Atamalar mazmunini bilib oling Kalon - o`troq aholidan olingan yer solig`i. Uning hajmi hosilning 1/10 qismini tashkil etgan.
Noyon - yirik mulk egasi.
Qopchur - chorva mollari sonining bir foizi miqdorida olingan soliq.
Tarxon - har qanday majburiy va soliqdan ozod qilingan yer-mulk. Tarxon yorlig`i bo`lgan kishilarning ketma-ket sodir etgan 9 ta aybi kechirilgan. Sodir etgan 10-aybidan boshlab javobgarlikka tortilgan.
O`rda- mo`g`ullarda harbiy-ma'muriy tashkilot, manzilgoh. Oliy hukmdorlar qarorgohi ham o`rda deyilgan.
37-§. XIII - XV asrlarda Xitoy Tayanch tushunchalar: Sun sulolasi. Yuan sulolasi. Min sulolasi. Sulolaning ichki va tashqi siyosati. Xitoy madaniyati. Xitoyning zaiflashuvi.Sun sulolasi hukmdorlari qanchalik urinmasin, mamlakat tarqoqligiga barham bera olmagan. Aksincha, u tobora kuchayib borgan. Natijada Xitoy amalda to`rtta davlatga bo`linib ketgan. Buning ustiga ko`chmanchi xalqlar hujumi ham imperiyani qiyin ahvolga solib qo`ygan. Oqibatda u zaiflashgan. Bu omil mo`g`ullar istilosini muqarrar qilib qo`ygan.
Mo`g`ullar bosqini va uning oqibatlari.1211- yilda mo`g`ullar Xitoyga hujum qilgan. Tez orada Shimoliy Xitoy bosib olingan. 1215-yilda Pekin shahri egallangan. Mo`g`ullar Xitoyni to`la bosib olish uchun qariyb 70 yil vaqt sarflaganlar. Nihoyat, 1279- yilda Xitoy to`la bosib olingan. Bu bosqinchilik Chingizxonning nabirasi Xubilay (Tuluning o`g`li) tomonidan amalga oshirilgan. Oqibatda Sun imperiyasi barham topgan. Shu tariqa Xitoyda mo`g`ullar sulolasi hukmronligi o`rnatilgan. Bu sulola yuan sulolasi deb atalgan.
Mo`g`ullar istilosi Xitoyga ham xarobalik keltirgan. Istilochilar Xitoy yerlarini o`z mollari uchun yaylovlarga aylantirganlar.
Shahar va qishloqlar bearmon talangan. Xitoy xalqi og`ir soliqlar to`lashga majbur etilgan. Qoii gul hunarmandlar qulga yoki yollanma askarga aylantirilgan. Yangi sulola hukmdorlari barcha yerlarni unda yashovchi aholi bilan birgalikda mo`g`ullarga mulk qilib boiib berganlar. Bu mulklardagi dehqonlarning ahvoli nihoyatda og`ir boigan. Ular sotilgan va sotib olingan.
Shaharlar ham tushkunlikka tushgan. Qo`shinga jalb etilmagan hunarmandlar, savdogarlar soliq uchun juda katta pul toiashga majbur etilgan.
Istilo o`ziga xos oqibatlarga olib kelgan. Chunonchi, mo`g`ullar xitoylar tarkibiga tobora singib keta boshlagan. Ular xitoy tilida gaplashadigan boiganlar. Xitoy yozuvini va xitoycha boshqaruv usulini qabul qilganlar. Ayni paytda Xitoy yangi sulola davrida tash-qi savdoda har qachongidan ko`ra ko`proq qatnasha boshlagan.
Xitoy ipagi, chinnisi, temir va misi dunyoning ko`p davlatlarida sotilgan.
Biroq bu savdodan tushgan daromad xitoylarni emas, asosan mo`g`ul zodagonlari hamda chet ellardan jalb etilgan savdogarlarni boyitgan. Shu tariqa mo`g`ullar sulolasi hukmronligi davrida Xitoy mahalliy aholisi barcha tabaqalarining ahvoli tobora yomonlashib borgan. Bu omil oxir-oqibatda Xitoyda ozodlik harakatining kuchayishiga olib kelgan.