Mavzu: Turizmda milliy brendning o’rni (Dunyo mamlakatlari misolida)
Reja:
Kirish
Milliy brendning vujudga kelishi va rivojlanishining nazariy asoslari
Milliy brend tizimini shakllantirish va korxonalarda brending mehanizmini amalga oshirish istiqbollari
Alutex korxonasi misolida milliy brend
Dunyo mamlakatlari tajribalari asosida milliy brendni takomillashtirish
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Ilovalar
Kirish
Mamlakatimizning ijtimoiy yo’naltirilgan bozoriqtisodiyotiga bosqichma – bosqich o’tishga asoslangan hozirgi siyosati, korxonalar vatashkilotlar faoliyatini samarali tashkil qilish va korxonalardagi iqtisodiy munosabatlarni bozor iqtisodiyoti talablariga moslashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.Har bir korxona raqobatda kutilmagan tadbirlarni amalga oshirish natijasida biznes sohasida yangi rivojlanish yo’llari ortib bormoqda. Iste’molchilar va mahsulot yetkazib beruvchilar orasidagi munosabatlarni bozor tamoyillari orasida tartibga solishning bugungi bosqichida tovar ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish, sotish strategiyasini takomillashtirish, shuningdek brending siyosatini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev 7-fevral kungi Farmoni bilan 2017-2021-yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini tasdiqladi. Avvalo, ushbu ustuvor yo’nalishlar va ulardagi amalga oshirilishi nazarda tutilgan vazifalar hamda chora-tadbirlarning ijrosi bugungi kunning hayotiy va ijtimoiy zarurati ekanligini ta‘kidlash lozim. Shu jumladan milliyiq tisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta‘minlash, uning tarkibida sanoat,xizmatlar ko’rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko’paytirish,xizmatlar ko’rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirish daxizmatlarning o’rni va ulushini oshirish, ko’rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo,xizmatlarning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o’zgartirish zarurdir. Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning hozirgi bosqichida iqtisodiyotni erkinlashtirish, mamlakatni modernizatsiyalash, makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash evaziga uzluksiz iqtisodiy o'sishga erishishdek dolzarb vazifa1 MirziyoyevSh.M. 2017—2021-yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning besh ta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi Farmoni. 7-fevral 2017 yil. qo'yilgan. Bu esa o'z navbatida,iqtisodiyotda erishgan yutuqlarning asosi – bozor iqtisodiyoti, mulk shakllarining takomillashuvi, iqtisodiyotdagi keskin tuzilmaviy o'zgarishlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushining ortib borishi bilan baholanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |