Lirika haqida
1.Lirika-badiiy adabiyotning uch asosiy turlaridan biri hisoblanadi.U qaysi tildan olingan?
A)Yunoncha “lira” so’zidan olingan bo’lib,musiqa asbobi B)Fransuzcha “liro” so’zidan olingan,ro’zg’or asbobi C)Italyancha “lirik” so’zidan olingan bo’lib, qurilish asbobi hisoblanadi D)Arabcha “jo’ravor” degani bo’lib,cholg’u asbobidir
2.Inson ichki olamining suratlari bo’lgan ruhiy kechinma va his-tuyg’ular qaysi adabiy turda aks etadi?
A)Epik B)Dramatik C)Liro-epik D)Lirik
3.O’zbek adabiyotida qaysi vaznlar qo’llanilmoqda?
A)Barmoq B)Aruz C)Erkin D)Barcha javoblar to’g’ri
4.O’zbek adabiyotida insonning ruhiy holati va kechinmalari qalamga olinadigan vazn qaysi?
A)Barmoq B)Aruz C)Erkin D)Barcha javoblar to’g’ri
5.O’zbek adabiyotida qaysi vaznda ko’p hollarda postik maqsad talabi bilan inversiya(gap bo’laklarining o’zgargan tartibi)iga murojaat qilinadi?
A)Barmoq B)Aruz C)Erkin D)Barcha javoblar to’g’ri
6.Nasrdagi nazmlar,mansuralar XX asr boshlaridan adabiyotimizda paydo bo’lgan bo’lib,kimlar unda barakali ijod qilgan?
A)Fitrat,G’.G’ulom B)Oybek,Mirtemir C)Omon Muxtor,Omon Matjon D)Barcha javoblar to’g’ri
7.She’riy asarni baholashda nimaga asoslanganligi g’oyat muhim sanaladi?
A)Nima B)Qanday C)Qaysi usulda D)A,B
8.Quyidagi misralar qaysi ijodkorga tegishli?
Keltursa yuz baloni o’shal bevafo manga,
Kelsun agar yuzumni eversam,balo manga
A)A.Navoiy B)Bobur C)Turdi Farog’iy D)Lutfiy
9.Boburning ushbu misralarida qaysi she’riy san’at bor?
Keltursa yuz baloni o’shal bevafo manga,
Kelsun agar yuzumni eversam,balo manga
A)Tazod,tajnis B)Tanosib,talmeh C)Iyhom,talmeh D)Tajnis,tanosib
Furqat hayoti va ijodi.Lirikasi.
1.1859-yili Qo’qonda tug’ilgan ijodkor kim?
A)Zavqiy B)Muqimiy C)Munis D)Furqat
2.Furqat qanday oilada dunyoga kelgan?
A)temirchi B)savdogar C)kosib D)bog’bon
3.Furqat necha yoshida Farididdin Attorning “mantiq ut-tayr” asarini yodlab olgan?
A)11 B)8 C)9 D)7
4.Mening maktab aro bo’ldi murodim,Xatimdek chiqsa imlo-yu savodim. Misralar muallifi kim?
A)Zavqiy B)Muqimiy C)Munis D)Furqat
5. Mening maktab aro bo’ldi murodim,Xatimdek chiqsa imlo-yu savodim. Bu misralar yozganida Furqat necha yoshda edi? A)11 B)8 C)9 D)7
6.Furqat necha yoshida madrasa talabasi bo’lgan?
A)14 B)10 C)16 D)18
7.Furqat Yangi Marg’ilonda kimning huzurida ma’lum muddat ishladi?
A)savdogar mirzaboshining B)do’kondor amakisining C)do’kondor tog’osining D)Ostoumovning
8.Furqat g’azallariga muxammas bog’lagan ijodkor kim?
A)Zavqiy B)Muqimiy C)Munis D)K.Xorazmiy
9.Furqat qaysi asarlarni fors tilidan tarjima qilmagan?
A)”Hammomi xayol” B)”Nuh manzar” C)”Chor darvesh” D)”Sarguzashtnoma”
10.Furqat qaysi nom ostida risola yozgan?
A)”Hammomi xayol” B)”Nuh manzar” C)”Chor darvesh” D)”Sarguzashtnoma”
11.Furqat necha yoshida devon tartib bergan?
A)21-22 yoshlarida B)25-26 yoshlarida C)20 yoshida D)35 yoshida
12. Furqat 1890-1891-yillarda Toshkentda kim bilan tanishadi?
A)Najmiddin Buxoriy bilan B)N.Ostroumov bilan C)Sa’dulla bilan D)zavqiy bilan
13.Furqat “Turkiston viloyating gazeti”da qanday lavozimlarda ishlagan?
A)tarjimon B)muxbir C)muharrir D)targ’ibotchi
14. Furqat umrining ohiriga qadar qaysi shahrda yashagan?
A)Qo’qonda B)Toshkentda C)Yorkentda D)Moskvada
15.Qoshqardagi Rusiya musulmon idorasida kotib bo’lib ishlagan ijodkor kim?
A)Zavqiy B)Muqimiy C)Munis D)Furqat
16.Furqatning ijodiy merosi qaysi janrlardagi asarlardan tarkib topgan?
1.Lirikasi 2.Publitsistikasi,nasriy asarlari 3.Tarjimalari 4.Ilmiy asarlari
A)2,3,4 B)1,2,3 C)1,2,3,4 D)1,3,4
17.Furqatning tarjimonlik mahorati qaysi asarlarda ko’zga tashlanadi?
1.”Hammomi xayol” 2.”Nuh manzar” 3.”Chor darvesh”
A)2 B)3 C)1,2 D)1,2,3
18.”Xo’qondlik shoir Zokirjon Furqatning ahvolati.O’zi yozg’ani” deb nomlangan tarjimayi holi qachon,qayerda bosilgan?
A)1891-yili “Turkiston viloyatining gazeti”da B)1891-yili “Sadoyi Farg’ona” gazetasida C)1898-yili “Turkiston vilayatining gazeti”da D)1891-yili “Qizil O’zbekiston”da
19.Adabiyotshunoslikda “Xo’qandlik shoir Zokirjon Furqatning ahvolati.O’zi yozg’ani” esdaliklari qaysi nom bilan ataladi?
A)”Furqatnoma” B)”Sarguzashtnoma” C)”Sayohatnoma” D)A va B
20.Furqatning nechta ilmiy asari bor?
A)3 B)4 C)5 D)2
21.Furqatning etnografik xarakterdagi ilmiy asarlari qaysilar?
1.”Aza tavsifi” 2.”Gap ta’rifida” 3.”To’y tavsifi” 4.”Suvorov” 5.”GimnAzi Ya xususida”
A)1,2,3,5 B)1,2,3 C)1,2,3,4 D)1,3
22.Furqatning aruz vazni qoidalariga asolangan ilmiy asari qanday nomlanadi?
A)”Muxtasar” B)”Aruz haqida” C)”Ilmi ash’orning qoidayi avzoni” D)”Mezon ul-avzon”
23.Furqat qaysi janrlarda ijod qilgan? A)muxammas, g’azal,masnaviy,musaddas,mustazod,qit’a B)muxammas,g’azal,masnaviy,musaddas,mustazod,fard C)muxammas,g’azal,masnaviy,musaddas,mustazod D)muxammas,g’azal,masnaviy,musaddas
24.Furqat lirikasining salmoqli qismini qaysi janrdagi asarlar tashkil etadi?
A)muxammaslar B)ruboiylar C)qit’alar D)g’azallar
25.Furqat g’azallari soni nechta?
A)400 atrofida B)200 atrofida C)150 atrofida D)500 atrofida
26.”Nozik” radifli g’azal muallifi kim?
A)Zavqiy B)Muqimiy C)Munis D)Furqat
27.Kalomingdin halovat topmog’i jonlarni ondinkim,Dahon nozik,zabon nozikki,lab nozik,suxan nozik. Misralar muallifi kim?
A)Zavqiy B)Muqimiy C)Munis D)Furqat
28.Furqatning Fuzuliy g’azaliga yozilgan nazirasi qanday nomlanadi?
A)”Surmadin ko’zlar qaro” B)”Fasli navbahor o’ldi,ketibon zimistonlar” C)”Kishi holimni bilmas,mehribonidin adashganman” D)”Manam sho’rida bulbul”
29.Furqatning qaysi g’azallarida yor go’zalligi,oshiqning unga sadoqati,cheksiz muhabbati avj pardalarda kuylanadi?
1.”Muncha zolim bo’lmish ul xunrez qaro ko’zlaring” 2.”Hasrato,kel-kel beri,ul sho’xi jonondin gapur” 3.”Bir qamarsiymoni ko’rdim” 4.”Surmadim ko’zlar qaro”
A)1,4 B)1,2,3,4 C)1,3,4 D)1,2,3
30.Furqatning qaysi g’azallarida yurt judoligi bayon qilinadi?
1.”Fig’onkim,ul buti siymin zaqandan ayirilib qoldim”.2.”Hasrato,kel-kel beri,ul sho’xi jonondin gapur” 3.”Bir qamar siymoni ko’rdim”
A)1,2 B)2,3 C)1,2,3 D)1,3
31.Furqatning maktub shaklidagi asari qanday nomlanadi?
A)”Sabog’a xitob” B)”Fig’onkim,ul buti simin zaqandan ayrilib qoldim” C)”Hasrato,kel-kel beri,ul sho’xi jonondin gapur” D) ”Bir qamar siymoni ko’rdim”
32.Furqatning qaysi she’ri Istanbulda Milliy bog’da sayr qilib yurgan paytida yozilgan?
A)”Sabog’a xitob” B)”Fig’onkim,ul buti simin zaqandan ayrilib qoldim” C)”Hasrato,kel-kel beri,ul sho’xi jonondin gapur” D) ”Bir qamar siymoni ko’rdim”
33.Furqat “Sabog’a xitob” she’rini kimlarga atab yozgan?
A)ustozlariga B)Toshkentdagi yor-u do’stlariga C)Yorkentdagi yosh shoirlarga D)ota-onasiga
34.Furqat qaysi she’rida o’zini adashgan bulbulga o’xshatadi?
A)”Surmadim ko’zlar qaro” B)”Fasli navahor o’ldi,ketibon zimistonlar” C)”Kishi holimni bilmas,mehribonidin adashganman” D)”manam sho’rida bulbul”
35.Furqatning “Manam sho’rida bulbul” deb boshlanuvchi she’ri qaysi janrda?
A)muxammas B)g’azal C)murabba D)musaddas
36.”Nihoni kuydirib hajr o’ti po’st-u ustuxon aylar”,”Boshimda hushim yo’q”,”Yetim qo’zi kabi nolonig’im”,”Biybon gardiman Majnun kabi bir Layli yodida” kabi misralar Furqatning qaysi she’ridan olingan?
A)”Surmadim ko’zlar qaro” B)”Fasli navahor o’ldi,ketibon zimistonlar” C)”Kishi holimni bilmas,mehribonidin adashganman” D)”Manam sho’rida bulbul”
37.”Fasli navbahor o’ldi,kelibon zimistonlar” deb boshlanuvchi g’azal muallifi kim?
A)Zavqiy B)Muqimiy C)Munis D)Furqat
38. ”Fasli navbahor o’ldi,kelibon zimistonlar” deb boshlanuvchi g’azalning nechanchi baytida taqlidiy so’zlar qo’llanib musiqiylik oshirilgan?
A)4 B)6 C)5 D)7
39.Ogahiy ishqiy g’azallarining nechanchi baytidan ijtimoiy,falsafiy mazmun kasb eta boshlagan?
A)matla B)maqta C)maqtadan oldingi ikki bayt D)maqtadan tashqari hamma bayt
40. ”Fasli navbahor o’ldi,kelibon zimistonlar” deb boshlanuvchi g’azalning nechanchi baytidan shoir ijtimoiy mulohazalar yurita boshlaydi?
A)4 B)6 C)5 D)7
41. ”Fasli navbahor o’ldi,kelibon zimistonlar” deb boshlanuvchi g’azal necha baytdan iborat?
A)7 B)5 C)8 D)9
42.Furqatning qaysi g’azali Sharq kelinchagi tasviriga bag’ishlangan?
A)”Surmadim ko’zlar qaro” B)”Fasli navahor o’ldi,ketibon zimistonlar” C)”Kishi holimni bilmas,mehribonidin adashganman” D)”Manam sho’rida bulbul”
43.Furqatning “Kishi holimni bilmas,mehribonidin adashganman” deb boshlanuvchi she’ri qaysi janrda yozilgan?
A)muxammas B)g’azal C)murabba D)musaddas
44. “Kishi holimni bilmas,mehribonidin adashganman” deb boshlanuvchi she’rda qaysi so’z radif sifatida keladi?
A)bo’ldi B)ekan C)adashganman D)mendek
45.Furqatning “Bormisiz” radifli g’azali qanday ruhda?
A)didaktik B)romantic C)ijtimoiy D)tasavvufiy
46. “Kishi holimni bilmas,mehribonidin adashganman” deb boshlanuvchi muxammas necha banddan iborat?
A)5 B)4 C)10 D)6
47.Furqatning “Sayding qo’ya ber,sayyod” deb boshlanuvchi she’ri qaysi janrda yozilgan?
A)musallas B)g’azal C)murabba D)musaddas
48.”hijron o’qidin jismi ko’p yora ekan mendek,Kuygan jigari-bag’ri sadpora ekan mendek” Bu misralarda Furqatning qaysi janrdagi asarida naqorat tarzida keladi?
A)musallas B)g’azal C)murabba D)musaddas
49. Furqatning “Sayding qo’ya ber,sayyod” musaddasida keltirilgan Furqatning do’sti kim edi?
A)Hamidulla B)Muhyi C)Najmiddin Buxoriy D)Sa’dulla
50. Furqatning “Sayding qo’ya ber,sayyod” musaddasi necha banddan iborat?
A)5 B)4 C)10 D)6
Do'stlaringiz bilan baham: |