Omon Matjon she’rlari haqida
1.Omon Matjonning “Vatan mehri” she’rining 2-bandida qaysi buyuk daholar nomi tilga olinadi?
A)Beruniy,Xorazmiy,Kubro B)Buxoriy,Farg’oniy,Ibn Sino C)Mirzo Ulug’bek,At-Termiziy D)A,B,C
2.Omon Matjonning qaysi she’ri 13 bo’g’indan iborat?
A)”O’xshamas” B)”Vatan mehri” C)”Eng so’nggi xazina” D)”Ardaxiva”
3.Quyidagi naqorat o’rnida kelgan banddagi “Yetti iqlim maftun bo’lgan navolar yurti,Vatan birla millatga jon fidolar yurti”.
A)Omon Matjon “Vatan mehri” B)M.Yusuf “Yurtim ado bo’lmas armonlaring bor…” C)H.Olimjon “O’zbekiston” D)Oybek “O’zbekiston”
4.Quyidagi “Vatan mehri-iqbolimning oltin kaliti,Vatan mehri-yurt ko’kida charx urgan humo”,-misralari qaysi she’rdan?
A)Omon Matjon “Vatan mehri” B)M.Yusuf “Yurtim ado bo’lmas armonlaring bor…” C)H.Olimjon “O’zbekiston” D)Oybek “O’zbekiston”
5.Quyidagi Omon Matjonning misralarida qaysi she’riy san’at bor?
Vatan mehri-xayollarim uzra billur toj,
Vatan mehri-orzularim ramzi bebaho,
Vatan mehri-iqbolimning oltin kaliti,
Vatan mehri-yurt ko’kida charx urgan humo!
A)Anafora B)Tazod C)Talmeh D)Tashbeh
6.”O’xshamas” muxammasini Omon Matjon qaysi shoirdan ilhomlanib yozgan?
A)Navoiy B)Bobur C)Ogahiy D)K.Xorazmiy
7.Musammatlar necha turga bo’linadi?
A)Ta’bi xud B)Taxmis C)Mulamma D)A,B
8.Biror shoirning she’rlaridan ilhomlanib yozilib,ikki misra o’zga shoirdan olingan she’rlar nima deyiladi?
A)Tazmin B)Ta’bi xud C)Taxmis D)Tazod
9.Omon Matjonning “O’xshamas” radifli g’azalida qaysi afsonaviy shaxslarning nomlari berilgan?
A)Jamshid B)Faridun C)Shoh G’oziy D)A,B,C
10. Omon Matjonning “O’xshamas” radifli muxammasining quyidagi misralarida qaysi she’riy san’at bor?
Bul jahon tun birla tong bahs etar bir hujrakim.
A)Talmeh B)Tajnis C)Tazod D)Kitobot
11.Omon Matjonning “Eng so’nggi xazina” she’ri kimga bag’ishlangan?
A)Xudayberdi Doniyorovga B)Yo’ldosh Oxunboboyevga C)Nevarasi Ulug’bekka D)Otasi Matjon Jumaniyoz o’g’liga
12.Omon Matjonning qaysi she’ri mustabid tzuzm hukumronligi avjiga chiqqan bir davrda yozilgan bo’lib,millatning o’zligini tayin etadigan eng so’nggi va bebaho xazina-milliy g’urur ekani voqeaband yo’sinda eks ettirilgan?
A)”Vatan mehri” B)”O’xshamas” C)”Quyosh soati” D)”Eng so’nggi xazina”
13.Quyidagi misralarda Omon Matjonning “Eng so’nggi xazina” she’rida quyidagi misralarni kim ta’kidlagan?
“Dono debdi: Yurtga bir boq,oqsoqol,unda hali o’zi bilmas zo’r ganj bor! Bu g’ururdir! U-har qalbning qa’rida! Shunda uyg’ot hali imkon boride! Uyg’otolsang-xalqing xalqqa do’nadi,Yoqsa butkul sinadi!”
A)Oqsoqol B)Donishmand C)Podshoh D)Lirik qahramon
14.O.Matjonning “Eng so’nggi xazina” she’rida quyidagi misralar kim tomonidan ta’kidlangan?
“Bir kichkina-u kata,
Yovlar ko’pdir,himoya yo’q,qo’l kata!”
A)Boshliq B)Donishmand C)Podshoh D)Oqsoqol
Do'stlaringiz bilan baham: |