5-Ma’ruza
Ko’p kovshli ekskavatorlar elektr ta’minoti va elektr uskunalariga qo’yiladigan talablar
Reja:
Ko’p kovshli ekskavatorlar elektr uskunalari va elektr uzutmalariga qo’yiladigan talablar.
Ko’p cho’michli ekskavatorlar elektr usukunalari
Ag’darma hosil qiluvchi va ag’darma-transport ko’priklarining elektruzatma va elektrouskunalari.
Ochiq kon ishlanmalari sharoitida ko’p cho’michli elektr uskunalari ishiga qo’yilgan talablardan tashqari, yana bir qator talablar ham qo’yiladiki, bular u yoki bu mexanizm ishining xarakteri bilan bog’liq bo’ladi.
CHo’mich zanjirida elektro uzatma uchun (yoki rotor g’ildiragi) tebranish yuklamasi o’ziga xos ahamiyatli hisoblanadi, nominal miqdori normal holatda 1,5 baravarga yetadi. SHunday ekan, cho’mich zanjiridagi dvigatelь uzatmasi qisqa muddatli yuklama cho’qqisini yengib o’tish uchun yuqori o’tayuklanish qobiliyati ega bo’lishi kerak.Bundan tashqari, cho’mich zanjiridagi uzatma (yoki rotor g’ildiragi) ta’minlashi kerak:
Massiv ishchi organ siljishi bilan kelib chiqadigan, katta statistik va dinamik qarshilikni yengib chiqish uchun zarur bo’lgan yetarli ishga tushirish momenti;
Ko’p pog’onali ravon ishga tushirish, bunda jadallashtirish va momentlar ekskavatorning ishchi organi metallokonstruktsiyaga zararli ta’sir ko’rsatmaydi;
1,5 - 1,7 ga teng nominal yuklamada ishlovchi, uzatmani ortiqcha yuklanishdan elektrli va mexanik himoyalash.
Ko’rsatilgan ish rejim talablari qisqa tutashgan rotor yoki G-D tizimi asinxron dvigatelni qanoatlantiradi. Rotorli g’ildirak uzatmasi uchun kam bo’lsada fazaviy rotor asinxron dvigateli qo’llaniladi.
Ko’p cho’michli ekskavatorlarning mexanizmlari elektrouzatmasi borishi normalь holatda bo’lgani kabi, uzoq davom etadigan rejimdagidek “olib ketish” rejimi ham ishlaydi. Ekskavatorning kovlab olish vaqtidagi ishlash rejimi 3 - 8 m/min tezlikda siljiydi, favqulodda holatlar vaqtida “olib ketish” rejimida esa (emirilish,ko’chki, pog’onaning to’lib ketishi) tezlik8 - 15 m/min teng bo’ladi.
Mexanizm elektrouzatmasi yurishiga qo’yidagi talablar qo’yiladi:
1) 0,07 - 0,15 m/s2 oshmaydigan o’tish rejimida tezlanish bilan tushishdagi ravonlik va harakatlanishda tezlikning o’zgarishi (ekskavatorning metallokonstruktsiyasida xavfli o’takuchlanishni juda ham yuqori darajada bo’lsa o’chirish maqsadida );
2) 20 - 120 % chegarasidagi nominal tezlikda ekskavator harakati tezligini o’zgarmaydigan rostlash;
3) yuklanishdan ekskavator yurishini mustaqil tezligi;
4) ekskavator aravachasi yurish g’ildiragi yo’nalish tezligini o’zgarishi izidan o’ta yuklanishdan himoyalash, turli egri radiuslar bo’yicha harakatlanayotgan uzatmani aylanish chastotasini avtomatik o’zgarishi;
5) elektrli tormozlash ehtimoli (faqatgina to’liq to’xtatilgandan keyin mexanik tormozlardan foydalanish)
Ana shu talablar qudratli ekskavatorlarda qo’llaniladigan G-D tizimidagi elektrouzatmani to’la qanoatlantiradi.
Kichik va o’rta mashinalarda asinxron dvigatellarni qo’llash eng ko’p ommalashgan. Ko’p cho’michli ekskavatorlarning konveyer va boshqa yordamchi mexanizmlarda qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatellar qo’llaniladi.
Faqat rotor va yuklovchi o’qli qudratli konveyer qurilmalari ravon tezlanishining ahamiyatli uzunligi uchun fazali rotor dvigatellari qo’llaniladi. SHu boisdan ko’p cho’michli ekskavatorlarning ayrim mexanizmlarini ma’lum bir texnologik aloqalari shu mexanizmlarning elektrouzatmalarini blokirovka qilish ko’zda tutilgan bo’lishi kerak, u mexanizmlarni to’xtatish va birin-ketin ishga tushirish muayyanligini ta’minlaydi. Mexanizmlarni alohida ulash uchun (masalan, ayrim sozlash ishlarida, ko’rik, ta’mirlash, sinash va boshq.) uni blokirovkasi maxsus ko’zda tutilgan kalitlar yordamida ochiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |