2-§. Franklar davlatining tashkil topishi
Tayanch tushunchalar: Franklar. Franklar davlati, Qirollik davlati. „Sali haqiqati".
“Franklar” haqida. "Frank" so`zi - jasur, erkin degan ma' nolarni anglatadi. Bu atama qator german qabilalariga nisbatan qo`llaniladigan umumiy nom edi. Franklar asosan Reyn daryosining o`rta va quyi oqim bo`ylarida yashaganlar.
Franklar dengiz bo`yi (sali) va qirg`oq (ripuar) franklariga bo`linganlar.
Franklarning G’arbiy Rim imperiyasi bilan munosabatlari bir xilda kechmagan. Ular bir-birlari bilan ba'zan dushman, ba'zan ittifoqchi bo`lganlar.
Sali franklari ancha kuchli edi. Ular Xlodvig hukmronlik qilgan yillarda (481-511) nihoyatda kuchaygan. ,
Do'stlaringiz bilan baham: |