Ko’p cho’michli ekskavatorlar elektr usukunalari
Rotorli ekskavatorlarning elektrouzatmalari juda ham xilma-xil va o’zining elektrouzatmalarini juda ko’pligi bilan ajralib turadi. Uzatmalar bilan o’zaro bog’liq bo’lgan elektrdvigatellar o’zaro shunday blokirovka qilinganki, keyingi barcha texnologik zanjir ishlasagina har bir mexanizmni ulash mumkin bo’ladi.
3-Rasm. ZER-500-2 ekskavatorining elektro uskunalarining prinitsipial sxemalari.
Zanjirli gusenitsali ekskavatorlar uchun ishlash va ishga tushirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: yuklovchi konveyr, ta’minlovchi, cho’mich zanjirli dvigatelь, yuradigan va buriladigan mexanizmlar,gusenitsali boshqarish uzatmasi. Bu mexanizmlarning to’xtatishi teskari tartibda sodir bo’ladi. Rotorli ekskavatorning mexanizmlarini ulash ketma-ketligi quyidagicha: yuklash konveyeri, oraliq konveyeri, rotorli konveyer, rotor uzatmasi, ekskavator burilish mexanizmi va (ehtiyojga qarab) uzatish uzatmasi va rotor o’qini ko’tarish.
Mexanizmlarni to’xtatish ham xuddi shunday teskari ketma-ketlikda amalga oshadi. Foydali qazilmalarni yuzini ochish va ularni qazib olishda qo’llaniladigan ZER-500-2 rotorli ekskavator elektr uskunalari sxemasini ko’rib chiqamiz. (3-rasm) K xalqasimon tok qabul qiluvchi moslashuvchan kabel bo’yicha 6 kVli kuchlanishli elektroenergiya V yuklama ulab-uzgichga uzatiladi, unadan esa TS kuch transformatoriga o’tadi. 0,4 kV kuchlanishli transformatordan avtomat ulab-uzgich orqali uzatmalarni boshqarish uchun taqsimlovchi щitga uzatiladi. 12 uzatmalar har doim bor bo’ladi.
Rotor g’ildiraklari uchun 1 uzatma o’rnatilgan, 2 ta’minlovchi, 3 qabul qiluvchi konveyer, ag’darma konveyer 4, ag’darma konveyrni burilishi 5 va ko’tarish 6 , 7 rotor o’qini ko’tarish, 8 platforma burilishlari, 9 va 10 nasoslar,11va 12 gusenitsali yurish.
Barcha dvigatellar qisqa tutashuvchi rotor bilan asinxronlashtirilgan. Gusenitsali yurish uzatmasi uchun ikki tezlikda uzatishga ega bo’lgan dvigatellar qo’llanilgan, burilish platformasi uzatmasi uchun esa rotor o’qi burilish vaqtida ekskavatorda mehant unumdorligini saqlab qolish imkonini beruvchi– uch fazalik dvigatelь ishlatiladi.
Nasos dvigatellaridan tashqari, barcha dvigatellar zanjirida avtomatik ravishda uzgichlar qo’yilgan.
Rotor dvigateliga kuchlanishni uzatish kontaktor orqali amalga oshiriladi: oldin boshqarish kontaktori orqali (kontaktorni ishga tushirish) KP va keyin ishga tushirish dvigateli zanjiriga ulangan , keyin esa chiziqli kontaktor orqali (kontaktor ishlashi) KR ulangan.
Qabul qiluvchi va ag’darma konveyerlar dvigateli uchun noreversiv tipdagi magnitli ishga tushiruvchilar, qolgan boshqa barcha dvigatellar uchun – reversiv tipidagi ishga tushirgichlar o’rnatilgan.
Barcha dvigatellar maksimal tokli va issiq himoyalashga ega. Mexanizmlarni ketma-ketlikda ishga tushirish blokirovka orqali ta’minlanadi, dastlab ag’darma dvigatelni ulash imkonini bersa, keyin esa qabul qilish konveyerini ulaydi va shundan keyin rotor va ta’minlagich ulanadi.
Ayrim dvigatellarning zanjirida tormoz qurilmasi o’rnatilgan.
Ayrim dvigatellarning zanjirida tormozli T qurilmalar o’rnatilgan. Yoritish tarmog’i uchta transformatordan iborat, ikkitasi (TO1 va TO2) 380/127 V uch fazali kuchlanishli, birtasi esa (TO4) bir fazali127/12 V kuchlanishli.
TO1 transformatori tashqi yoritguvchi beshta projektorni ta’minlash uchun mo’ljallangan; TO2 – ichki yoritish uchun yoritgichlar; TO4 – ko’chma yoritish lampalarini quvvatlash uchun. Sirenalarni quvvatlantirish uchun 380/127 V kuchlanishli TO3 transformatorlar o’rnatilgan. CHiziqli avtomat uzatmasi zanjirida va yuklama uzgichida zanjir uzuvchi g’altak bo’lib, favqulodda holatlarida kuch transformatorini uzib, avtomatik tarzda kuchlanishni bekor qiladi. Ekskavatorning barcha dvigatellarini boshqarish pulьti mashinist kabinasida o’rnatilgan. Ag’darma konveyerni ko’tarish va burilish dvigatellari bilan ag’darma hosil qilishni boshqarish pulьtini ham xuddi shunday boshqarish mumkin yoki motoristning ag’darma konveyeridan osma stantsiyalarni boshqarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |