Xo`jalik mashg`ulotining asosiy turlari. Dehqonchilik va hunarmandchilik Hindiston xo`jaligining asosini tashkil etgan. Sholi, paxta, shakarqamish, xilma-xil ziravorlar, choy yetishtirish dehqon-chilikning yetakchi tarmoqlari bo`lgan.
Sug`oriladigan yerlardan yiliga ikki marta hosil olingan.
Hind hunarmandchiligi namunalari - dunyoga dong taratgan qo`li gul zargarlar tomonidan yaratilgan zeb-ziynat buyumlari, oltin va kumushdan yasalgan ko`zachalar ayniqsa mashhur edi.
Fil suyagi va yog`ochdan yasalgan ajoyib haykallar hind ibodatxonalariga ko`rk bag`ishlagan. Bunday noyob san'at asarlariga ega bo`lish qo`shni davlatlar hukmdorlarining azaliy orzusi bo`lgan. Hind to`quvchilari to`qigan ajoyib shoyi gazlamalar „tan rohati" deya e'zozlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |