Nazariy ma’lumot:Hadislar haqida
1.Buxoriyning yozgan asarlarining soni qanchadan ortiq?
A)10 B)30 C)20 D)40
2.Islom olamida qaysi ulamo “Al-jome’ as-sahih”,”Al-adab al’mufrad”,”At-ta’rix as-sag’ir”,”At ta’rix al-avsos”,”At ta’rix al kabir”,”Kitob al-ilal”,”Bar ul-volidayn”,”Asomi us-sahoba”,”Kitob al-kuna” kabi asarlarni yaratgan?
A)Imom Buxoriy B)Dorimiy as-Samarqandiy C)Marg’inoniy D)Termiziy
3.Buxoriyning qaysi mashhur asari “Sahih al-Buxoriy” nomi bilan mashhurdir.
A)”Al jome as-sahih” B)”Kitob al-kuna” C)”Asomi us-sahoba” D)”Al-adab-al-mufrad”
4.Buxoriyning salaflaridan farqi nimada?
Eshitgan barcha hadislarini tanlab o’tirmay qatorasiga kiritaverganlar B)Turli roviylardan eshitgan hadislarni saboqlarga bo’ladi C)Hadislarning ishonchlilarini ajratib,alohida kitob yaratadi D)B,C
5.Alloma ibn Salohning ta’kidlashicha, Al-Buxoriyning “Sahihi Buxoriy” asarida nechta hadis bor?
A)Ishonchli hadislarning soni takrorlanadiganlari bilan birga 7275 ta B)Takrorlanmaydigan holda 4000 hadisdan iborat C)Jami hadislar soni 600 mingdan ortiq D)A,B
6.Ushbu to’plam olamda ishonchli manbalar asosida yaratilgan bo’lib,1200 yillik tarixga ega.Gap qaysi asar haqida bormoqda?
A)”Al jome as-sahih” B)”Kitob al-kuna” C)”Asomi us-sahoba” D)”Al-adab-al-mufrad”
7.Payg’ambarimiz Muhammad (s.a.v)ning aytganlari,ko’rsatmalari,biror masala yuzasidan bergan qarorlari nima deb ataladi?
A)Hadis B)Rivoyat C)Iqtibos D)Maqolat
8.Bizga ma’lumki,hadis sanad va matndan iborat bo’ladi. Sanqad nima?
A)Hadisning kimning huzurida qachon va qay sharoitda aytilganligi haqidagi ma’lumot B)Hadisning mazmuni C)Hadisning aniq manbasi D)Roviylar ro’yxatining ketma-ketlikda kelishi
9.Ma’lumki,hadislarni ishonchli kishilardan olib,o’zidan keyingilarga yetkazuvchi zotlar roviylar deyiladi.Ularning ismi hadisning qayerida keladi?
A)Sanadida B)Matnida C)Hadislar mundarijasida D)Bunday shart yo’q
10.Bizga ma’lumki,hadis yig’ivchi kishilar muhaddislar deb atalgan.Ular hadislarni necha qismga ajratganlar?
A)Sahih B)Nosahih C)Hasan D)Muhaddislar ro’yxati to’liq berilgan va berilmaganlar
11.Muhaddislar imomi Imom Buxoriyning “Al-jome as-sahih” asarining birinchi va ikkinchi boblari nima haqida?
A)Iymon va ilm B)Sabot va matonat C)Til va dil D)Sabr va qanoat
12.Ushbu hadis “Al-jome as-sahih” asarining quyidagi hadisi nechanchi hisoblanadi?
“Alloh taolo sizlarning orangizdagi iymon keltirganlarni va ilmni yuksaltirganlarni bu dunyoda yorlaqab,martabasi ulug’ qilg’aydir,oxiratda jannatga kirmoqlikni nasib etgusidir”
A)1 B)2 C)7 D)5
13.Quyidagi ilm haqidagi fikrlar kimga tegishli?
“Bilik kirla bilinur saodat yo’li,Bilik birla saodat yo’lini bula”
A)Ahmad Yugnakiy B)Ogahiy C)Furqat D)Xalq maqoli
14.Quyidagi fikrlar o’zbek adabiyotida kimga tegishli?
“Ilm andoq ganji nafedir, bani odamga kim,Kimda ul bo’lsa,ikki olam bo’lur obod ango”
A)Ahmad Yugnakiy B)Ogahiy C)Furqat D)Xalq maqoli
15.Quyidagi fikrlar kimga tegishli?
“Ko’ngullarning sururi ilmdandur,Ko’rar ko’zlarni nuri ilmdandur”
A)Ahmad Yugnakiy B)Ogahiy C)Furqat D)Xalq maqoli
16.”Al-jome as-sahih” asaridagi quyidagi hadisning sanadi muallifi kim?
“Qaysi bir musulmon farzandi savob umidi bilan ertalab ota-onasini rivoyat qilsa,Alloh taolo unga jannatdan ikki eshik ochadi”.
A)Abdulloh ibn Abbos B)Abu Zuhayra C)Hazrati Oysha D)Anas ibn Molik
17.Hadislardan ilhomlanib yozilgan ushbu purhikmat so’zlar qaysi buyuk eldoshimizga aloqador.
“Atangni,anangni sevandir tushi,
Yanut berg’a topding tuman ming asig’”
A)Yusuf Xos Hojib B)Furqat C)Ahmad Yugnakiy D)Ogahiy
18.O’zbek adabiyotida qaysi ijodkor ota-ona haqida: “Birisin oy angla,birisin quyosh”.
A)Navoiy B)Yugnakiy C)Ogahiy D)Yusuf Xos Hojib
19.Hadislarda Rasululloh(a.v) “Kimning uchta qizi bo’lsa,ularga odob bersa,mehrli bo’lsa va kafolatini olgan bo’lsa, unga jannat vojib bo’ladi”,-degan kalomlarini kim ta’kidlagan?
A)Abdulloh ibn Abbos B)Jobir ibn Abdulloh D)Anas ibn Molik D)Abu Hurayra
20.Payg’ambarimiz(s.a.v)ning mukarram ahloqi,har ishdagi komil ibratli soyasida tarbiya topgan va o’zlarining buyukligi bilan e’tirof qozongan sahobalar tomonidan aytilgan hikmatlar nima deb aytilgan?
A)Hadislar B)Osorlar C)Sahih hadislar D)Ishonchli manbalar
Do'stlaringiz bilan baham: |