Kirish o‘zbekistonda geografiya ta’limini yo'lga


O‘ZBEKISTONDA MUSTAQILLIK YILLARIDA GEOGRAFIYA TA’LIMI



Download 123,5 Kb.
bet4/5
Sana06.07.2022
Hajmi123,5 Kb.
#743263
1   2   3   4   5
Bog'liq
O‘zbekistonda geografiya ta’limining takomillashuvi

3.O‘ZBEKISTONDA MUSTAQILLIK YILLARIDA GEOGRAFIYA TA’LIMI
Mamlakatimiz o‘z mustaqillikga erishgach respublika xo‘jaligining barcha sohalarida bo‘lganidek ta’limda ham tub islohotlar davri boshlandi.1992 yilda ilk bor O‘zbekiston respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi yangi qonuni qabul qilindi. Uning 3-moddasida «Ta’lim dasturlari»ni tanlashda yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv zarurligi ta’kidlangan. Bu qonunga asosan mamlakatimizda geografiya ga’limida ham tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Yangi mazmundagi o‘quv dasturlar va rejalari ishlab chiqildi. Dasturlar asosida darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, metodik adabiyotlari yaratishga kiritildi. SSSR tabiiy va iqtisodiy geografiyani mukammal o‘rganish o‘rniga o‘z respublikalarini, shu sohadagi geografiyalarini atroflicha o‘rganishga e’tibor qaratildi. Ta’lim muassasalarini ilmiy maktab uchun zarur bo‘lgan didaktik vositalar bilan ta’minlashga, o‘quv muassasalarini attestatsiya va akreditatsiya o‘tkazish tizimi kiritildi va amalga oshirildi. Asta-sekin milliy ta’lim tizimi shakllana boshladi. Metodik olim Musayev rahbarligida geografiya o‘qitishga oid milliy ta’lim konsepsiyasi ishlab chiqildi. Milliy maktablarda geografiya o‘qitish mazmunan va deyarlik o‘zgardi. Horijiy mamlakatlar bilan ta’lim sohasi bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Ulardan ilg‘or pedagogik texnologiya tanqidiy nuqtai nazarda ko‘rib chiqldi.
Mamlakatimizda tashkil qlingan «Ustoz» jamg‘armasi orqali ko‘pgina geograflar horijiy mamlakatlarda bo‘lib ularning tajribalarini o‘rganib qaytdilar va hokazo. Amalga oshirilgan tadbirlar tufayli mamlakatimizning o‘ziga xos milliy ta’lim tizimi shakllanib, uning moddiy bazasi mustahkamlanib bordi. Mamlakatimizda yangi turdagi o‘quv muassasalari, litseylar, gimnaziyalar, kollejlar tashkil klindi. Ularda ta’lim tizimi deyarlik yangidan uyushtirildi. O‘quvchilarni tabaqalab o‘qitish joriy etildi. Ammo bu tadbirlarning barchasi mafkuraga sodiq xodimlarini tayyorlashga da’vat etilgan sobiq ta’lim tizimining yangilash borasidagi dastlabki qadamlar edi. Endilikda mamlakatimizda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga muvofiq maqsad, an’analariga mos keladigan tamoman yangicha «ta’limiy xizmat»ni shakllantirishga kiritildi. Bunday ta’limiy xizmatning metodalagik negizini prezident I.A. Karimov tomonidan ilgari surilgan «Jamiyat mafkurasi xalqni xagsq, millatni millat qilishga xizmat qilsin» degan g‘oya yotadi. Uning pedagogik asosini esa har bir shaxening qobiliyati va iste’dodini rivojlantirish, takomillashtirishi orqali jamiyatning kuyidagi ta’limiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish tashkil qiladi. Ana shunday konsepsual g‘oyalar asosida faoliyat ko‘rsatuvchi maktabni, shaxe va jamiyatni rivojlantirishga, ta’limning milliy va mintaqaviy xususiyatlarini e’tiborga olib demokratiya hamda insonparvarlik tamoyillari asosida boshqarishga undaydigan mexanizm sifatida boshqa fanlar qatori geografiya ta’limda ham tayanch o‘quv tizimi vujudga keldi. Bu mexanizm jamiyatning geografiya ta’limiga bo‘lgan ijtimoiy buyurtmasi, davlat talabi bilan bolaning shaxeiy imkoniyati mayli o‘rtasidagi tafovugni muvozanatlovchi vositadir. Yuqoridagi goya va fikrlar hamda konsepsiyalar asosida mamlakatimizda geografiya ta’limining mazmuni va tuzilishi kuyidagi tazimda barpo etildi.
Umum ta’lim maktablarida:
5-sinf «Tabiiyot» (1999-2000 o‘q)'v yilidan boshlab boshlangich tabiiy geografiyasi);
6-sinf «Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi»;
7-sinf «Turkiston tabiiy geografiyasi» (1-yarmida); «O‘zbekiston tabiiy geografiyasi» (N-yarmida);
8-sinf «o‘zbekiston iqtisodiy geogras^iyasi»;
9-sinf «Jahonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi». Akademik litseylarda:
1-kurs Ekologiya asoslari;
2-kurs Amaliy geografiya;
3-kurs Iklisodiy geografiya.
Kollejlarda iqtisodiy geografiya asoslari o‘qitish tarzida belgilanadi. Mustaqillik yillarda geografiya ta’limi mazmuni va maqsadi o‘zgarish munosabati bilan dastlabki paytlarda geografiya o‘qituvchilari talaygina qiyinchiliklarga duch keldilar. Bular avvalo o‘quv qo‘llanmalari va vositalarning yetishmasligi bilim berishda faqat o‘qituvchining yetakchilik qilishi, o‘quvchilarning esa oddiy ishtiroki bo‘lishi hukm surdi. Aksariyat o‘quvchilarning egallagan bilimlarini amalda qo‘llash almasliklari ma’lum bo‘ldi. O‘qituvchilar o‘z ish faoliyatlarida muammoli metodlardan, kompyuter texnikasidan foydapanish bilmadilar.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi ToshDU Geografiya fakulteti olimlari tomonidan oliy o‘quv yurtlari uchun ishlab chiqilgan dasturlari hozirgi davr talablariga birmuncha javob berishi bilan ajralib turadi. Ammo o‘rta maktablar uchun ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari oliy ta’limda aks etgan bilimlar tizimidan barmuncha ajralib qolgan. Ayniqsa «Boshlangich tabiiy geografiya», «Materiklar va okeanlar geografiyasi», «Turkiston tabiiy geografiyasi» kurslari talablar darajasida emasligi tajribalarda ayon bo‘ldi.
Bu muammolarni hal etish uchun respublikamizdagi butun geografiya olimlari, metodistlari faollik etishlari zarur bo‘ladi. Shu tufayli ularni zamon talablari darajasida yozish uchun tajribali olimlar taklif etildi. Mustaqillik yillarida o‘nlab ilmiy-ommabor, o‘quv-metodik adabiyotlar yaratildi va geografikmazmundagi adabiyotlarni yozishga kirishildi.
5-sinfda «Tabiiyot» kursi A.G‘ulomov, A.Musayev, A.Bahromov muallifligida chop etildi.
6-sinf uchun «Boshlang‘ich tabiiy geografiya» va «Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi» A.Bahromov, R.Qubonniyozov, Maxammadiyeva muallifligida chop qilindi.
7-sinf uchun «Turkiston tabiiy geografiyasi» P.G‘ulomov, X.Vaxobov, A.Xasanov, «Uzbekiston tabiiy geografiyasi» A.Mo‘minov, P.Baratov, M.Mamatqulov, R.Rahimbekovlar muallifliklarida o‘quvchilar diqqatiga havola etildi.
8-sinf uchun «O‘zbekiston iqtisodiy geografiyasi» (Z.M.Akramov, P.Musayev) darsligi qayta ishlandi.
9-sinflarda o‘qitiladigan «Jahonning iktisodiy geografiyasi» dasturi bilan darsligi o‘rtasida nomuvofiqliklar mavjud. Chunki bu darslik Rossiya uchun yozilgan darsliklarning aynan tarjimasi hisoblanadi. Dasturda mavjud bo‘lgan ko‘pgina bilim va mavzular darslikda yo‘q. Holbuki, o‘quvchilar dunyosining turli regeonlarida joylashgan mamlakatlarni, ularning aholisi, xo‘jaligi va boshqa xususiyatlarni O`zbekiston bilan taqqoslash imkoniyatlariga ega bo‘lishlari maqsadga muvofiq.
Shu tufayli bu darslikni jaxon standartlari darajasida yaratish olimlarimiz oldida turgan eng muxim muammolardan biridio. Geografiya darsliklaridan tashqari o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun o‘nlab metodik adabiyotlar chop etildi: bular R.Qurbonniyozov, Xoliqovlarning oliy o‘quv yurtlariga kiruvchilar uchun «Geografiya» ma’lumotnomasi (1993), R.Qubonniyozov «Uzbekiston geografiyasi». (qiziqarli savol va topshiriqlar). R.Qurbonniyozov «Umumiy tabiiy geografiyasi» (1999). P.Baratov «O`zbekiston tabiiy geografiyasi» (1996). T.Asomov, M.Nabixanov,I. Safarov «O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi»,P.G‘ulomov «Inson va tabiat» (1992) va boshqalar tomonidan ko‘plab adabiyotlar geografiya o‘qituvchilariga havola etildi.
Aksariyat viloyatlarning tabiiy va iqtisodiy geografiyalari yaratildi: Farg‘ona (Abd^lganiyev). Surxandaryo (A.Ro‘ziyev), Buxoro (I.Nazarov), Xorizm (R.Qurbonniyozov) muallifligida amalga oshirildi. Ilmiy va metodik adabiyotlarning chet etilishi geografiya ta’limi metodikasi bo‘G[icha chuqur tadqiqotlarning amalga oshirilishi xamda ta’limning barmuncha takomillashuvi tufayli geografiyani o‘qitishni tashkil qilish borasida talaygina yangilik vujudga kelishga sabab bo‘ldi. Uqitish jarayonida baholash tartiblariniig o‘ziga xos shakllari. Uslublari yaratildi. Geografiya ta’limida o‘quvchilar bilimini tekshirishning reyting tizimi jadallik bilan joriy etila boshlandi. Bu tizim orqali o‘quvchilarning nazariy, amaliy bilimlarni tekshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi. Reyting tizimi o‘quvchilarning mustaqil yoshlarini mukammal baholash imkoniyatlarini yaratdi. Makta ta’limi jarayonida reyting tizimi bilan bir qatorda test nazorat qilish metodikasi ham kirib keldi.
Bu metod o‘qituvchining vaqtini tejash, o‘quvchilar bilimini serqirra baholash imkonini yaratdi.
Shu jihatdan olganda test savodhonligiga bagishlangan metodik adabiyotlar, jumladan axborotnomalarning nashr etilishi ayni muddao bo‘ldi. 1992 yildan respublikamizning barcha oliy o‘quv yurtlarida kirish imtihonlarining test metodida amalga oshira boshlanishi ham katta samarali natijalarga olib keldi. Mustaqillik yoshlarida talaygina o‘kuv vositalari yaratildi. Ma’lumki, geografiyani kartasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ayniqsa, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kartasiz dars olib borish mumkin emas.
Respublikamizda o‘quv xaritalarini nashr etish bo‘yicha ko‘pgina ishlar amalga oshirildi. O`tish davrining qiyinchiliklariga qaramasdan O‘rta Osiyo va Qozogiston tabiiy xaritasi, O‘zbekiston respublikasining tabiiy, iqtisodiy, iqlim, ekologik axoli zichligi, dunyoning siyosiy, ma’muriy va boshqa kartalarini nashr etildi. 1999- yilda Prezident farmoyishi bilan O‘zbekiston geografiya atlasi chop qiindi. 7-8-9-sinflar uchun atlas va konturli kartalar nashr kilindi. Ammo dunyoning turli mazmundagi kartalari, globuslar va boshqa ko‘rgazmali qo‘llanmalari nashr etishda sustkashlikka yo‘l qo‘yildi.
Xorijiy ilg‘or mamlakatlarda kartalar va boshqa didaktik materiallarni disketga kiritib, o‘quv disketlarini yaratish yo‘lga qo‘yilgan. Buni bizni respublikamizda amalga oshirish uchun kulayliklar mavjud. Yuqori saviyadagi geografiya dareliklari, o‘quv metodik adabiyotlarni, atlas kartalar, ta’lim vositalarini yaratish uchun muntazam ravishda tanlovlar e’lon qilib turish maqsadga muvofiq.
2000-2007 yillar davomida maktab geografiya o‘qitish metodikasi sahasida Respublikamizda bir qator ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi. Shulardan A.Abduraxmonov «Geofafiya darslarida didaktik o‘yinlardan foydalanish» mavzusida A.Xaitov «Geografiya darsliklarda o‘quvchilarga ekalogik ta’lim-tarbiya berish» mavzusida Q.Baxramov «Geografik hodisa va jarayonlarni modellashtirish asosida ta’lim samaradorligini oshirish». R.G`aipov «Geografiya darslarida ko‘rgazma didaktik qurollardan foydalanish» mavzularida ilmiy-tadqiqot ishlarini yakunlab ta’limning samarali metodlarini qo‘llab geografiya o‘qitish metodikasi fanining rivojiga munosib xissa qo‘shdilar.
Geografiya ta’limining maqsadi va mazmuni.
O‘qitish maqsadlarini aniqlash didaktika va geografiya metodikasining zng muhim muammosidir. O‘qitish maqsadi geografiya nima uchun o‘qitiladi, degan savol bilan chambarchas bog‘liq.
O‘qitish maqsadi maktab geografiyasining mazmunini, guzilishini, o‘qitish metodlari va yo‘napishni belgilashda katta axamiyatga ega. Dastlab barcha fanlar uchun o‘qitish maqsadlarini aniqlashda didaktik tadqiqotlar amalga oshirildi. Ta’lim xaqidagi va kadrlar to‘grisidagi qonunlarda o‘qitish maqsadini aniqlashda jamiyatning xususiyatlari, qizikishi albatta e’tiborga olinadi, ya’ni o‘quvchilarning jamiyat uchun kurashadigan va qayguradigan bo‘lishi kerak. Maktab o‘z o‘quvchilarni mehnatini sevadigan, vatanparvar, zamonaviy fan, texnika, texnalogiyaga oid ko‘nikma va malakalarga ega qilib tarbiyalashi zarur. geografiya inson xayotida katta ahamiyatga ega. Uning tabiiy boyliklarimizni, chet mamlakatlar bilan qiyoslashda iqtisodiy, ijtimoiy-siyoyeiy ilmiy geografik munosabatlarimizni aniqlashda ahamiyati katta.
Umumgeografik ta’limga o‘quvchilarning tarbiyasi va rivojlanishiga ta’sir qilish nuqgai-nazardan qarash kerak. Hozirgi zamon ishlab chiqarish tarmoqlari yirik sanoat, transport, agrosanoat komplekslari tarmoqlardan iborat, ular tabiat kompleksi va uning kompanentlarga keskin ta’sir qilib qolmasdan, balki atrof-muhitning ifloslanishiga, tabiatdagi ekologik aloqalarning buzilishiga olib keladi.
Ayniqsa xozirgi kunda Orol fojiasi davom etayotgan bir vaqtda va uning boyliklariga oqilona yondashish muammolari ko‘ndalang bo‘lib turadi. Geografiyaning asosiy vazifasi jamoat bilan tabiat o‘rtasidagi murakkab aloqadorlikni ochib berishdan iborat.
Bu aloqadorlikni chuqur ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish orqali amalga oshirish mumkin. bunda quyidagilarni e’tiborga olish kerak: a) jamiat ishlab chiqarishi faoliyatining atorv-muxitga ta’sirini o‘rganish va bu o‘rganishlar oqibatlarini oldindan aytish va uni ilmiy jihatda asoslash; b) tabiiy resurelarni izlash, ularga iqtisodiy jihatdan baho berish va samarali foydalanish; v) tabiiy resurelar bilan atrof-muhitni ko‘riqlash o‘rtasidagi aloqadorlikni yechish; g) hozirgi zamon ilmiy texnika inqilobiga tayanib, inson yashashi uchun qulay bo‘lgan muhitni qo‘riqlash yo‘llarini izlash. Iqtisodiy geografiya ishlab chiqarishning geografik joylashishini o‘rganadi. Uni ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ishlab chiqarish munosabatlariny birgalikda tatqiq qiladi. Uning tadqiqot predmetiga sanoatni, qishloq xo‘jaligini, transportni ijtimoiy, tabiiy, iqtisodiy omillarni e’tiborga olgan holda joylashishi qonuniyat va qoidalarni o‘rganish kiradi. Bularning barchasi ishlab chiqarishni xududiy mehnat manbalari, tibiiy sharoit va boyliklarni birgalikda o‘rganishni taqazo qiladi, iqtisodiy geografiya ijtimoiy masalalar bilan ham chambarchas bog‘liq. Iqtisodiy geografiya iqtisodiy rayonlashtirish, iqtisodiy rayon, iqtisodiy geografik o‘rni, ishlab chiqarishning joylashtirishning umumiy masalalari, aholi joylashishi va boshqa masalalarini ham tadqiq qiladi. Ayniqsa ,inson va atrof muhit muammosining jamiyat oldida ko‘ndalang bo‘lib turishi, iqtisodiy geografiya oldiga talay vazifalarni qo‘ydi. Har bir (iqtisodiy) geografiya olidiga ya’ni geografiya o‘qituvchisi geografiya ta’limi va uning alohida kurslari maqsadlarini bilishi shart. Agar o‘qituvchi buni bilmasa, yirik mavzular va alohida darsliklarining maqsadini uch guruhga ajratish mumkin.
Geografiya ta’limi maqsadlarini uch guruhga ajratish mumkin.
1. Ta’limiy maqsadlar:
o‘quvchilarga tabiiy, iqtisodiy, kartografiya va boshqa geografiya fanlarining asoslarini o‘rgatish. Tabiatni qo‘riqlash va undan oqilona foydalanishning tabiiy-ilmiy va texnika iqtisodiy tomonlarining ochilishi, toki bu jamiyat hayoti va ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun imkon yaratsin:
o‘quvchilarni iqtisodiy, ekologik, ta’lim bilan qu rollantirish; o‘quvchilarda geografik madaniyatini, shakllantirish, ularni kartalar, ma’lumotlar bilan ishlay olish, kundalik matbuot materiallarini o‘qitishda geografiya va unga aloqador bo‘lgan fanlar sohasida o‘z bilimlarini oshirish qobiliyatlarini shakllantirish;
O`zbekistan respublikasining tabiiy va iqtisodiy geografiyasiga oid bo‘lgan bilimlarni chuqur bilish;
O‘kuvchilarda, tabiatga, xo‘jalikka, tabiat bilan xo‘jalik o‘rtasidagi aloqvalarga nisbatan to‘g‘ri ilmiy dunyoqarashni shallantirish;
O‘quvchilarda vatanparvarlik, ilmiy gurur xislatlarini shakllantirish O‘quvchilarning turli mamlakatlarining xo‘jalik yuritish metodlari, tabiiy boyliklardan unumli foydalanish, aholini ish bilan ta’minlash kabi masalalar mohiyatini ochib berish;
Zamonaviy fan va texnika garaqqiyoti davrida o‘uvchilarning mehnat tarbiyasi, kasb tanlashi, umuman hayotda o‘z o‘rnichi topishga ko‘maklashishi o‘z mamlakati iqtisodiyoti yutuqlari bilan g‘ururlanish, o‘zini yashab turgan jamiyatning haqiqiy zgasi deb his qilish kabi xizmatlarni shakllantirishi.

O‘quvchilarning bilim faoliyatlarini rivojlantirish o‘qvchilarda kuzatuzchanlik, fikrlash. esda saqlab qolish nutq kabi xususiyatlarni shakllantirish va rivojlantirish.


O‘quvchilarni kuchi yetadigan darajada geografik muammolarni yechishga o‘rgatish. Geografik narsa va hodisalara nisbatan atroflicha yondashish, o‘z fikr va mulohazalarini bevosita kartaga bog`lay olish qobiliyatlarini rivojlantirishga ko‘maklashishi.
Ta’lim maqsadi geografiya fani mazmuni bilan chambarchas bog‘liq. Demak, ta’lim maqsadini yuqori ma’noga ko‘tarish uchun, geografiya ta’limi va ilmiy jihatdan rivojlanishda bo‘lishi kerak. Ta’lim maqsadlari aniq ilmiy-siyosiy yo‘nalishga ega bo‘lishi bilan birga u hayot bilan uzviy, ekalogik, iqtisodiy. Kasbiy, nafosat, bilimlarni ham mujassamlashtirgan bo‘lishi kerak. Geografiya ta’limi maqsadlari dasturlar. Darsliklar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ta’lim vositalar va bevosita ta’limni tashkil etish shakllari bilan ham chambarchas bog`lik.
Vaqt o‘tishi bilan maktablarda geografiya o‘qitish maqsadlari tez suratlarda o‘zgartirmoqda. Kelajakda bunday uzgarishlar yanada kuchayadi. Ilmiy-texiika taraqqiyotining rivojlanishi geografiya fani mazmuniniig o‘zgarish geografiya o‘qitish maqsadlariga ham ta’sir qladi. Maktab geografiyasi maqsadlarini aniqlamasdan turib geografiya o‘qitishni amalga oshirish talay qiyinchiliklarini keltirkb chiqaradi. Bunday qiyinchiliklar quyidagilarda nomayon bo‘lishi mumkin: Maqsadlarimiz dasturlar tuzish ancha mushkul bo‘lib qoladi: Maqsadni aniq bilmasdan turib, uslublarni aniqlab bo‘lmaydi. Geografiya o‘qitish maqsadlarini aniqlamasdan o‘quvchilar bilimini tekshirishning samarli yo‘llarini yaratish qiyinlashadi va h.k;
Geografiya ta’limining kelajakdagi (20-25 yil ichida) mazmunan qanday bo‘lishini aniqlamasdan turib, o`quv predmetining ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarni aniqlashni qiyinlashtiradi:
Geografiya o‘qitishdagi maqsadni bilmasdan turib
geografiya o‘qitishning ahamiyatini belgilab bo‘lmaydi. Bundan
100 yil oldin geografiya karta va rasmlardan 50-yilning
boshlarida darslarda aerofotosurat, televideniye, kino filmlardan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Bugungi talab va o‘qituvchi rivojlangan va taraqqiy etgan madaniy muhitda yaamokda, ularni o‘rab turgan muhit bundan 20-30 hatto 50 yil oldinga Karaganda keskin farq qiladi. Maktab o‘qituvchisi, darslik va boshka o‘qv qo‘llanmalari yagona bilim informatsiyalari bo‘lmasdan qoldi.
Bilim olishda maktabdan tashqari xilma-xil manbalar, gazeta jurnallar. Radio, televideniya, videofilmlar paydo bo‘ldiki, ular o‘kuvchilarning dunyoqarashini shakllantirishda katga ta’sir ko‘rsatmoqda. O`quvchilarga ta’sir qilayotgan bu ma’lumotlar aksariyati tasodifan bo‘lib, ular bilimini ma’lum yo‘nalishda va izchillikda olib borishga yordam berishi ancha qiiyin. Bu ma’lumotlar o‘quvilarning obyekti, voqealikni tug‘ri anglab olishlariga qanchalik to‘g‘ri ta’sir qilishi anik emas. Asosiy vazifa ularni bu ma’lumotlarga nisbatan yondasha olish, faktlar bilan fikrlar o‘rtasida qanday bog‘liqlik borligini ajrata olishga o‘rgatish, ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat.
Bizni o‘rab turgan dunyo haqida, turli muhitlarda yashab turgan o‘quvchilar o‘ziga xos qarashlarga ega. Yuz minglab o‘quvchilar, umuman dengiz va okeanlarni, cho‘llarni, tog‘larni bevosita ko‘rish, idrok qilish imkoniyatidan mahrum. Ularning ayrimlari katta bo‘lib, voyaga yetganida ularni sayohatlar sayohatlar orqaligini, ko‘rishlari mumkin. ammo oddiy ko‘rish orqali ularni tushuna oladigan darajada bilish imkoniyatlarga ega bo‘la olmaydilar. Shu tafayli ham o‘kuvchilarning dunyo qarashidagi bilimlarida. Bu boroda tushunchalar tarkib toptirishda xilma-xil ta’lim uslublari vositalardan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Geografik bilimlar nafaqat geograf, balki o‘kuvchilar kelgusida qanday kasb parni egallashdan katiy nazar. dunyoqarashlar takomillashuvi uchun nihoyatda zarur. agar xar bir inson uchun o‘qib olish, yozish, hisoblay oish qanchalik zarur bo‘lsa, ularning madaniyatli kishilari bo‘lish yetishishlari uchun geografik bilimlar xam shunchalik zarur. umuman har bir o‘kuvchining kelajakdagi shaxsini belgilashda geografik bilimlarning roli cheksizligi hayotini o‘zi isbotlamokda. Bundan bir asr oldin Afrika, Avstraliya, Janubiy Amerika juda kam o‘rganilgan bo‘lib, ularning o‘simlik, xayvonot dunyosi, relyefi, xususiyatlari xaqida ma’lumotlar' juda kam edi. Faqat keyingi yilllardagina ularning manfaati, aholisining joylashish, tabiiy resurslar kartasi kabi ma’lumotlar kosmik gadqiqotlar tufayli aniqlandi.. hozirgi geografiyaning asosiy vazifasi yangi yerlarni kashf qilish. tog‘, xalqlarni ta’riflashdan iborat emas, balki jamiyag bilan tabiat o‘rtasida bo‘ladigan voqealarni, axolining tez suratlar bilan ko‘payish oqibatlari, o‘rtasidagi bog‘liqlik muammolarini hal qilishdan iborat. Demak geografik bilimlar orqali kuyidagi vazifalarni hal qilish kerak.
O‘quvchilarga hozirgi kundagi vaziyatni, kundalik turmushni, bundan 20-30 yil oldingi vaziyat bilan qiyoslash va xulosalar chiqarishga o‘rgatish. Hozirgi geografik bilimlar Yer shari va uning ayrim regeonlardagi fakt va vokealarni ta’riflash emas, balki undan u yoki bu xu/dud xo‘jaligini rejalashtirishda foydalanishdan, iqtisodiy qishloqni tugatishni bartaraf qilish, qishloq xo‘jaligi mazsuldorligini oshirish yo‘llarini izlash va hokazolarda qo‘llashdan iborat.
Geografik bilimlar bu muammolarni hal qilishda faol rol o‘ynashi kerak. Bu fan o‘quvchilarni kelgusidagi hayotga ishlab chiqarish jarayonlarini, to‘g‘ri tushnishga tayyorlashdan iborat bo‘libgina qolmasdan, balki ishlab chiqarish jarayonida qo‘llash bo‘lgan iqtisodiy bilimlarni ham o‘rganishga yordam berilishiga erishmoq kerak. Shu tufayli ham ta’limni ishlab chiqarishning uzviy qismi de'b qarash lozim. Geografiya ta’limida yuqoridagi jarayonlarni amalga oshirish quyidagi yo‘nalishlarda olib borilishi maqsadga muvofiq:Har bir geografiya kursining tarkibi va mazmunini aniqlash:
Har bir geografik obyekt va hodisalarning o‘rni va joylashishini tahlil qla olish. Geografik taxlil orqaligini narsa va hodisalarning tabiiy va antorpogen xususiyatlari aniqlanadi. Ularning joylashishi faqat statistik ma’lumotlardan iborat bo‘libgana qolmasdan, balki doimiy rivojlanishida bo‘lishligi tufayli xam geografik taxlil dinamik yo‘nalishga ega bo‘lishi zarur;
Atrof muhit taxlil qilish. Yaxlit xudud bir qancha voqea va hodisani o‘zida mujassamlashtirgan bo‘ladi. Obyektlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni anglash joyni, u yoki bu ilab chiqarishning rivojlanishida katta rol o‘ynaydi. Insonlar va xdyvonnalar bu joyda yagona ekosistemaning bitta qismi sifatida mavjud bo‘ladi.
Geografik xududik o‘rganishni tashkil qilish. Fermer o‘z yeridan bozor iktisodini e’tiborga olgan holda foydalanishga harakat qladi. Uning yerdan ofydalanish fermaning shahardan va aholi punktlardan uzoq yaqinligiga bogliq bo‘ladi. Har qanday tuman va xududning yerdan foydalanishi uning istisosligi bilan bogliq. Har ir hudud joylashagan madaniy lanshaft xususiyatidan kelib chikdi. Barcha tumanlarning xududi infrostukturalar xususiyatlari bilan belgilanadi. Geografiyaning Yer va ijtimoiy fan ekanligi xususiyati uning tabiiy va iqtisodiy geogafiya predmetlari maktablarda o‘qitishni taqazo qiladi. Geografiyaning bunday mazmunga ega bo‘lishi kelajakda geograf mutaxassislarni tayyorlashda xilma-xil fanlardan xabardor bo‘lishni taqazo qiladi. Har bir mavdaniyatli inson tabiiy va iqtisodiy geografiyaning eng oddiy talablari bilan qurollangan bo‘lishi kerak. Geografiya har bir regeon, tuman, hududining bir-biridan qaysi xususiyatlari bilan farqlanishni o‘rganishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yishi kerak. Chunki narsa va hodisalarga umumiy ta’rif berish orqali ularga xos bo‘lgan ichki qonuniyatlarni bilib olish ancha murakkab hisoblanadi.
Maktabda geografiya ta’limini 2 qismga bo‘lib o‘rganiladi.
1.Bevosita geografiya fanida shakllantiriladigan bilimlar.
2. Geografiyaga yaqin va aloqador bo‘lgan fanlardagi umumgeografik bilimlar.
Geografiya fanida shakllantiriladigan bilimlar o‘z mazmuniga ko‘ra xilma-xil bo‘lib, bunday bilimlarning aksariyati kuzatuvlar natijasida shakllanadi, ularni kuzatuvchilar dala sharoitida, xarita yordamida, rasmlar yordamida ham to‘plashi va amalga oshirish mumkin. shu tufayli bu bilimlarni o‘rganish ko‘p jihatdan malumotlarni, fakt va tahlil qilish bilan bog`liq. Geografik bilimlarni bevosita o‘quvchini o‘rab turgan muhit misolida o‘rganishni taxlil qilish ham mumkin.
Masalan: shaharni o‘rganishni iqtisodchi, tarixchi, o‘z qarashlari va rejasi asosida amalga oshirsa, geograf boshqacha magodda o‘rganadi. Shaharni o‘rganishdagi bunday yondashishlik bitta obyektni turli xil yo‘llar bilan o‘rganish mumkinligini, ularni o‘rganishda albatta geografik bilimlar har qanday kasbdagi kishilar va kasblar uchuy zarurligini o‘kuvchilar anglab yegadilar. Geografik bilimlar tufayli o‘quvchilarda xilma-xil ko‘nikmalar shakllanadi. O‘quvchilar geografiyani o‘rganar ekan u yoki bu hodisani keltirib chiqaradigan sabablarining murakkab janligini bilib oladilar. Bu murakkablik xilma-xil omillar tufayli shakllangandigini anglaydilar. Barcha hududiy komplekslar regeonlardagi tabiiy xususiyatlar tabiiy va antropogen omillarning o‘zaro tufayli vujudga keladi. Hududlarni ko‘p qirrali tahlil qilish orqali o‘quvchilar gabiatdagi biror narsa va hodisa sababsiz mavjud bo‘lmasligi va shakllana olmasligini anglab yetadilar. Uquvchilarni geografiya fani yordamida xilma-xil ijobiy qobiliyatlari ham shakllanishi mumkin.
Aero va kosmik suratlar yordamida yer sharining turli qismlaridagi lanshaftlarini taxlil kilish orqali faqat insoilargina bunday mo‘jizalarni yaratish mumkinligi anglab yetadilar. Janubi-Sharqiy Osiyo toglaridagi terrassalarda bepoyon sholizorlarning mavjudligini nima bilan isbot qilish mumkin?
Shimoliy Amerika preriyalaridagi bepoyon g‘allazorlar, Yaponiya, Amerika, G‘arbiy Yevropa, Sharqiy Xitoyda aholi zich joylashgan rayonlardagi urbanizatsiya ahvoli va hokazolarning barchasini inson faoliyatining natijasi deb qarash mumkin. Geograflar davlatlar va xalqlar o‘rtasida sodir bo‘layotgan murakkab olaqalar va munosabatlarni o‘rganishda ham ishtirok qladilar. U yoki bu xududda yashayotgan, ishlayotgan insonlar faoliyatini geografik jihatdan taxlil klmasdan, xususan ularning resurslarga va oziq-ovqatlarga ehtiyojini aniqlamasdan turib biron joyni o‘zlashtirib bo‘lmaydi. Insonlar ehtiyojini kuyidagi yo‘nalishlarda o‘rgatish yaxshi natija beradi.
Iktisodiy ehtiyoj, rayionning mineral, qishloq xo‘jalik, sanoat, rekratsion resurslarini o‘rganish. Ularni o‘rganishda kam xarajat qlib ko‘proq foyda olish nazarda tutiladi. Natijada bu xududda ko‘rimsiz lanshaftlar vajudga keladi, maishiy xazmatning tartibsiz amalga oshirilishi tufayli. Aholini joylashishida kommunikatsiyalarning betartib rivojlanish hollari ro‘y beradi. Ijtimoiy ehtiyojlar xududda kapitalni taqsimlashda tenglik asosida rivojlantirish. Hududning bir qismi rivojlanmasdan qolmasligiga erishish. Ekologik ehtiyojlar. Insonlik tabiatiga noto‘gri ta’sir ko‘rsatish oqibatlarining oldini olish yoshlarda doimiy ravishda ekologik madaniyat elementlarini shakllantirib berishdan iborat.
Fazoviy ehtiyojlar. Fuqaroning tabiat uni ajablantirgan voqea va hodisalarning qisqacha mahiyatini anglash: yer qimirlashlar, shamollar, yog‘inlar va boshqa hodisalarning bo‘lish sabablarini bilishi kerak. Ular geologik bilimlarni qanchalik puxta bilsalar ularning jamiyat va atrof-muhit oldiga javobgarligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Geografiya ko‘pgina muammolarga sergak qarashda ularni yechishning konstruktiv yo‘llarini topishda ahamiyati katta. Inson bilan atrof-muhitning o‘zaro bog‘liqligi ming yillardan buyen davom qilmoqda. Bu bogliqlikni oklona yuritish faqat geografik bilimlar puxta egallagandagina amalga oshiriladi. Demak, yuqoridagilarning aksariyati, geografiya ta’limi maqsadlarida aks etishi davr talabidir.


ХУЛОС
O‘zbekistonda geografiya ta’limini yo'lga qo'yilishi xaqida bir qancha malumotlar keltirdim ushbu mavzuda o`zbekistonda geografiya ta`limi uchun qanday ishlar olib borilgani ochib berdim.
Geografiya ta’limining rivojlanishbosqichlari necha bosqichdan iborat ekani bayon qilindi asosan 4 bosqichdan iborat ekanligi mavzuda to`liq ochib yoritildi. Mustaqillik yillarida geografiya ta’limi O`zbekistonda qabul qilingan qaror va o`zgarishlar kadirlar tayorlash milliy dasturining mazmun va moxiyatini ochib berildi. O‘tmishda O‘zbekiston hududida Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Ulug‘bek va Zaxiriddin Bobur kabi olimlar jahon geografiya faniga ulkan hissa qo‘shganlar, yashab ijod etganlar. Biroq avlodlarimiz qoldirgan ajoyib geografik meros yaqin-yaqin vaqtlargacha tarixning qora pardalari ostida qolib keldi. So‘nggi yillardagina olimlarimizning geografiya tarixi borasida tadqiqotlari tufayli O‘rta Osiyolik ko‘plab geograf va sayyohlarning ilmiy va pedagogik qarashlariga oid ma’lumotlar to‘plana boshladi.
Turkiston Rossiya iqtisodiyotiga va bu iqtisodiyot orqali jahon bozoriga tortilishi munosabati bilan mahalliy savdo burjuaziyasining o‘sib borayotgan sinfiy javob bera olmay qolganligini ko‘rsatdi. Eski maktablarning ta’lim-tarbiya ishlariga islox kitirishga ehtiyoj tug‘ildi. Shu tariqa “Yangi usul” maktablari paydo bo‘ldi. O’zbek maktab geografiyasining qaror topishi va taraqqiyotida O’zbekiston Xalqi 1934 yil 16 mayda chiqqan «Boshlang’ich va o’rta maktabda geografiya o’qitilishi to’g’risida» degan qarori juda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bu qaror maktab geografiyasida tabiiy geografiyaning huquqlarini tikladi, buning natijasida dasturlarda tabiiy geografiya materiallari hajmi birmuncha kengaydi. Bu qarorda shunday deyilgan: «Boshlang’ich va o’rta maktablarda geografiya o’qitishda anchagina kamchiliklar bor, bulardan eng yiriklari darsning umumiy so’zlar va quruq gaplar bilan olib borilishi, tabiiy geografiyaga oid materiallarning kamligi, kartani yaxshi bilmaslik, geografiya o’qitish va geografiya darsliklarida statistik iqtisodiy materiallar va umumiy sxemalarning xaddan tashqari ko’pligidir, bular natijasida maktabni tamomlagan o’quvchilar ko’pincha elementar geografik bilimlarga ega bo’lolmaydilar».
Qarorda geografiyani qanday o’qitish zarurligi to’g’risida o’rta maktabning har qaysi sinfi uchun ayrimayrim aniq ko’rsatmalar berildi:
«Boshlang’ich maktabda (III va IV sinflarda) geografiya o’qitishda asosiy geografik nomlar (mamlakatlar, daryolar, dengizlar, tog’lar, shaharlar va shu kabilar)ning o’quvchilar yodida mustahkam saqlanib qolishiga va o’quvchilarning geografik kartani dasturda belgilangan hajmda yaxshi bilib olishlariga muvaffaq bo’lsin. O’rta maktab geografiya ta’limiga quyidagi o’zgarishlar kiritilsin: a) V sinf dastursi tabiiy eografiya bilan cheklansin va dasturning belgilangan hajmi saqlansin, lekin dasturning mundarijasi V sinf o’quvchilarining shlariga muvofiq ravishda osonlashtirilsin; b) VI sinf dastursida asosiy diqqat qit’alarning (Evropa, Osiyo, Amerika, Afrika, Avstraliya) tabiiy geografik obzoriga qaratilsin, har bir qit’adagi eng muhim davlatlar to’g’risida qo’shimcha ravishda asosiy ma’lumotlar berilgan. Uqitish materiallari shu sinf o’quvchilarining eshlarga muvofiq ravishda kisqartirilsin va soddalashtirildi. v) VII sinf dastursida O’zbekistonning umumiy tabiiy ggografik obzori qoldirilsin va hajmi ancha oshirilsin, dasturning o’qish materiali juda osonlashtirilsin, iqtisodiy va statistika tafsilotlari olib tashlanib, O’zbekistonning respublika, o’lka va oblastlar bo’yicha obzori kiritilsin va shu bilan birga bu obzorlar har bir respublika, o’lka va oblastning geografik (daryolar, ko’llar, dengizlar, iqlim, o’simlik va hayvonot dunyosining, eng yirik shaharlar aholisining, temir yo’llar, tosh yo’llar va boshqalarning) ta’rifi kiritilsin.

Download 123,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish