Kirish,,0'rta asrlar tarixi haqida


O`rta asrlarning dastlabki buyuk gumanistlari



Download 448 Kb.
bet68/97
Sana06.02.2023
Hajmi448 Kb.
#908550
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   97
Bog'liq
Kirish,,0\'rta asrlar tarixi haqida

O`rta asrlarning dastlabki buyuk gumanistlari. Ulug` gumanist siymolardan biri Dante edi (1265 - 1321). U Italiyaning Florensiya shahrida tug`ilgan, „Ilohiy komediya" asari italyan millatining orzu-armonlarini ifodalagan. „Ilohiy komediya"da dunyoning mashhur allomalari qatori Ibn Sino tilga olingan. Massa-getlar malikasi, buyuk momomiz To`maris qahramonligi ham tasvir-langan.
Yana bir mashhur gumanist RBiondo (1388 - 1463) edi. U „Rim imperiyasining qulashidan boshlanadigan tarix" asarini yozgan. Bu asar ming yillik (410 - 1410) tarixni o`z ichiga oladi. Muallif o`z asarida o`rta asrlarning XV asrdan keyingi bosqichini yangi tarixning alohida davri deb ta'kidlagan edi. Asarning eng qimmatli tomoni ana shundadir.
Atamalar mazmunini bilib oling
"Gotik" atamasi german qabilasi - gotlar nomidan olingan.
Intelligensiya (ziyolilar) - ilm-fan, adabiyot va san'at bilan maxsus shug`ullanuvchi tabaqa, aqliy mehnat vakillari.
Ratusha - shahar boshqaruvi binosi.
"Roman" atamasi - „Rim" so`zidan olingan so`z.


VI bob. Yevropada feodal tarqoqlikning davom etishi


30-§. XII - XV asrlarda Germaniya
Tayanch tushunchalar: Germaniya siyosiy taraqqiyotining o`ziga xos xususiyatlari. Shtaufenlar hukmronligi davri. Gabsburglar hukmronligi. Germaniyada markazlashgan davlatning tashkil topmay qolganligi.
Siyosiy taraqqiyotning o`ziga xosligi. Germaniyaning siyosiy taraqqiyoti Fransiya va Angliyanikidan farq qilardi. Bu ikki davlat tobora markazlashib borgan bo`lsa, Germa-niyada feodal tarqoqlik hukm surardi. Mamlakat kichik-kichik knyazliklarga bo`linib ketgan edi. Imperator hokimiyati zaif edi. Imperator bor-yo`g`i feodallarning eng yirigi edi, xolos. Knyazliklar unga nomigagina vassal hisoblanardi. Buning asosiy sababi -Germaniya imperatorlarining bosqinchilik siyosati edi. Bunday siyosat Germaniya imperatorlarini yirik va mayda feodallarga butunlay bog`lab qo`ygan. Chunki bosqinchilik urushlarini ularning madadisiz amalga oshirib bo`lmas edi.
Fransiya va Angliyada shaharlar qirol hokimiyatining ittifoqchisiga aylangan bir paytda Germaniyada bu hodisa ro`y bermagan. Bunga bosqinchilik urushlarining imperatorlarni shaharlar taqdiriga befarq qilib qo`yganligi sabab bo`lgan.

Download 448 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish