Noyabr oylariga mo’ljallangan ish rejasi asosida amalga oshirgan ishlari hisobot



Download 39,05 Mb.
Sana22.01.2022
Hajmi39,05 Mb.
#398702
Bog'liq
Noyabr oyi hisoboti


Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar xalq ta’limiga qarashli 23-o’rta ta’lim maktabining O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi boshlang’ich tashkilot yetakchisi Abdumuratova Faridaning noyabr oylariga mo’ljallangan ish rejasi asosida amalga oshirgan ishlari

HISOBOT

2021 yil 1-noyabr kuni maktabda Noyabr fan oyligi munosabati bilan fan o’qituvchilari o’quvchilarga fan oyligini ochilish munosabati bilan ochilish marosimini o’tkazishdi. O’quvchilarga tushunchalar berildi va 1-chorak yakuni munosabat bilan beriladigan ta’tilda uyda vazifalar berildi.

2021 yil 11-noyabr kuni o’quvchilarni kasbga yo’naltirish maqsadida “Kelajakdagi kasbimda bir kun” aksiyasida 10-sinf o’quvchilarini Yoshlar yetakchisi va Maktab psixologi bilan birgalikda Toshkent Kimyo Texnologiya instituti Shahrisabz shahar filialida borib barcha yo’nalishlarni o’rganishdi. Institut o’qitish xonalari, kutubxonalar, labaratoriya xonalari, axbarot resurs markazlarini ko’rishdi. Institut prorektori o’z tavsiya va malakalari bilan o’rtoqlashdi. O’quvchilarda o’zgacha qiziqish ,o’qishga ishtiyoq paydo bo’ldi.



2021 yil 13-noyabr kuni maktab rahbariyati 1-chorak yakuni bo’yicha 1-4 sinflar o’rtasida ota onalar yig’ilishi bo’lib o’tdi. Yig’ilishda maktab yetakchisi, psixolog va sinf rahbarlari qatnashdi. Yig’lishda o’quvchilarning kelib ketishi, tozaligi, darsliklarining sifatliligi, va davomati fanlarni o’zlashtirish darajasi xaqida ma’lumotlar berildi.



2021yil 15-noyabr kuni Prezidentimizning “Yashil makon” umum milliy loyihani amalga oshirish maqsadida maktabda nihol ko’chatlari olib kelindi va tashabbuskor o’quvchilar va maktab direktori, fan o’qituvchilar va maktab bog’bonlari yordamida nihol ko’chatlari o’tkazildi. Maktabimizda o’zgacha shukuh va chiroyiga chiroy qo’shildi.



2021 yil 18-noyabr O’zbekiston Respublikasi davlat bayrog’i qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan “Bayrog’imiz- g’ururimiz” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirdi maktab huquq o’qituvchisi Ulug’ova Nodira so’zga chiqib bayrog’imiz haqida o’quvchilarning bilimlari tekshirish uchun savol javoblar o’tkazildi. Bayroq haqida sherlar, qoshiqlar va rasmlar ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Tadbir ko’ptarinki ruhda fayzli o’tkazildi. Faol qatnashgan o’quvchilarga esdalik sovg’alari topshirildi.



2021 yil 22-noyabr kuni “Biz zo’ravonlikga qarshimiz ” aksiyasi munosabati bilan rasmlar tanlovi bo’lib o’tdi. Tanlovda maktab o’qituvchilari turli rasmlar chizib topshirishdi. Rasmlar saralanib eng yaxshi rasm chizgan o’quvchilariga 1-2 -3 o’rin va qolgan faol qatnashgan o’quvchilarga faxrir yorliqlar topshirildi. 24-noyabr kuni “Mening bag’rikeng dunyoyim” mavzusida rasmlar tanlovi bo’lib o’tdi. Rasmlar tanlovini rasm va chizmachilik o’qituvchisi Parmonova Gulzor barcha rasmlarni saralab eng yaxshi rasmlarni saralab oldi.Eng yaxshi rasm chizgan o’quvchilarga faxriy yorliqlar topshirildi.



2021 yil 25 noyabr kuni “Yosh kitobxon ” tanlovida qatnashadigan barcha o’quvchilar ruyxati shakllantirildi va bazaga kiritildi. 2021 yil 26 noyabr kuni maktabda kuz fasli munosabati bilan Mexrjon bayrami o’tkazildi. Tadbirda barcha o’quvchilar kuz mevalari, sabzavotlari, poliz ekinlari, dukkakli ekinlar,urug’lar, gerbariy va aplikatsiyalar olib kelishdi.Kuz fasliga bag’ishlangan sher qo’shiqlar aytildi. Barcha sinflardan kuz ne’matlari saralab olib eng ko’p olib kelgan sinflarga faxriy o’rinlar berildi. Bayram tadbiri ko’tarinki ruhda va bayramona o’tkazildi.



2021 yil 27-noyabr kuni maktab o’quvchilari o’rtasida “Quvnoq startlar” musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada Shahrisabz shahar 12-maktab o’quvchilari va 23-maktab o’quvchilarining 5-6 sinf bolalari qatnashdi. Musobaqa juda shiddatli va zavqli o’tkazildi. Maktab jismoniy tarbiya o’qituvchisi To’xtayev Laziz xaqqoniy xakamlik qilib g’olib bo’lgan kamandani taqdirladi.

2021 yil 27 noyabr kuni maktab o’quvchilari o’rtasida “Milliy liboslar ko’rgazmasi” tanlovi o’tkazildi. Ko’rgazmani texnologiya o’qituvchisi Halimova Zulxumor milliy liboslar, suzana, popur,milliy kashta xar xil viloyatning do’ppilari, milliy gazlamalar, zardo’stlik buyumlari xaqida ma’lumot berildi va ko’rgazmalar taqdim etildi.

2021 yil 30 noyabr kuni fan oyligining yopilish munosabati bilan rus tili va ingliz tili fanidan ochiq darslar va tadbirlar tashkil etildi. Tadbirda chiroyli kuy qo’shiqlar sherlar ko’rgazmali qurollardan keng qo’llanildi.







Maktab direktori J.Allayev

Maktab yetakchisi F.Abdumuratova


Download 39,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish