Yodda tuting! IV - VI asrlar Yevropa tarixiga xalqlarning buyuk ko 'chishi nomi bilan kirgan.
Buyuk ko`chish oqibatlari. Buyuk ko`chish davrida german qabilalari G’arbiy Rim imperiyasi hududlarini istilo qildilar. Zulmdan aziyat chekkan qullar va boshqa ezilgan tabaqalar ularga yordam berganlar.
Oxir-oqibatda G’arbiy Rim imperiyasi halokatga yuz tutgan. G’arbiy Rim imperiyasining qulashi shunchaki bir davlatning qulashigina emas edi. Bu, ayni paytda, asrlar davomida hukm surib kelgan quldorlik tuzumining Yevropada barham topishi ham edi. Endi Yevropada yangi jamiyat (yuqorida siz nomini bilib olgan) -feodal jamiyati qaror topa boshladi.
Bundan tashqari, xalqlarning buyuk ko`chishi oqibatida turli xalqlarning bir-biri bilan aralashuvi yuz berdi. Ularning madaniy qiyofasi ham keskin o`zgardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |