Birjalarning vujudga kelishi. O`rta asrlar Yevropasida dastlabki birjalar 1409-yilda Bryugge (Gollandiya)da, 1460-yilda Antverpen (Belgiya)da, 1462-yilda Lion (Fransiya)da vujudga keldi. Birjalar tovar, valuta, ulgurji savdo bozorlaridir. Tovarlarning birjalar orqali sotilishi yo`lga qo`yila boshlangan. Bunda asosiy o`rinni brokerlar o`ynagan.
Ular mijoz-sotuvchi topshirig`i bilan uning foydasiga ish yuritgan. Broker mijoz tovarini uni qanoatlantiradigan narxda sotilishini kafolatlashda muhim o`rin tutgan.
Atamalar mazmunini bilib oling
Bank - katta miqdorda pul saqlanadigan joy.
Broker - oldi-sotdi shartnomalarini tuzishda vositachilik qiluvchi shaxs.
Gildiya - savdogarlar ittifoqi.
11-§. Yevropa shaharlari hayoti. Osiyo shaharlari
Tayanch tushunchalar: Shaharlarning feodallarga qarshi kurashi. Shaharlarning o 'z-o`zini boshqarishi. Shaharliklar turmushi. Osiyo shaharlari. Hunarmandchilik' va savdo.
Do'stlaringiz bilan baham: |