Halima Xudayberdiyeva hayoti va ijodi
1.O’zbek adabiyotida qaysi ayol-ijodkor 1947-yil 17-mayda Sirdaryo viloyatining Boyavut tumanida tug’ilgan?
A)Zulfiya Isroilova B)Halima Xudayberdiyeva C)Saida Zunnunova D)Guljamol Asqarova
2. O’zbek adabiyotida qaysi ayol-ijodkorlardan qaysi biri otasi Ummatqul bog’bon,onasi Sharofat Xonnazar qizi xonadonida tug’ilgan?
A)Zulfiya Isroilova B)Halima Xudayberdiyeva C)Saida Zunnunova D)Guljamol Asqarova
3. O’zbek adabiyotida qaysi ayol-ijodkorning onasi ikki yoshga to’lganida vafot etib,uning xolasi qishlog’ining faol ayollaridan bo’lgan Qarshigul Xonnazar qizi onalik qildi?
A)Zulfiya Isroilova B)Halima Xudayberdiyeva C)Saida Zunnunova D)Guljamol Asqarova
4.Ushbu tarjimayi hol o’zbek adabiyotida qaysi ayol shoiraga tegishli?
“Mening anchagina asarlarim,jumladan, “Bir o’rim soch tarixi”,”Sayram baxshi aytimlari”,”Hindiqushdan nola keldi She’rlarim”,”Ilinj” dostonim aynan onaizorim ta’sirida bitilgandir?
A)Zulfiya Isroilova B)Halima Xudayberdiyeva C)Saida Zunnunova D)Guljamol Asqarova
5. O’zbek adabiyotida qaysi ayol shoira o’sha davrdagi barcha yoshlarga xos “Chiniqish maktabi”ni o’tadi: maktabda o’qidi,g’o’za yagonasi va chopig’iga chiqdi,pilla qurti boqdi,paxta terdi,jamoat ishlarida faol qatnashdi…”
A)Zulfiya Isroilova B)Halima Xudayberdiyeva C)Saida Zunnunova D)Guljamol Asqarova
6.O’zbek adabiyotida ayol shoiralardan qaysi biri Toshkent davlat universitetini 1972-yili dorilfunining jurnalistika fakultetini tugatib,1975-1977-yillarda Moskvadagi Oliy Adabiyot kursida saboq olgan?
A)Zulfiya Isroilova B)Halima Xudayberdiyeva C)Saida Zunnunova D)Guljamol Asqarova
7.O’quvchilik yillaridayoq she’rlar yoza boshlagan,o’ziga xos ifoda tarzining bo’lakcha tarovati bilan qaysi buyuk dahoning e’tiboriga tushgan?
A)Yo’ldosh Oxunboboyev B)Sharof Rashidov C)Usmon Yusupov D)Akmal Ikromov
8.Halima Xudyberdiyevaning ilk she’riy to’plami “Ilk muhabbat” nomi bilan qachon chop qilingan?
A)1969 B)1972 C)1976 D)1975
9.O’zbek adabiyotida qaysi shoira bir she’rida: “Shunchaki yozmoqlik shoirga o’lim”
A)Zulfiya Isroilova B)Halima Xudayberdiyeva C)Saida Zunnunova D)Guljamol Asqarova
10.O’zbek adabiyotida qaysi shoiraning “Oq olmalar”,”Chaman”,”Suyanch tog’larim”,”Bobo quyosh”,”Issiq qor”,”Sadoqat”,”Muqaddas ayol”,”Yuragimning og’riq nuqtalari” singari she’riy to’plamlari chop qilingan?
A)Zulfiya Isroilova B)Halima Xudayberdiyeva C)Saida Zunnunova D)Guljamol Asqarova
11.Halima Xudayberdiyevaning she’rlari qaysi nomlar bilan chet tillarga tarjima qilinib,Moskva va Toshkentda bosilib chiqqan?
A)”Gardost” B)Beliye yabloki” C)”Reshimost” D)A,B,C
12.Halima Xudayberdiyevaning qaysi kitoblari xalqimiz mustaqillikka erishgandan keyin bosilib chiqqan?
A)”Muqaddas ayol” B)”Bu kunlarga yetganlar bor” C)Turkiston onasi” D)B,C
13.O’zbek adabiyotida qaysi shoira qirf’iz,tojik,rus,yapon,tatar shoirlari va dramatruglarining bir qancha asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan?
A)Zulfiya Isroilova B)Halima Xudayberdiyeva C)Saida Zunnunova D)Guljamol Asqarova
14.Halima Xudayberdiyeva 1990-yili chop qilingan qaysi asari uchun Respublika Davlat mukofatiga sazovar bo’lgan?
A)”Muqaddas ayol” B)”Bu kunlarga yetganlar bor” C)Turkiston onasi” D)B,C
15.1991-yilda atoqli shoirimiz Halima Xudayberdiyeva qanday mukofatga ega bo’lgan?
A)”O’zbekiston xalq shoirasi” B)”O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi” C)A.Qodiriy nomidagi davlat mukofoti D)Navoiy nomidagi davlat mukofoti
16.H.Xudayberdiyeva 1985-yildan 1995-yilgacha qaysi jurnalda bosh muharriri lavozimida ishlagan?
A)”Gulxan” B)”G’uncha” C)”Yoshlik” D)”Saodat”
17.O’zbek adabiyotida qaysi shoirning she’riyatida inson ko’nglidagi murakkab his-tuyg’ular,ruhiyatning g’oyat murakkab manzaralari ta’sirchan aks etadi?
A)Zulfiya Isroilova B)Halima Xudayberdiyeva C)Saida Zunnunova D)Guljamol Asqarova
18.H.Xudayberdiyeva qaysi she’rining yaratilish tarixi haqida,befarzand ayol iztiroblarini tasvirlagan?
A)”Muqaddas ayol” B)”Turkiston onasi” C)”Dorilomon kunlar keldi” D)”Begim,sizni tabiat…”
19.Quyidagi misralar H.Xudayberdiyevaning qaysi she’ridan: “Mixning,tig’ning zahrini sezmay yonib boraman”.
A)”Muqaddas ayol” B)”Turkiston onasi” C)”Dorilomon kunlar keldi” D)”Begim,sizni tabiat…”
20.O’zbek adabiyotida qaysi ayol shoira: “Barcha she’rlarida chuqur insoniy va ijtimoiy iztiroblar,dardlar,sevinchlar,oliyjanob xayollar,mardona o’ylar juda ta’sirli yorqin aks ettiradi. Shoira she’rxonni chin va samimiy tuyg’ular tasirida o’ziga tuyg’udosh qiladi?
A)Zulfiya Isroilova B)Halima Xudayberdiyeva C)Saida Zunnunova D)Guljamol Asqarova
Do'stlaringiz bilan baham: |