Osiyo davlatlari shaharlari. Yuqorida Yevropa shaharlari feo-dallarga qarashli yerlarda bunyod etilganligini bilib oldingiz. Ularning o`z mustaqilligi uchun olib borgan kurashidan ham boxabar bo`ldingiz. Osiyo shaharlarida bunday kurashlar bo`lmagan. Chunki Osiyoda yer xususiy mulk bo`lmay, davlat mulki edi. Shuning uchun shaharlar egallagan yer maydoni ham davlatniki hisoblangan.
Osiyoda shaharlar Yevropadagi kabi alohida mustaqil shahar-davlatlarga aylanmagan. Ularni davlat hukmdori tomonidan tayin-langan amaldor boshqargan. Shaharning barcha boshqaruv tashkilotlari davlat hokimiyatiga bo`ysungan.
XI-XV asrlarda Xitoyning Chan'an, Loyan, Xanchjou; Yaqin Sharqning Qohira, Damashq vaBag`dod; o`rta Osiyoning Samarqand va Buxoro; Yaponiyaning Kamakura, Kioto va Osaka, Hindistonning Dehli kabi shaharlari Osiyoning eng yirik shaharlari edi.
XIV asr oxiri va XV asr boshlarida Samarqand shahri har tomonlama yuksaldi. U Temur davlati poytaxti sifatida jahonga mashhur bo`ldi.
Yodda tuting
Samarqand o 'zining go 'zalligi tufayli „ sayqali ro 'yi zamin", ya'ni „dunyoning husni" deb ta'riflangan.
Buxoro esa islom dini markazi sifatida ulug’langan. Musulmon mamalakatlarda shaharlar o’ziga xos usulda bunyod etilgan. Shahar markazida ark-qal’a, ya’ni hukmdorning qarorgohi, uning yonida shahriston – shahrning asosiy qismi joylashgan. Shahar tevaragida hunarmandlarning mahallalari bo’lib, ular rabod deb atalgan. Shahar tosh va g’ishtdan qurilgan. Buning sababi yog’ochning yetishmasligi edi.
Hunarmandchilik. Osiyo davlatlari shaharlari hunarmandchilik buyumlarining pishiqligi va nafisligi bilan shuhrat qozongan.
Xitoy hunarmandlari o’zlarining zeb-ziynat buyumlar, qog’ozi, shoyi gazlamalar, chinni buyumlari va nafis kashtalalari bilan mashhur edilar. Xitoy hunarmandlari dunyoda tengi yo`q 600 - 700 kishini sig`dira oladigan mustahkam kemalar yasaganlar.
Eron gilamlari, Damashq (Suriya) harbiy qurol-aslahalari, Samarqand esa sifatli qog`ozlari bilan dunyoga dong taratgan.
Osiyo shaharlarida ham sexlar bo`lgan. Ularning vazifasi asosan davlat soliqlarini hunarmandlar o`rtasida taqsimlash, ularni vaqtida yig`ib, davlat xazinasiga topshirishdan iborat bo`lgan.
Savdo-sotiq. Osiyo shaharlari savdo-sotiq markazlari ham edi. Osiyoda ichki va tashqi savdo bir xil darajada rivojlangan. Tashqi savdoda Buyuk Ipak yo`li muhim ahamiyatga ega bo`lgan. Shahar savdosida bozorlar alohida o`rin tutgan.
O`rta Osiyo va Eronda bozorlar rastalarga bo`lingan. Har bir rasta qaysidir mahsulotni sotishga ixtisoslashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |