Tan imperiyasi. Xitoydagi og`ir ichki vaziyatdan foydalangan mahalliy hukmdorlardan biri Li Yuan 618- yilda hokimiyatni bosib oldi. U yangi sulola - tan sulolasi hukmronligiga asos soldi. Tan sulolasi Xitoyda 907- yilgacha hukmronlik qildi. Bu davrda Xitoy ulkan imperiyaga aylandi. Imperiya amaldorlarning juda katta guruhi tomonidan idora etilardi.
Markaziy boshqaruv olti vazirlik: amallar, soliq, harbiy, sud, jamoat ishlari, marosim ishlari vazirliklari tomonidan amalga oshirilgan.
Imperiya viloyatlarga, viloyatlar okruglarga, okruglar uyezdlarga, uyezdlar bo`lislarga, bo`lislar o`z navbatida qishloqlarga bo`linib boshqarilgan.
Qishloqlar esa har bir kishi bir-biriga kafil bo`ladigan 5 xonadon birlashmasiga bo`lingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |