Yupqa qavat xromatografiyasi
Adsorbsion xromatografiyaning eng ko‘p tarqalgan turi yupqa qabat xromatografiyasi – qisqartirilgan xolda YUQX tekislik xromatografiyaning bir ko‘rinishi bo‘lib, unda plastinka yuzasidagi adsorbentning yupqa qatlamidan foydalaniladi.
SHisha, metall yoki plastmassadan tayerlangan plastinkaning toza sirtiga sorbentning qatlami tekis yoyiladi, aksariyat holda, adsorbent plastinka sirtidan to‘kilib ketmasligi uchununga maxkamlangan (yopishtirilgan) bo‘ladi. Plastinkaning o‘lchami (uzunligi va eni 5 dan 50 sm gacha) bo‘lishi mumkin. Plastinka sirtiga pastki chetidan 2-3 sm masofada, sorbent sirtini tirnamasdan yumshoq, qalam bilan start chizig‘i va erituvchi etib boradigan front chizig‘i (finish chizig‘i) chizib olinadi (10.4-rasm).
Plastinkaninng start chizig‘iga (kapillyar yoki mikroshprits yoramida ajratilishi lozim bo‘lgan A va V moddalarni tegishli erituvchidagi eritmasidan kichik bir tomchi tushiriladi (10.4-rasm). Erituvchi uchib ketgach, plastinka xromatografik kameradagi mazkur holat uchun maxsus tanlangan erituvchilar aralashmasi suyuq fazaga (XF) tushiriladi.
10.4-rasm. YUQX usulida A va B moddalarni ajralish sxemasi
Sorbentning kapillyar kuchlari ta’sirida TF bo‘ylab start chizig‘idagi A va V moddalarni o‘zida eritgan XF ko‘tarila boradi. Mazkur misolda A moddaning TF moyilligi V moddaning shu fazaga moyilligidan kamligi sababli V moddaga nisbatan A modda tezroq (ildamroq) xarakatlanadi. t vaqtdan so‘ng qo‘zg‘oluvchan faza erituvchining front chizig‘iga etgach, xromatografik jarayon to‘xtatiladi. Plastinkani xromatografik kameradan olib, xavoda quritiladi va A va V moddalardan hosil bo‘lgan dog‘larni plastinkadagi holati aniqlanadi. Dog‘lar odatda dumaloq yoki cho‘ziq doira (ellips) shaklida bo‘ladi. Mazkur holatda A moddaning dog‘i start chizig‘idan lA masofada, V moddaning dog‘i lB masofada hosil bo‘lgan, erituvchi esa L masofani o‘tgan.
Ba’zan, ajratiluvchi moddalar eritmasining tomchisi bilan yonma-yon start chizig‘iga standart yoki guvoh moddalar (aralashmada mavjud bo‘lgan moddalar) eritmasi ham kapillyar bilan tushiriladi.
Tekshiriluvchi aralashmadagi ajratiluvchi moddalarni farqlash uchun xarakatchanlik koeffitsienti Rf (yoki Rf omili) qabul qilingan.
Rf=Vi/VE=(li/t)/(L/t)=li/L (10.1)
Bu erda Vi = li/t va VE = L/t tegishlicha i – tarkibiy qism va erituvchi E larning siljish tezliklari; li va L -i-tarkibiy qism va E erituvchining plastinkadagi siljish masofasi; t –erituvchining startdan, frontgacha shimilib ko‘tarilishi uchun ketgan vaqt. li - start chizig‘idan tegishli i – tarkibiy qismdan hosil bo‘lgan dog‘ning markazigacha bo‘lgan masofani o‘lchab aniqlanadi.
Odatda Rf omili qiymati Rf=0-1 oraligida bo‘ladi. Me’yoriy qiymati 0,3-0,7 ga teng. Xromatografiya Rf qiymati nul va 1 dan farqli bo‘lishini ta’minlovchi sharoitda bajariladi.
Xarakatchanlik koeffitsienti Rf sorbent-sorbat tizimining muhim belgisi bo‘lib, o‘zgarmas sharoitda takroriy tajribalarda Rf=const o‘zgarmaydi.
Xarakatchanlik koeffitsienti Rf qator omillar: erituvchining tabiati, sifati, tozaligi, sorbent (yupqa qatlam) tabiati, sifati, zarralar o‘lchamining bir xilligi, qatlam qalinligi, sorbentning faolligi (namligi), tajribaning bajarilishi (namunaning massasi, erituvchining siljish masofasi L), tajriba bajaruvchi shaxsning amaliy ko‘nikmasi va x.k. larga bog‘liq. Amalda bu omillarning barchasini o‘zgarmas holda saqlash qiyin. Tajriba o‘tkazilgan sharoitni natijaga ta’sirini tenglash maqsadida harakatchanlikning nisbiy koeffitsienti Rskiritilgan:
Rs=l/lst=Rf/Rfst (10.2)
bu erda: Rf=l/L; Rfst= lst/L; lst – start chizig‘idan standart modda dog‘ining markazigacha bo‘lgan masofa (10.4-rasmga qarang).
Xarakatchanlikning nisbiy koeffitsienti Rs xarakatchanlik koeffitsienti Rf ga nisbatan moddaning xarakatchanligi xaqida to‘g‘riroq ma’lumot beradi.
Standart sifatida, mazkur sharoitda Rf0,5 bo‘lgan modda tanlanadi. Standart moddaning kimyoviy tabiati ajratiluvchi moddalar tabiatiga yaqin bo‘lishi kerak.
Ajraluvchi moddalarni yanada ishonchliroq farqlash uchun, aniqlanuvchi aralashmada mavjudligi taxmin qilingan etalon modda – «guvoh» ishlatiladi. Agar Rf=Rf(guvoh) bo‘lsa, bu erda Rf vaRf(guvoh) tegishlicha tekshiriluvchi modda va guvoxning xarakatchanlik koeffitsientlari, aralashmada guvoh kabi modda borligi aniq bo‘ladi.
A va V moddalarning o‘zaro ajralaolish imkonini aniqlash uchun ajralish darajasi R(A/V) kiritilgan.
R(A/V)=Δl/[a(A)/2+a(B)/2]=2Δl/a(A)+a(B)] (10.3)
bu erda Δl-A va V modda dog‘larining markazlari orasidagi masofa; a(A) va a(V) A va V moddalarning xromatogrammadagi (10.5-rasm) dog‘larining diametrlari.
R(A/V) qiymati qancha katta bo‘lsa, xromatogrammada A va V moddalarning dog‘lari bir-biridan shuncha oson ajraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |