Ijtimoiy munosabatlar. Hindistonda ham yer egaligi munosa-batlari sekinlik bilan bo`lsa-da, tarkib topa borgan. Bu o`rinda hukmdorlarning grasm joriy etganliklari muhim rol o`ynagan. Bunda hukmdor xonadonining a'zolari, nufuzli zodagonlarning manfaatlari hisobga olingan.
Gras olgan shaxsga harbiy xizmatga hamisha shay turish majburiyati yuklangan. Gras ishlash uchun dehqonlarga ijaraga berilgan.
Rojalar o`z xizmatkorlariga ham ma'lum majburiyat evaziga yer berishgan. Ulardan foydalanish muddati oldindan belgilab qo`yilgan. Yer egaligining bu turi patta deb atalgan.
Patta yerlar shaxslarning davlat, hukmdor oldida ko`rsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash uchun ham berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |