Kislota-tiykarlı titrlew usılında urotropin, ammiak muǵdarların anıqlaw usılları.
Usulning mohiyati
Titrlashning kislota-asos usuli kislota, asos va tuzlarni aniqlash usuli bo’lib, protolitlar - kislota HA va asoslar B orasidagi reksiyaga asoslangan:
HA + B = A- + HB+
Suvli eritmalarda bu - neytrallanish reaksiyasi:
H3O+ + OH- = 2H2O
Shuning uchun ham kislota-asosli titrlash neytrallanish usuli deb ataladi.
Kuchli kislota va asoslar HCl, H2SO4, NaOH, KOH bu usulning titrantlaridir. Bu moddalar standart moddaga qo‘yilgan talablarga javob bermaydi, shuning uchun ulardan tayyorlangan eritma konsentratsiyasi eritmani standartlab topiladi. Birlamchi standart modda sifatida aksariyat hollarda bura Na2B4O7 • 10H2O, suvsiz natriy karbonat, shovul kislotaning digidrati H2C2O4 • 2H2O va boshqalar ishlatiladi.
Kislota -asosli titrlashning xillari.
Yuqorida titrimetrik usullaming tasnifi tavsiflanganda kislota-asosli titrlash ikki xilga bo’lingan edi.
Atsidimetrik titrlash (atsidimetriya) - kuchli va kuchsiz asoslar, kuchsiz kislotaning tuzlari, asosli tuzlar va boshqa asosli xossaga ega bo’lgan birikmalarni kuchli kislotaning standart eritmasi bilan titrlash usulidir.
Kuchli asoslar titrlanganda quyidagi reaksiya boradi:
OH- +H3O+ = 2H2O
EN da neytral muhit bo'ladi
Kuchsiz asos, masalan, ammiak titrlanganda
NH3 + H3O+ = NH4+ + H2O
kuchsiz asosning kationi hosil bo‘ladi, uning gidrolizlanishi natijasida ekvivalent nuqtada
NH4+ + H2O = NH3 + H3O+
va muhit kuchsiz kislotali pH<7 bo‘ladi.
Kuchsiz bir negizli kislotalarning tuzlari, masalan atsetatlar titrlaganda
CH3COO- + H3O+ = CH3COOH + H2O
EN da kuchsiz kislota hosil bo‘ladi, uning dissotsilanishi natijasida muhit kuchsiz kislotali pH<7 bo‘ladi.
Kuchsiz ikki negizli kislotaning tuzi, masalan karbonatlar titrlanganda, kislota anioniga bitta proton birikib, kuchsiz kislota nordon tuzining anioni hosil bo'ladi:
CO32- + H3O+ = HCO3- + H2O
Bu anion gidrolizlanib:
HCO3- + H2O = H2CO3 + OH-
natijada kuchsiz ishqoriy muhitni pH>7 hosil qiladi.
Kuchsiz ikki negizli kislota nordon tuzi anionini titrlash davom ettirilsa, ikkinchi EN da, ikki negizli kislota hosil bo‘ladi va uni
HCO3- + H3O+ = H2CO3 + H2O
qisman dissotsilanishi hisobiga ikkinchi EN da muhit, kuchsiz kislotali pH<7 bo‘ladi.
Shunday qilib, atsidimetrik titrlashda titrlanuvchi moddaning tabiatiga muofiq ravishda muhit neytral, kuchsiz ishqoriy yoki kuchsiz kislotali bo‘lishi mumkin.
Alkalimetrik titrlash (alkalimetriya)-kuchli va kuchsiz kislota, nordon tuzlar, kuchsiz asoslarning tuzlarini kuchli asosning standart eritmasi bilan titrlashdir.
Kuchli kislotalar titrlanganda EN da muhit neytral bo‘ladi.
Kuchsiz bir negizli kislotalar titrlanganda EN da, hosil bo‘lgan kuchsiz kislota anioni gidrolizlanishi natijasida, muhit kuchsiz ishqoriy bo‘ladi:
CH3COOH + OH- = CH3COO- + H2O (titrlanish)
CH3COO- + H2O = CH3COOH + OH- (gidrolizlanish)
Ko‘p negizli kislotalar titrlanganda turli EN larda muhit turlicha bo'ladi. Masalan, bosqichli dissotsiatsiya doimiylari.
K1=1,4 • 10-2 (o‘rtacha kuchli kislota) va K2=6,2 • 10-8 (kuchsiz kislota) bo’lgan ikki negizli sulfit kislota H2SO3 ishqor bilan titrlanganda birinchi EN da HSO3- amfolit anioni hosil bo‘ladi:
H2SO3 + OH- = HSO3- +H2O
HSO3- amfolit anioni ham kislota:
HSO3- + H2O = H3O- + SO3-2
ham asos:
HSO3- + H3O+ = H2O + H2SO3
xossalarini namoyon etadi.
H2SO3 - o‘rta kuchli kislota bo‘lgani sababli asosli xossasi kuchsiz. Mazkur holatda kislotali xossasi ustunlik qiladi, birinchi EN da pH qiymati amfolitlar uchun quyidagi formula bilan hisoblanadi:
pH=0,5(pK1+pK2)=0,5(1,85+7,2)=4,53<7.
Shuning uchun birinchi EN da muhit kislotali.
Titrlash davom ettirilganda, ikkinchi EN da kuchsiz kislota HSO3- ning anioni SO3-2 hosil bo‘ladi:
HSO3- + OH- = H2O + SO3-2
Bu anion gidrolizlanadi
SO3-2 + H2O = HSO3- + OH-
va ikkinchi EN da muhit - ishqoriy pH>7 bo‘ladi.
Nordon tuzlar titrlanganda tegishli kislotaning o‘rta anionlari hosil bo‘ladi ENning muhiti ulaming xossasiga bog‘liq. Masalan, NaHSO4 eritmasi ishqor bilan titrlanganda sulfat-ioni SO4-2 hosil bo‘ladi:
HSO4- + OH- = H2O +SO4-2
Sulfat-ioni amalda gidrolizlanmaydi shuning uchun EN da muhit-neytral.
Kuchsiz asos kationidan hosil bo‘lgan tuzlar ishqor bilan titrlanganda erkin asos hosil bo‘ladi. EN da asos hosil bo‘lgani uchun muhit kuchsiz ishqoriy bo‘ladi. Masalan, ammoniy tuzlari ishqor bilan titrlanganda
NH4+ +OH- = NH3 + H2O
kuchsiz asos-ammiak hosil bo‘ladi. EN da ammiak asos kabi dissotsilangani sababli
NH3 + H2O = OH- + NH4+
EN da gidroksil guruhlari paydo bo‘lib muhit pH>7 bo‘ladi.
7>7>7>
Do'stlaringiz bilan baham: |