Fizikaviy xossalari.
Kislorod -218,9°S da qattaq, xolga o‘tadi. Suyuq va qattiq xoldagi kislorod paramagnitik xossasi tufayli magnitga tortiladi. Kislorodning ikki xil allotropik shakli bo‘lib, kislorod (dikislorod) — O2 va ozon (trikislorod) — O3 dir. Kislorod rangsiz, mazasiz, xidsiz gaz. Xavodan bir oz og‘ir (r=1,429 g/l). Suvda juda kam eriydi. 1 l suvda 20°S da 25 ml kislorod eriydi. Yonmaydi, lekin yonishga yordam beradi.
Kimyoviy xossalari. Kislorodning kimyoviy xossalari uning elektron tuzilishi va davriy sistemadagi o‘rni bilan tavsiflanadi (1s22s22p4):
Elektron formulaga binoan xar bir kislorod atomida ikkitadan tok, elektronlar bo‘ladi. Shu sababli kislorod molekulasida uning atomlari orasida ikkilamchi bog‘ bo‘lib, kislorod atomlari II valentli, oksidlanish darajasi nolga teng.
Bu tuzilishga ko‘ra xar bir kislorod atomida bittadan toq spinli elektron bo‘lib, bunday agregat xolatlarda kislorod paramagnit xossali bo‘ladi, ya’ni suyuq va qatgiq xoldagi kislorod magnitga tortilish xossasiga ega bo‘ladi. Kislorod molekulasidagi bog‘ning uzunligi
r (0-0)=1,207 A bo‘lib, ikkilamchi bog‘ga to‘g‘ri keladi. shu sababli uning atomlarga parchalanish energiyasi 494 kJ/mol. Kislorod molekulasi ultrabinafsha nur (y=190 nm) ta’sirida xam atomlarga parchalanadi (fotolizlanadi, ya’ni quyosh nuri ta’sirida boradigan reaksiyalar).
Kislorod odatdagi sharoitda metallar, metallmaslar umuman davriy jadvaldagi geliy, neon va argondan boshqa barcha elementlar va turli moddalar bilan reaksiyaga kirishadi. Bu reaksiyalarda kislorod asosan oksidlovchi xossalarini namoyon qiladi.
2N2+O2→2N2O
S+O2→SO2
S+O2→SO2
H2S+O2→2H2O+2S
4NH3+5O2→4NO+6H2O
CH4+2O2→CO2+2H2O
2Na+O2→Na2O2
Mg+O2→2MgO.
Bu reaksiyalarning barchasida issikdik energiyasi (N<0) va yorug‘lik energiyasi ajralib chiqadi, ya’ni yonish jarayoni sodir bo‘ladi. Yonish jarayonlarida asosiy komponentlardan biri tarkibida kislorod saqlagan gazsimon aralashma –xavo bo‘lib, xavo kislorod miqdori qanchalik ko‘p bo‘lsa (toza kislorod qo‘shish yo‘li bilan) yonish jarayoni tezlashadi va ko‘p issiqlik ajralib chiqadi. Yonish reaksiyalarining maxsuloti oksidlardir.
Tabiatda (yoki boshqa xollarda) sodir bo‘ladigan chirish, shu’lalanish, nafas olish jarayonlarining barchasi molekulyar kislorod ishtirokida borib, ularning asosida xam kislorodning oksidlovchilik xossalari yotadi.
Faqat bitta element — F (ftor) bilan kislorod ta’sirlashsa qaytaruvchi xossasini namoyon qiladi.
O20 + 2F20 →2O+2 F2-1
Chunki kislorodning elektromanfiyligi (3,5) ftornikidan (4,0) kichik bo‘lib, kislorod ftor atomiga elektron beradi va +2 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. OF2 — kislorod ftorid deyiladi.
Ozon
Kislorod elektr razryadi ta’sirida ikkinchi allotropik shakli — ozonga aylanadi;
3O2→2O3 +∆N: ∆N= +142 kJ/mol
Ozon (O3) (grekcha “ozonos”-“xidli”, 1840 y Shyonenbeyn aniqlagan), o‘ziga xos xidli , ko‘kimtir rangli, mazasiz gaz.
Diamagnit, zaharli modda, -112°S da suyuqlanadi, suvda yaxshi eriydi. Suyuq ozon to‘q-ko‘k rangli suyuqlik, -192,70S da binafsha rangli qattiq moddaga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |