Sharq bilan savdo-sotiq aloqalari. Sharoit og 'irligiga qaramay savdo-sotiq rivojlanib bordi. Yevropa savdogarlari Sharq mamlakatlari bilan azaldan savdo-sotiq qilardi. Ular o`rta Yer dengizidan Suriya va Misr portlariga borardilar. Arab va Eron savdogarlari bu yerlarga qimmatbaho sharq tovarlarini olib kelardilar. Yevropa savdogarlari ulardan zeb-ziynat buyumlari, ziravorlar sotib ohb, ularni o`z mamlakatlaridagi boylarga sotib, ko`p foyda topardilar. Dorixona tarozilarida tortilib, oz-oz miqdorda sotiladigan ziravor oltinga teng turardi.
Italiyadagi Venetsiya va Genuya shaharlarining savdogarlari Sharqqa boradigan savdo yo`llarini o`z qo`llariga oldilar.
Bu ikkala shahar ham mustaqil shahar - respublika bo`lib, hokimiyat boy savdogarlar qo`lida edi. Ularning savdo flotlari, o`nlab uylari, omborlari va do`konlari bo`lardi.
Sharq bilan savdo-sotiq qilish natijasida O’rta Yer dengizi bo`yidagi Yevropa shaharlari, ayniqsa, Italiya shaharlari o`sdi va boyib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |