O`rta asrlar tarixini o`rganish. o`rta asrlar tarixi ikki davrga bo`lib o`rganiladi. Uning birinchi davri V-XI asrlarni o`z ichiga oladi. Bu davrda Rim imperiyasi parchalanib, Yevropada yangi davlatlar tashkil topdi.
Natijada yangi jamiyat - feodal yer-mulk egaligi jamiyati qaror topib, feodal tabaqa vujudga keldi. Feodal yer-mulk munosabatlarida natural xo`jalikning rivojlanishi oqibatida esa G’arbiy Yevropada feodal tarqoqlik ro`y berdi.
O`rta asrlarning ikkinchi davri (XI-XV asrlar)da yer-mulk egaligiga asoslangan jamiyat uzil-kesil shakllandi. Hunarmandchilik va savdo-sotiq xo`jalikning muhim tarmoqlariga aylana bordi. Bu omil o`rta asrlarda shaharlarning rivojlanishiga olib keldi. Natijada jamiyat hayotida shaharlar, ularning taraqqiyoti muhim rol o`ynay boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |