Oybek hayoti va ijodi
1.Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek qachon,qayerda tug’ilgan?
A)1903-yili Toshkentning Degrez mahallasida B)1906-yili Toshkentning Qo’rg’ontegi mahallasida C)1904-yili Toshkentning Do’mbirobod mahallasida D)1905-yili Toshkentning Gavkush mahallasida
2.Oybekning so’zga bo’lgan munosabatini kim uyg’otgan?
A)bobosi B)onasi Shohodatbonu C)onasi Sharofatbonu D)ustozi Yunus Latif
3.”Namuna” nomli yangi usuldagi maktabda tahsil ko’rgan ijodkor kim?
A)H.Olimjon B)Mirtemir C)Oybek D)Cho’lpon
4.”Xayol daryosi keng edi menda.O’qtin-o’qtin o’zimcha mashq qilib bitta-yarimta she’r yozib ham qo’yardim…” Ushbu tarjimayi hol kimga tegishli?
A) A.Oripov B)Oybek C)E.Vohidov D)H.Olimjon
5.Oybekning rafiqasi kim?
A)Zarifa Saidnosirova B)Zulfiya Saidnosirova C)Saida Zunnunova D)Zebi Saidnosirova
6.”Oybek oriq va novcha yigit bo’lib,qo’ng’ir…qalin sochlari do’ppisidan toshib turardi.Yirik qora ko’zlari shogirdlik davridayoq teran ma’noli va xayolchan edi…” Oybek haqidagi ushbu fikrlar muallifi kim?
A)H.Olimjon B)Zarifa Saidnosirova C)g’.G’ulom D)A.Oripov
7.Sankt-Peterburgdagi Plexanov nomidagi Xalq xo’jaligi institutida 2 yil tahsil ko’rgan,zax havo salomatligiga ta’sir ko’rsatib o’zi o’qigan universitetga qaytib kelgan ijodkor kim?
A)Mirtemir B)Oybek C)Ch.Aytmatov D)O’.Umarbekov
8.Oybek 30-yillarda qanday dostonlar yaratdi?
A)”Dilbar-davr qizi”,”Tillatopar”,”Mahmud Torobiy”,”Navoiy” C)”Navoiy”,”Nur qidirib”,”Quyosh qoraymas” C)”Dilbar-davr qizi”,”Baxtigul va Sog’indiq”,”O’ch”,”Navoiy” D)”Dilbar-davr qizi”,”Baxtigul va sog’indiq”,”Ulug’ yo’l”,”O’ch”
9. Oybek dostonlari soni nechta?
A)10 ga yaqin B)10 dan ortiq C)8 ta D)15 ta
10.Oybekning qaysi asari qonga botgan 1938-yili yozilgan?
A)”Navoiy” romani B)”Qutlug’ qon” romani C)”Oltin vodiydan shabadalar” romani D)”Baxtigul va sog’indiq” dostoni
11.Oybek urush yillarida qanday asarlar yaratdi?
A)”Qutlug’ qon” romani,”Navoiy” dostoni B)”Oltin vodiydan shabadalar” romani,”Nur qidirib” qissasi C)”Navoiy” romani,”Mahmud Tarobiy” tarixiy dramasi D)”Navoiy” dostoni,”Mahmud Tarobiy” tarixiy dramasi
12.Oybek qachon FA ning haqiqiy a’zosi bo’lgan?
A)1942-yili B)1944-yili C)1943-yili D)1945-yili
13.Oybek kimlar bilan birgalikda FA ning haqiqiy a’zosi bo’lgan?
A)Mirtemir,H.Olimjon B)A.Oripov,E.Vohidov C)G’.G’ulom,H.Olimjon D)G’.G’ulom,Mirtemir
14.Oybek 2-jahon urushi tugashidan to 1949-yilga qadar qanday lavozimlarda ishlagan?
A)Til va adabiyot institutida B)mahalliy matbuotda C)O’zbekiston FA da gumanitar bo’limi boshlig’i D)O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi
15.Oybekning 1949-yili yaratilgan asari qanday nomlanadi?
A)”Oltin vodiydan shabadalar” B)”Quyosh qoraymas” C)”Mahmud Tarobiy” D)”Nur qidirib”
16.”Oltin vodiydan shabadalar” asari qaysi janrda yozilgan?
A)qissa B)hikoya C)doston D)roman
17.Oybek qaysi yillarda kasallikka chalinib yotib qoladi?
A)1951-yildan keyin B)1950-yilda keyin C)1955-yildan keyin D)1958-yildan keyin
18.Oybek kasallik davrida qanday asarlar yozgan?
A)”Quyosh qoraymas”,”Ulug’ yo’l” romanlari,”Nur qidirib”,”Bolalik”,”Bola Alisher” qissalari B)”Oltin vodiydan shabadalar”,”Ulug’ yo’l” romanlari,”Nur qidirib”,”Bolalik”,”Musicha” qissalari C)”Mahmud Tarobiy” tarixiy dramasi”,”Quyosh qoraymas” romani,”Nur qidirib”,”Singan umid”,”Tillatopar” qissalari D)”Quyosh qoraymas”,”Oltin vodiydan shabadalar” romanlari,”Bolalik”,”Bola Alisher”,”Fanorchi ota” qissalari
19.Oybek qachon vafot etgan?
A)1967-yili 62 yoshida B)1969-yili 64 yoshida C)1968-yili 63 yoshida D)1966-yili 61 yoshida
20.Oybekning she’rlari…
A)”Na’matak”,”Bolalik” B)”Na’matak”,”Tog’ sayri” C)”Mashrab”,”O’ch” D)”Ulug’ yo’l”,”Tog’ sayri”
21.Oybekning “Na’matak” she’ri qanday shaklda yozilgan?
A)murabba B)musallas C)musaddas D)muxammas
22.Oybek nimani “vaxshiy qoyalarning ajib ijodi” deya ta’riflaydi?
A)qorni B)bulutni C)na’matakni D)lolaqizg’aldoqni
23.”Na’matak” she’rida takrorlanuvchi misra…
A)Viqor-la o’shshaygan qoya labida B)Nafis chayqaladi bit tup na’matak C)Quyoshga bir savat gul tutib xursand D)Nozik salomlari naqadar ma’sum
24.”Na’matak” she’ri qaysi misralar bilan yakunlanadi?
A)Boshida bir savat oq yulduz-chechak,Nozik salomlari naqadar ma’sum!
B)Yuksakda raqs etar bir tup na’matak,Quyoshga bir savat gul tutib xursand!
C)Viqor-la o’shshaygan qoya labida Nafis chayqaladi bir tup na’matak…
D)Yanoqlarni tutib oltin bo’sa-chun,Quyoshga tutadi bir savat oq gul!
25.”Na’matak” she’rida nima “viqor-la o’shshayadi”?
A) na’matak B)tog’lar C)quyoshga bir savat oq gul ko’targan qoya D)kumush qor
26.”Na’matak” she’rida nima yum-yum yig’laydi?
A)kumush qor B)bulut C)qoya D)gul
27. ”Na’matak” she’rida nimaning “mayin raqsiga qoniqmas ko’ngil”?
A)gulning B)shamolning C)na’matakning D)qoyalarning
28.Oybekning qaysi she’rida o’n ikki raqami takroriylikni yuzga keltirgan?
A)”Na’matak” B)”Mashrab” C)”Tog’ sayri” D)”Vatanim”
29.”Tog’ sayri” she’rida o’n ikki nimalarga nisbatan ishlatilgan?
A)yosh,payola,yil,ko’z,yoz,qiz B)buloq,tog’,gul,she’r,qiz,ko’z C)buloq,she’r,bahor,ko’z,qiz,payola D)gul,bahor,yil,qiz,she’r,payola
30. ”Tog’ sayri” she’rida nima chashmalarga muhabbat izhor etadi?
A)shamol B)gul C)yaproq D)quyosh
31. ”Tog’ sayri” she’rida nimalar ta’zimkor boshlarini egishadi?
A)yaproqlar B)oqar buloqlar C)gullar D)maysalar
32. ”Tog’ sayri” she’rida “toshlarda sinar mayin tabassumlari” deyilganda nima nazarda tutilgan?
A)gullar B)toshlar C)yaproqlar D)oqayotgan suv(buloq)
Do'stlaringiz bilan baham: |