1.3. DAVLAT BYUDJETINING MOLIYA TIZIMIDAGI
O‘RNI
Davlat byudjetshshng davlat moliyasi tarkibida tutgan o‘rnini, bajaradigan vazifasini bajaridigan oldin, qisqacha moliya tizimi, uning tarkibida davlat moliyasshsh o‘rni xususqda ham to‘xtalamiz.
Ma’lumki, moliya jamiyat miqyosidagi markazlashgan va markazlashmagan fondlarni shakllantirish va fodsalanish bilan bog‘liq iktisodiy-pulli munosabatlarni ifodalaydi. Ammo, bu munosabatlar moliya tizimining turli bo‘g‘inlarida turlicha ko‘rinishida aks etadi. Moliya tizimining xar bir bug‘ini o‘zining ma’lum xususiyatlariga ega, o‘ziga xos bo‘lgan funksiyalarni bajaradi va takror ishlab chiqarish jarayoniga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Xuddi shunday, korxonalar moliyasi moddiy ishlab chiqarish jarayoniga ta’sir ko‘rsatar ekan, u korxona ichida
va ho‘jaliklararo taqsimlanadigan YAIMni shakllanishida ishtirok
etadi. Davlat byudjeti orqali resurslar davlatning asosiy markazlashgan
fondida to‘planadi va uning xo‘jalik sohalari, iqtisodiy hududlar,
aholining aloxvda ijtimoiy tabaqalari orasida qayta taqsimlanipsh
sodir bo‘ladi. Byudjetdan tashqari fondlar aniq maqsadli bo‘ladi.
SHunday qilib, moliya tizimi — davlatning, korxonalarning pul
mablag‘lari fondini tashkil etish, taqsimlash va foydalanishning shakl va usullarddir .
Davlat moliyasi davlatni kerakli iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy funksiyalarini bajarish uchun pul mablag‘lari bilan ta’minlashga qaratilgan moliya tizimining muhim bug‘inidir.
Davlat moliya tizimi quyidagi bug‘inlardan tashkil topgan:
Davlat byudjet tizimi;
davlat krediti va mahalliy organlarning krediti;
byudjetdan tashqari maxsus fondlar;
davlat korxonalari.
Davlat byudjeti —davlat moliyasining etakchi bug‘ini sifatida davlat va xududiy (mintaqa va maxalliy) o‘z-o‘zini boshqaruvchi organlarning maqsad va vazifalarini moliyaviy jihatdan ta’minlashga mo‘ljallangan markazlashgan pul fondlarining tashkil topishga va ishlatilishini ifodalaydi.
Davlatning o‘z funksiyalarini bajarishida moliyaning rolini o‘sib borishini ob’ektiv ko‘rsatkichi bu—rivojlangan va dinamik asosda rivojlanayotgan mamlakatlar Davlat byudjetining kengayishidir.
YUqorida aytib o‘tilganidek, Davlat byudjetidan xarbiy maqsadlar uchun, iqtisodiyotga aralashuv, davlat boshqaruv apparatini saqlash xarajati, ijtimoiy xarajatlar, rivojlanayotgan mamlakatlarga subsidiya va kreditlar kabi asosiy xarajat turlari amalga oshiriladi.
Davlat byudjeti moliya tizimshshng qolgan barcha bo‘g‘inlariga -
mahalliy hukumat organlarga, xukumatning maxsus fondlariga, davlat
korxonalariga subsidiya va kreditlar berish orqali ta’sir qiladi.
Hududiy byudjetlar (mahalliy) — hududiy moliyaning asosiy
tashkil etuvchisi hisoblanadi. Hududiy byudjetlarning daromadlari,
asosan, mahalliy soliq va yig‘imlar, soliqsiz daromadlar, yuqori turuvchi byudjet tashkilotidan olinadigan ajratmalardan tashkil topadi.
Uzbekiston Respublikasining «Byudjet tazimi to‘grisida» gi mahalliy byudjetlarga quyidagicha ta’rif berilgan:
qonunida
Maxalliy byudjet—Davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman,
shaxar pul mablag‘lari jamg‘armasini tashkil etuvchi bir qismi bo‘lib,
unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek,
moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar
sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Masalaga yanada
chuqurroq yondoshgan xolda rivojlangan mamlakatlardagi ahvolga nazar
tashlaydigan bo‘lsak, u holda federatsiya a’zolarining daromadlari
masalasi turli mamalakatlarda turlicha hal etilishining guvohi bo‘lamiz. Masalan, AQSHda shtatlar byudjetiga asosan egri soliqlar, birinchi
navbatda sotishdan olinadigan soliqlar biriktirilgan. Germaniyada esa,
asosiy to‘tri soliqlar hisoblangan—axrlining daromadidan olinadigan va korxonalar foydasidan olinadigan foyda solig‘i 50/50 nisbatda federal va Erlar byudjetlariga biriktirilgan. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, mamlakatning rivojlanish darajasining ortishi bilan davlat daromadlari tarkibidagi mahalliy organlar daromadlarining salmog‘i ortib boradi. Masalan, Portugaliyada YAIMga nisbatan bu ko‘rsatkich 3 foizni tashkil etsa, Norvegiyada 15, SHvetsiyada 31 foizni
tashkil etadi. Har bir mamlakatda maxalliy byudjetlar tomonidan
qilinadigan xarajatlar mamlakatda olib borilayotgan moliya siyosatidan kelib chiqadi. Xususan, Finlandiya, Germaniya, Norvegiya, Fransiya kabi Evropa mamlakatlarida byudjetning bu bug‘ini tomonidan markazlashgan byudjetga nisbatan ko‘p xarajat amalga oshiriladi.
Mahalliy byudjet mablag‘lari ekspluatatsiya va investitsiya
xarajatlariga bo‘linadi. SHundan kelib chiqqan xarajatlar byudjeti tuziladi.
holda joriy va kapital
O‘zbekiston Respublikasi byudjet tizimining muhim tarkibiy
qismi mahalliy byudjetlardan iborat. Ular o‘z faoliyatini amalga
oshirshp uchun davlat hokimiyatining
har bir mahalliy
organi
tasarrufida real moliyaviy negiz barpo etadi. Mahalliy byudjetlardan
uy-joy maishiy xo‘jalik va obodonlashtirish, ta’lim hamda sog‘liqni
saqlash muassasalari, ijtimoiy ta’minotga doir tadbirlar va boshqapar moliyalashtiriladi. YAngicha iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi va mahalliy byudjetlar vakolatlarining oshirilishi bilan O‘zbekiston Respublikasida byudjetlararo munosabatlarni tartibga solish masalalarshsh takomillashtirish dolzarbligi ortmoqda.
Davlat moliyasining tarkibiy qismi bo‘lgan davlat krediti— bir
tomonidan davlat, ikkinchi tomondan jismoniy va huquqiy shaxslar
o‘rtasidaga kredit munosabatlarini aks etgiradi. Bu munosabatlarda
davlat va maxalliy boshqaruv organlari ko‘pchilik
hollarda
qarzdor
sifatida ishtirok etadi. Davlat va mahalliy zaymlar byudjet taqchillikka
ega bo‘lganda, ya’ni odatiy daromadlar davlat xarajatlarini etmay qolganda emissiya qilinadi.
qoplashga
O‘zbekiston Respublikasida davlat krediti bilan bog‘liq
munosabatlar «Byudjet tizimi to‘g‘risida»gi Qonun va hukumatning boshqa yo‘riqnomalari bilan muvofiqlashtiriladi.
Davlat moliyasi tarkibqda alohida o‘rinni egallaydigan
Do'stlaringiz bilan baham: |