Kuchli tomonlari
“Alutex” QK alyumin profillari bilan shug’illanuvchi mamlakatimizdagi birinchi korxona bo’lib, korxona mustaqil faoliyatni yo’lga qo’ygunga qadar alyumin profillari importi bilan shug’illangan va bozorda barqaror faoliyat yuritish uchun yetarlicha tajriba to’plagan;
Alyumin Markaziy Osiyo bozoriga kirib kelgan yangi mahsulot bo’lib, bu bozor hali to’yinmagan;
Korxona mahsulotlarining bir qismini eksport qiladi. Bu ko’rsatkich yildan – yilga ortib bormoqda va korxonaga xorijiy valyuta olib kelmoqda, shu bilan birga tovar aylanmasini tezlashtirmoqda;
Korxonadagi uskunalarning barchasi jahon talablari darajasidagi eng zamonaviy texnika – texnologiyalar hisoblanadi. Ularning aksariyati Xitoydan keltirilgan.;
Xomashyodan tayyor mahsulotgacha bo’lgan texnologik jarayonning barchasi zavodning o’zida amalga oshiriladi.
Qolaversa, korxona yangi mahsulot assortimentini yaratishda kerak bo’ladigan qoliplarni ham o’zi yasay oladi.Bu unga raqobatchilardan ustunlikni ta’minlaydi.
Kuchsiz tomonlari
Korxona o’z mahsulotini yasashda asosiy xomashyo sanaladigan alyuminni import qiladi. Bugungi kunda alyumin qazib oluvchi va uni qayta ishlovchi yirik korxonalar soni sanoqli bo’lganligi sababli, xomashyoga narx belgilashda ular ustunlikka egalar;
Imkoniyatlari
Yuqorida aytib o’tilganidek, ichki bozorimiz hali alyuminga to’yinmagan.Qolaversa, qo’shni mamlakatlarda ham alyumin yangi mahsulot hisoblanadi. Alutexda o’z bozorini kengaytirish uchun yaxshigina imkoniyat mavjud;
Korxona alyumin profillarini turini o’zgartirish uchun kerak bo’ladigan qoliplarni o’zi yasay oladi. Bu esa yangi turdagi mahsulot assortimentlarini yaratishga imkoniyat ochadi
12-rasm. Muallif tomonidan tuzilgan
So’nggi yillarda mamlakatimizda amal qilayotgan mahalliylashtirish dasturiga muvofiq, import qilinayotgan mahsulotlarning ma’lum qismini o’zimizda ishlab chiqarish imkoniyati oshmoqda.Bu esa mahsulot tannarxini pasayishiga sezilarli ta’sir ko’rsatishi mumkin. Masalan, “TLZ” bo’yoqlari, korxona import qilayotgan “Pulver”dan ko’ra ancha arzon, lekin mahsulotning sifati Alutex talablari darajasida bo’lmaganligi uchun kompaniya bo’yoqni import qilishga majbur;
Xavf – xatar
Alyumin yengil mahsulot bo’lganligi uchun tezda ommalashib ketgan. Har qanday mahsulotda bo’lgani singari, uning ham hayotiylik davri mavjud va taxminimizcha u keyingi 10 yillikda hali beri tugamaydi. Lekin ana shu hayotiylik davrining tugashi korxona uchun eng katta xavf bo’lib hisoblanadi;
Oxirgi 5 yil davomida shu soha bilan shug’illanuvchi raqobatchilar soni bir muncha oshdi va buning natijasida korxonaning bozordagi ulushi qisqardi. Raqobatchilarning ko’payishi iste’molchilar uchun yaxshi albatta, qaysi mahsulotni tanlash ular ixtiyorida bo’ladi, lekin ishlab chiqaruvchilar uchun bundan ortiq xavf bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |