aytib o’tiladi.
1-guruh natijalarining taqdimoti (kislotalarning metallar bilan o'zaro ta'siri)
O'quvchi: biz xlorid kislotaning magniy, rux, mis metallariga ta'sirini o'rganib chiqdik, mis sim bilan reaksiyada o'zgarishlar yuz bermadi, ya'ni reaksiya sodir bo'lmaydi,rux bilan o'zaro ta'sirlashganda gaz ajralib chiqdi , magniy bilan reaktsiya ayniqsa faol bo'ldi, magniyning xlorid kislota bilan o'zaro ta'siri paytida probirka isidi, ya'ni ekzotermik reaksiya sodir bo'ladi
O'qituvchi:
-Agar sizdan o'rganilayotgan metallarni faolligini pasayishi bo'yicha tartibga solish talab qilingan bo'lsa, bu metallarni qanday joylashtirgan bo'lar edingiz?
O'quvchi: avval magniy, keyin rux, keyin mis
O'qituvchi: Beketovning kuchlanishlar qatori haqida ma’lumot beradi:
Metallarning faollik qatorida vodoroddan chapda turgan metallar uni kislotalardan siqib chiqaradi, o‘ngda turganlari esa siqib chiqara olmaydi va bunda boshqa mahsulotlar hosil bo‘ladi :
Cu + 4HNO3 (kons.) = Cu(NO3)2 + 2NO2↑ + 2H2O.
Vodorodni siqib chiqaradi
|
H2
|
Vodorodni siqib chiqara olmaydi
|
Li
|
Cs
|
K
|
Ca
|
Na
|
Mg
|
Al
|
Mn
|
Zn
|
Cr
|
Fe
|
Ni
|
Sn
|
Pb
|
Cu
|
Ag
|
Hg
|
Au
|
1 guruh sardori chiqib reaksiya tenglamalarini doskaga yozadi, koeffitsientlarni tartibga soladi. Kimyoviy reaksiya turini bildiradi (barcha o'quvchilar tenglamalarni daftarga yozadilar)
2-guruh natijalari (kislotalarning metall oksidlari bilan o'zaro ta'siri)
O’quvchi: biz xlorid kislotaning magniy va rux oksidlariga ta'sirini o'rganib chiqdik, oksidlar xlorid kislotada eritildi, ya'ni ular kislotalar bilan o'zaro ta'sir qiladi degan xulosaga keldik.
2 guruh sardori chiqib i reaksiya tenglamalarini doskaga yozadi, koeffitsientlarni tartibga soladi. Kimyoviy reaksiya turini bildiradi (barcha o'quvchilar tenglamalarni daftarga yozadilar)
MgO + 2 HCl → MgCl2 + H2O
ZnO + 2 HCl → ZnCl2 + H2O
3-guruh natijalari (kislotalarning asoslar bilan o'zaro ta'siri)
O’quvchi: biz xlorid kislotaning eruvchan (natriy gidroksid) va erimaydigan (temir (III) gidroksid) asosga ta'sirini o'rganib chiqdik, birinchi holda reaksiya fenolftalein indikatori ishtirokida amalga oshirildi gidroksidi tarkibidagi qirmizi rang, xlorid kislota qo'shilganda bu rang yo'qoladi, xlorid kislotaga temir (III) gidroksid qo'shilganda erimaydigan asos temir (III) gidroksidining cho'kmasi hosil bo’ldi, demak kislotalar asoslar bilan reaksiyaga kirishadi.
3 guruh sardori reaksiya tenglamalarini doskaga yozadi, koeffitsientlarni tartibga soladi. Kimyoviy reaksiya turini bildiradi (barcha o'quvchilar tenglamalarni daftarga yozadilar)
O’qituvchi neytrallanish reaksiyalari haqida ma’lumot beradi.
Asoslar kislotalar bilan ta’sirlashib, tuz va suv hosil qiladi (bu reak- siya neytrallanish reaksiyasi deb ataladi):
H2SO4 + 2NaOH = Na2SO4 + 2H2O;
HCl + Mg(OH)2 = Mg(OH)Cl + H2O;
O'qituvchi:
Kislotalar tuzlar bilan ta’sirlashadi va yangi kislota hamda tuz hosil qiladi:
A)O‘rta tuz va yangi kislota; BaCl2 + H2SO4 (suyul.) = BaSO4↓ + 2HC1.
B) Nordon tuz va yangi kislota NaCl + H2SO4 (kons.) =NaHSO4 + HCl↑.
C)Faqat nordon tuz CaCO3 + H2CO3 = Ca(HCO3)2
Kislotalar qizdirilganda kislotali oksid va suvga parchalanadi:
H2SiO3→SiO2 + H2O.
O’quvchi: endi birgalikda xlorid kislotaning indikatorlarga ta'sirini tekshiramiz.
Fenolftalein rangini o'zgartirmaydi, lakmus va metil zarg’aldog’i qizil rangga ega, ya'ni kislotalar indikatorlar rangini o'zgartiradi
Indikator nomi
|
Neytral eritmadagi rangi
|
Kislota eritmasidagi rangi
|
Lakmus
|
Binafsha
|
Qizil
|
Metil zarg‘ aldog‘ i
|
Rangsiz
|
Qizil
|
Fenolftalein
|
To‘q sariq
|
Rangsiz
|
O'qituvchi:
Bir kuni ingliz kimyogari Robert Boyl Germaniyada I. Glauberdan sotib olingan xlorid kislota xususiyatlarini o'rganib chiqib, uni tasodifan to'kib yuboradi. Kislota binafsha gulining ustiga to’kiladi, biroz vaqt o’tgach qarasa gulning rangi ko'k-binafshadan qizil rangga aylangan. Ushbu hodisa R. Boylni hayratga soladi va u darhol turli xil kislotalar va turli o'simliklarning gullari bilan bir qator tajribalarni o'tkazdi. Ma'lum bo'lishicha, jo'xori gullari va atirgul va ba'zi boshqa o'simliklarning gullari kislotalar ta'sirida rangini o'zgartirib yuborgan. Ayniqsa lishaynik kislota eritmalarida qizil rangga, gidroksidi eritmalarida esa ko'k rangga aylangan. Biroz o'ylangandan so'ng R. Boyl bunday moddalarni lotin tilidan tarjima qilishda "ko'rsatgich" degan ma'noni anglatuvchi ko'rsatkichlar deb atadi. Keyinchalik, bu moddalar ko'plab kimyogarlar tomonidan o'z tajribalarida kislotalar va asoslarni tanib olish uchun ishlatilgan va hozirgi vaqtda indikatorlar deyiladi.
4.Yangi mavzuni mustahkamlash.”Halol ishlayman va tekshiraman” usuli orqali o’quvchilar bilimi sinaladi va baholanadi.
Ekranda o’quvchilarga test savollari beriladi.
Savollar
|
O’quvchining ismi va familiyasi
|
Mavzu: Kislotalar nomlanishi,toifalanishi, olinishi va kimyoviy xossalari
|
№
|
A
|
B
|
C
|
O’quvchi javobi
|
To’g’ri javob
|
1. Kislotalar vodorod atomi soniga qarab qanday toifalanadi?
|
1,2,3 va ko’p negizli
|
Faqat 1
|
2 negizli
|
|
|
2. Kislotalar kislorod mavjudligiga qarab qanday toifalanadi?
|
kislorodli
|
kislorodsiz
|
Kislorodli va kislorodsiz
|
|
|
3.H4P2O7 qanday kislotalar toifasiga kiradi?
|
2 negizli
|
4 negizli
|
Ko’p negizli
|
|
|
4. Sulfid kislota formulasi to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping
|
HCl
|
H2S
|
H2SO4
|
|
|
5.Lakmus kislotalarda rangini qanday o’zgartiradi?
|
Binafsha
|
Rangsiz
|
Qizil
|
|
|
6.Kumush metali HCl kislota bilan ta’sirlashganda qanday moddalar hosil bo’adi?
|
AgCl+H2
|
AgCl+HClO
|
Ta’sirlashmaydi
|
|
|
7.Qattiq kislotalar qatorini toping
|
Borat, ortafosfat
|
Silikat,sulfat
|
Xlorid,nitrat
|
|
|
8.Metil zarg’aldog’i kislotalarda rangini qanday o’zgartiradi?
|
To’q sariq
|
Qizil
|
Rangsiz
|
|
|
9.4,9 gr sulfat kislotaning modda miqdorini toping
|
0,5
|
0,1
|
50
|
|
|
10 Quyidagi reaksiya natijasida qanday moddalar hosil bo’ladi?
KOH+HNO3=?
|
KNO3+H2
|
KNO3+H2O
|
Reaksiya sodir bo’lmaydi
|
|
|
Jami ball
|
|
Tekshirdi:
|
Javoblar kaliti ekranda ko’rsatiladi va jami ball degan joyga to’plangan ball yozib topshiradilar. Bu usul bilan sinfning barcha o’quvchilari to’liq baholanadi.
“Kimyoviy elementlar Krossvordi”
Gorizontal kataklarga elementlarni shunday joylashtiringki,4-ustundagi qattiq cho’ziluvchan,yuqori haroratda eriydigan Platina nomi hosil bo’lsin.
(Javobi:kripton, kalsiy,samariy,ruteniy,rubidiy,mendeleviy,kobal’t)
1)Quyidagi moddalar orasidagi reaksiyalarni yozing
1 kaliy gidroksid+Nitrat kislota
2 Sulfat kislota +Natriy gidrokisid
3 xlorid kislota+Natriy karbonat
sulfat kislota+Oltin
2)P2O5 ---ortofosfat, pirofosfat, metafosfat, fosfit kislotalarning qaysilariga to‘g‘ri keladi?
5.O’quvchi va guruxlarni baholash(4daqiqa)
Uyga vazifa. : O`tilgan mavzuni mustahkamlab kelish. 11-jadvaldagi kislotalarni yodlash, va struktura formulasin yozib kelish va 10 kislotani Mr ni topish.Kimyo faniga iqtidori bor o’quvchilarga qo’shimcha qilib izlanib topishi uchun krossvord uyga vazifa qilib beriladi.(tarqatma)
KASHFIYOTCHI KIMYOGARLAR KROSSVORDI.
1.Yodning kashfiyotchisi. 2.Vodorod ixtirochisi. 3. Argonni topgan olimlardan biri. 4. Kislorod kashfiyotchisi5.Fosforni topgan olim. 6.Stronsiyni topgan olim. 7.Vismutni topgan olim. 8. Alyuminiy kashfiyotchisi. 9. Radonning kashfiyotchisi
(Javoblari:Kurtua,Kavendish,Ramziy,Sheelye,Brandt,Krofora,Pott,Ersted,Dori.)
O’qituvchi: Mirzayeva N.
Do'stlaringiz bilan baham: |