Xojaning adabiy merosi
1.Hasanxo’ja Nisoriy fikricha Xoja qanday devonlar tartib qilgan?
A)Turkcha B)Arabcha C)Forscha D)A,B
2.Xojaning qanday devonlari topilgan
A)Turkcha B)Forscha C) Taqdiri noma’lum D)A,B
3.Xoja ushbu matla’ bilan boshlanuvchi she’rini qaysi tarixiy shaxsga yuboradi?
Kunduz ovqatim sening hajringda nolon kechadur,
Kecha ham zulfing kabi holim parishon kechadur.
A)H.Boyqaro B)Shayboniyxon C)Jonibek Sulton D)Bobur
4.Xojaning “Kechadur” radifli g’azalida “kechadur” so’zi butun she’r ohangini o’ynatmoqda. Ushbu so’z 3-4- baytlarda bu so’z qanday ma’nolarda kelmoqda?
A)Voz kechmoq B)Gunohni kechmoq C)Aff so’ramoq D)A,B
5.Quyidagi misrada shakldosh so’z qaysi so’z turkumlari vazifasida kelgan?
Kecha ham zulfing kabi holim parishon kechadur.
A)Misra boshida ot,misra oxirida fe’l B)Misra boshida fe’l, misra oxirida ot C)Misra boshida ravish,misra oxirida fe’l D)Misra boshida fe’l,misra oxirida ravish
6.Xojaning quyidagi misralarida qaysi she’riy san’atlarda aks etgan she’riy san’atlarni ifodalang?
Kunduz ovqatim sening hajringda nolon kechadur,
Kecha ham zulfing kabi holim parishon kechadur.
A)Tajnis,takrir B)Tazod,talmeh C)Talmeh,kitobot D)Nido,tahrir
7.Xojaning 1514-1520-yillarda Jonibek Sulton nomiga bitilgan Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa”sidagi birinchi doston “Maxzon ul-asror”ga nazira shaklida bitilgan asari qanday nomlanadi?
A)»Maqsad ul-atvor” B)”Miftoh ul-adl” C)”Gulzor” D)”Muzakkari ahbob”
8.Xoja adabiyot tarixida qanday asarlar muallifi sifatida aks etgan?
A)Nazmiy asarlar B)Hikoyalar C)Sarguzasht asarlar D)Pand-nasihat tarzidagi asarlar
9.Xojaning hikoyalar to’plamlarini ko’rsating?
A)»Maqsad ul-atvor” B)”Miftoh ul-adl” C)”Gulzor” D)B,C
10.Xojaning qaysi hioyalar to’plami Temur Sultonga bag’ishlanadi?
A)»Maqsad ul-atvor” B)”Miftoh ul-adl” C)”Gulzor” D)B,C
11.Xojaning qaysi hikoyalar to’plami Qistan Qaro Odilga bag’ishlanadi?
A)”Maqsad ul-atvor” B)”Miftoh ul-adl” C)”Gulzor” D)B,C
12.Xojaning qaysi asari 1508-1510-yillarda yaratilgan?
A)”Maqsad ul-atvor” B)”Miftoh ul-adl” C)”Gulzor” D)B,C
13. Xojaning qaysi asari 1538-yilda yaratilgan?
A)»Maqsad ul-atvor” B)”Miftoh ul-adl” C)”Gulzor” D)B,C
14.Xojaning qaysi asarlari birgalikda muqovalangan bo’lib O’zFAning Sharqshunoslik institute Qo’lyozmalar fondida saqlanadi?
A)”Miftoh ul-adl”,”Gulzor” B) ”Muzakkari ahbob”, ”Gulzor” C) ”Maqsad ul-asror”, ”Miftoh ul-adl” D) ”Gulzor”, ”Maqsad ul-asror”
15.Xojaning qaysi asarlaridan namunalar 1962-yilda chop qilingan?
A)”Miftoh ul-adl”,”Gulzor” B) ”Muzakkari ahbob”, ”Gulzor” C) ”Maqsad ul-asror”, ”Miftoh ul-adl” D) ”Gulzor”, ”Maqsad ul-asror”
Do'stlaringiz bilan baham: |