O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI
“IQTISODIYOT FAKULTETI”
“MAKROIQTISODIYOT” KAFEDRASI
KURS ISHI
Mavzu:“Mehnat va Inson resurslarini o`zaro bog`liqligi”
5520100 “Ijtimoiy ish(pensiya ta`minoti)” yo`nalish
Bajardi: Abdulahatov Diyor 2-kurs ijtimoiy ish(pensiya ta`manoti) yo`nalish talabasi
Ilmiy rahbar:
Topshirilgan sana:
Baho:
Toshkent-2022
MUNDARIJA
Kirish. _________________________________________________________4
1. Mehnat va Inson resurslari haqida umumiy tushunchalar._______________5
2 Mehnat resruslarini tarkibi va shakillanishi,ulardan samarili foydalanish___12
3.Mehnat inson omili va uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati. _____________ 21
Xulosa ________________________________________________________26
Foydalanilgan ilmiy adabiyotlar. ___________________________________28
Kirish
Mehnat va Inson resurslari haqida umumiy tushunchalar.
Mehnat resurslari tushunchasi – barcha ishlayotganlar, shuningdek ishlashni xohlaydigan, ish qidirayotgan, ammo turli sabablarga ko'ra hozircha mehnat faoliyati bilan shug'ullana olmayotgan fuqarolardir. Mehnat faoliyati uchun zarur resurslarni o'rganish mehnat bozorini baholash hamda mehnat resurslarini shakllantirish va ularni ish bilan bandligini ta'minlash maqsadida davlat tomonidan tegishli demografik siyosatni olib borish katta ahamiyatga egadir.
XX asrning boshlarida odamlarga mehnat jarayonida ijtimoiy ishlab chiqarish tomonidan foydalaniladigan o'ziga xos resurs sifatida munosabatda bo'linardi. Shuning uchun ularning mehnat qilishga qodirligi “
ish kuchi” atamasini olgan
.1
Ish kuchi (inglizcha: Labor power) mehnat iqtisodiyoti nazariyasida insonning mehnat faoliyatiga qodirligi, ushbu mehnat faoliyatida u tomonidan ishlatiladigan jismoniy va ma'naviy salohiyatining jamlanmasi sifatida talqin qilinadi. Ish kuchi mehnat jarayonidan va mehnat qurollaridan ayricha tasavvur etilmaydi, ya'ni ular mehnat qilish qobiliyatiga ega bo'lgan odamlar guruhi tarzida ko'riladi.
“
Ish kuchi”ga metodologik yondashuvlarda o'zlarini mustaqil ish bilan ta'minlaydiganlarni (masalan, xususiy tadbirkorlar, fermerlar, erkin ijodkorlarni) ham qo'shish-qo'shmaslik muammosi paydo bo'lgan. Aksariyat holatlarda ushbu iqtisodiy toifa “iqtisodiy faol aholi” ko'rsatkichi orqali belgilangan.
2
Ish kuchining miqdor ko'rsatkichlari (mehnatga layoqatli aholi soni) ortishi bilan bir yo'la unga sifat xususiyatlari (ma'lumotining darajasi, malakasi, ish tajribasi, mahorati va hokazolar) ham qo'shila boshlangan. Shuning uchun
Xalqaro mehnat tashkiloti (
XMT) muomalaga “
mehnat resurslari” atamasini kiritgan.