XULOSA VA TAKLIFLAR
Brendlar mahsulоtga o’хshab ishlab chiqarilmaydi, ular iste’mоlchilar tafakkurida shakllanadi, shu bilan birga mahsulоtga nisbatan emotsional bоg’liqlik yaratadi.
Brending – tоvarni bоzоrdagi faоliyatini оshirish uchun qo’llanilib, tоvar belgisi, markasi, qadоg’i, reklamasi va bоshqalar bilan birgalikda, mahsulоtni raqоbatchi kоmpaniyalardan ajralib turishiga va o’ziga хоs оbraz yaratishiga yordam beradi.
Tоvar belgisi – bu yuridik termin bo’lib, ish yuritilishi хuquqiy nоrmalar va reglamentlar asоsida cheklanadi. Tоvar belgisi iste’molchilar uchun mahsulоtni identifikastiya qilish uchun yordam beradi, hamda davlat tоmоnidan qayd etilib uning muhоfazasida bo’ladi.
Brending teхnоlоgiyasi – bu o’ziga хоs usul va uslublardan tashkil tоpgan bilimlar tizimidir. U operatsiyalar va protseduralardan tashkil topib, ma’lum bir tartib va ketma- ket keladigan kombinatsiyalardir.
Brending jarayoni – bu bоshqaruv faоliyatining majmui bo’lib, brending tizimida operatsiya va protseduralarning o’zarо, uyg’un mоs ravishda ta’minlоvchi usul va uslublardan ibоrat.
Tabiatiga ko’ra brending 2ta amaliy maqsadga ega.
Birinchisi, Brending- bu muloqotning amaliy quroli. Ishlab chiqaruvchi va xaridor o’rtasidagi muloqot. Va bu muloqot qanchalik to’g’ri yo’lga qo’yilsa, korxonaning brending siyosati natijasi shunchalik samaraga ega bo’ladi. Shuning uchun biz, bozor qatnashchilari orasidagi muloqotni tashkil qilish san’atini – brending deb ataymiz.
Ikkinchisi, brending – raqobatdan ajralish qurolidir.
Quyida brend yaratishda kerak bo’lishi mumkin bo’lgan takliflar berilgan.
Hech kim siz uchun brend yaratib bermaydi
Bo’lajak brendni yaratish haqidagi g’oya sizniki bo’lishi kerak. Bo’lajak brendning egasi sifatida siz brendning ma’nosini, iste’molchilar uchun u nima bo’lishini, iste’molchi sifatida kimlarni ko’rishni xohlayotganingizni aniq bilishingiz kerak. Brending agentliklari sizga turli xil konsepsiya taklif qilishlari, uning tashqi ko’rinishini shakllantirib berishlari, brendni iste’molchiga yetkazishga yordam berishi mumkin. Agentliklar turli bozorlarda har xil iste’molchilar bilan ishlash tajribasiga ega bo’lib, siz ko’rmay o’tkazib yuborgan biror narsani ko’rishlari mumkin. Shuningdek, ular hatto savdo belgisini to’g’ridan – to’g’ri bozorga olib chiqishlari mumkin. Ammo brendning “otasi” siz bo’lishingiz kerak.
Maqsadli auditoriya bu faqat aniq omillarni to’plash emas
Faqat bir toifadagi iste’molchidan umid qilinishi noto’g’ri. Agar iste’molchi toifasi chegarasidan chiqishning uddasidan chiqilsa, odamlar faqat sharbat emas, balki mineral suv, yaxna choylarni ichishi mumkinligi, yoki hammaning o’z qiziqishi, ehtiyojlari borligini va sizning mahsulotingiz ularda umuman qiziqish uyg’otmasligi tushunilgan bo’lar edi. Shundagina ularning ro’yxatlarida ancha muncha qiziqarli narsalar topiladi. Agar shu ro’yxatning tuzilishi, uning mantiqi tushunilsa mahsulotning brendga aylanishida ustunlikka ega bo’lish mumkin. Boshqa kategoriyalardagi brendlarning tuzilishi texnologiyasini tahlil qilish kerak, chunki barcha strategiyalar shu paytgacha ishlab chiqib bo’lingan. Eng muhimi – ularni topish, va kompaniya brendini yaratishda to’g’ri qo’llay olish kerak. Hozirgi kunda brend juda ham rivojlangan va bu esa brendga katta e;tibot berishni ta’lab qiladi va mana shuning uchun ham hozirgi kunda biz o’z brendimizga e’tibor berishimiz kerak. Alutex kompaniyasi ham o’zining shahsiy brendiga yaxshi e’tibor qaratmagan garchi mahsuloti sifatli bo’lsa ham, kompaniya brendga yetarlicha e’tibor qaratilmagan shuning uchun ham kompaniya o’zining avvalgi mavqeyini yo’qotib bormoqda. Men o’z fikrlarimga tayangan holda Alutex kompaniyasiga avvalo brendga tovar qatorida e’tibor berishini va brendni qanchalik darajada muhum ekanligini anglab yetgan holda turli xil marketing tadqiqotlarini o’tqazishini va albatda brendga nisbatan e’tiborni kuchaytirishini aytgan bo’lardim.
Do'stlaringiz bilan baham: |