БухОО ва ЕСТИ “Олий математика” кафедраси “Эҳтимоллар назарияси ва математик статистика” фанидан якуний назорат
VARIANT 1
Ehtimollar nazariyasida hodisa qanday ta’riflanadi?
Har qanday kuzatuvning ixtiyoriy natijalari hodisa deyiladi.
Har qanday tasdiqlar hodisa deyiladi.
Har qanday fikrlar hodisa deyiladi.
Hodisa tushunchasi ta’rifsiz qabul etiladi.
Ehtimollar nazariyasida qanday hodisalar sinfi qaralmaydi?
Noma’lum hodisalar.
Muqarrar hodisalar.
Tasodifiy hodisalar.
Mumkin bo’lmagan hodisalar.
Muqarrar hodisalar odatda qanday belgilanadi?
Q .
Ø .
M .
Quyidagilardan qaysi biri muqarrar hodisa bo’ladi?
Tasodifiy ravishda tanlangan natural son juft bo’ldi.
Sotib olingan lotereyaga yutuq chiqmadi.
Tashlangan tanga gerb tomoni bilan tushdi .
O’yin soqqasi tashlanganda 7 dan kichik ochko chiqdi.
“Ikkita o’yin soqqasi tashlanganda ochkolar ko’paytmasi .......” tasdiq qanday davom ettirilganda muqarrar hodisaga ega bo’lamiz?
36 ga teng bo’ldi.
36 dan katta bo’ldi.
36 dan kichik bo’ldi.
36 dan katta bo’lmadi.
Qutida 10 ta shar bo’lib, ulardan 7 tasi oq va qolganlari qora ranglidir. Shu qutidan tasodifiy ravishda 4 ta shar olindi. Quyidagilardan qaysi biri muqarrar hodisa bo’ladi?
tanlangan sharlardan ko’pi bilan bittasi oq rangli.
tanlangan sharlardan faqat bittasi oq rangli.
tanlangan sharlardan kamida bittasi oq rangli.
tanlangan sharlardan birortasi ham oq rangli emas.
Qutida n ta oq va m ta qora rangli shar bor. “Qutidan tasodifiy ravishda tanlangan k ta shar orasida kamida bittasi oq rangli” hodisa muqarrar bo’ladigan k parametrning eng kichik qiymati nimaga teng?
k=n−1.
k=n.
k=m+1.
k=m−1.
Quyidagilardan qaysi biri muqarrar hodisa bo’ladi?
Tanlangan mahsulot yoki sifatli yoki sifatsiz.
Tasodifiy ravishda tanlangan natural son 5 ga karrali.
Matndan tasodifiy ravishda olingan harf unli.
Ikkita o’yin soqqasi tashlanganda ochkolar yig’indisi 2 dan kichik.
Mumkin bo’lmagan hodisalar odatda qanday belgilanadi?
M .
Ø .
Q.
Quyidagilardan qaysi biri mumkin bo’lmagan hodisa bo’ladi?
Tasodifiy ravishda tanlangan natural son toq bo’ldi.
O’yin soqqasi tashlanganda 1 dan kichik ochko chiqdi.
Sotib olingan lotereyaga yutuq chiqdi.
Tashlangan tanga raqamli tomoni bilan tushdi .
“Ikkita o’yin soqqasi tashlanganda ochkolar ko’paytmasi .......” tasdiq qanday davom ettirilganda mumkin bo’lmagan hodisaga ega bo’lamiz?
36 ga teng bo’ldi.
36 dan kichik bo’ldi.
36 dan katta bo’ldi.
36 dan katta bo’lmadi.
Qutida 10 ta shar bo’lib, ulardan 7 tasi oq va qolganlari qora ranglidir. Shu qutidan tasodifiy ravishda 4 ta shar olindi. Quyidagilardan qaysi biri mumkin bo’lmagan hodisa bo’ladi?
tanlangan sharlardan faqat bittasi oq rangli.
tanlangan sharlardan birortasi ham oq rangli emas.
tanlangan sharlardan ko’pi bilan bittasi oq rangli.
tanlangan sharlardan kamida bittasi oq rangli.
Quyidagilardan qaysi biri mumkin bo’lmagan hodisa bo’ladi?
Talaba testdan muvaffaqiyatli o’tdi.
Ikkita o’yin soqqasi tashlanganda ochkolar yig’indisi 2 dan kichik.
Tasodifiy ravishda tanlangan natural son 5 ga karrali.
Matndan tasodifiy ravishda olingan harf unli.
Quyidagi belgilardan qaysi biri tasodifiy hodisani ifodalashi mumkin?
A .
Л.
Ø .
Quyidagilardan qaysi tasodifiy hodisa bo’ladi?
Keltirilgan barcha hodisalar tasodifiydir.
Tashlangan tanga raqam yoki gerb tomoni bilan tushdi .
Tasodifiy ravishda tanlangan natural son toq bo’ldi.
O’yin soqqasi tashlanganda 1 dan kichik ochko chiqdi.
“Ikkita o’yin soqqasi tashlanganda ochkolar ko’paytmasi .......” tasdiq qanday davom ettirilganda tasodifiy hodisaga ega bo’lamiz?
36 dan kichik yoki unga teng bo’ldi.
36 ga teng bo’ldi.
36 dan katta bo’lmadi.
36 dan katta bo’ldi.
Quyidagi tasdiqlardan qaysi biri tasodifiy hodisani ifodalaydi?
Tekshirilgan mahsulot sifatli chiqdi.
O’zbekistonda har yili to’rt fasl bo’ladi.
Tanga tashlanganda yoki gerb, yoki raqam tomoni bilan tushadi.
Uchta ketma-ket natural sondan kamida bittasi juft bo’ladi.
Quyidagi tasdiqlardan qaysi biri tasodifiy hodisani ifodalaydi?
Uchta ketma-ket natural sonlardan kamida bittasi juft son bo’ladi.
Uchta ketma-ket natural sonlardan kamida bittasi toq son bo’ladi.
Uchta ketma-ket natural sonlardan kamida bittasi tub son bo’ladi.
Uchta ketma-ket natural sonlardan kamida bittasi 3 ga karrali bo’ladi.
Quyidagilardan qaysi biri tasodifiy hodisa bo’lmaydi?
Talaba testdan muvaffaqiyatli o’tdi.
Ikkita o’yin soqqasi tashlanganda ochkolar yig’indisi 2 dan kichik.
Tasodifiy ravishda tanlangan natural son 5 ga karrali.
Matndan tasodifiy ravishda olingan harf unli.
Qaysi shartda A va B hodisalar teng kuchli deyiladi?
A va B hodisalar bir paytda ro’y bersa yoki ro’y bermasa.
A hodisa ro’y berganda B hodisa ham albatta ro’y bersa.
B hodisa ro’y bermaganda A hodisa ham albatta ro’y bermasa.
B hodisa ro’y berganda A hodisa ham albatta ro’y bersa.
{O’yin soqqasi tashlanganda toq ochko chiqdi} hodisasiga teng kuchli hodisani ko’rsating.
O’yin soqqasi tashlanganda 2 ochko chiqdi.
O’yin soqqasi tashlanganda juft ochko chiqmadi.
O’yin soqqasi tashlanganda tub ochko chiqdi.
O’yin soqqasi tashlanganda 1 ochko chiqdi.
{Tanlangan natural son juft} hodisaga teng kuchli hodisani aniqlang.
{ tanlangan natural son toq}.
{tanlangan natural son 2 ga karrali}.
{ tanlangan natural son 4 ga karrali}.
{ tanlangan natural son 3 ga karrali}.
Do'stlaringiz bilan baham: |