Kirish. Mavzuning dolzarbligi



Download 84,97 Kb.
bet8/9
Sana14.07.2022
Hajmi84,97 Kb.
#798023
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
“TASVIRIY SAN’AT ASARLARI BILAN BEZATILGAN BADIIY ADABIYOTLARNING

69,4%

74,3 %

2

2-topshiriq. Ertak qahramonlari mavzusida kompozitsiya ishlash

77,9 %

83,7%

3

3-topshiriq. Tasviriy san’at 6-sinf darsligidan o’tilgan mavzular asosida test


86,8 %


72,9 %

Tajriba guruhining natijalaridan quyidagi xulosa qilindi:



  • Dars jaryonlariga innovatsion ta’limiy dasturlar va axborot texnologiyalarni joriy qilish orqali dars samaradorligiga erishildi.

  • Elektron darsliklarni dars jarayoniga faol qo’llash orqali o’quvchilarning nazariy va amaliy bilimlari oshdi.

  • O’quvchini fanga qiziqishi ortdi.

  • Tasviriy san’at sohasida ijodkorlar va ijodiy asarlarini yaqindan tanishidi.

  • Ta’limi to’g’ri tashkil etish va o’quvchilarning mustaqil ishlashiga erishildi.

  • O’quvchining badiiy-estetik didi va tafakkuri rivojlandi, mustaqil fikr yuritish hamda jamoa bilan ishlash kompetensiyalari shakllandi


Xulosa
Umumiy o’rta ta’lim fanlari tarkibidagi Tasviriy san’at o’quv fanining Davlat ta’lim standartida kompozitsion faoliyat badiiy ta’limning asosiy turlaridan biri sifatida belgilab qo’yilgan. Boshlang’ich sinflarda bu turdagi darslar o’quv dasturiga ko’ra namunaviy topshiriqlarda keltirilgan mavzular bo’yicha amalga oshiriladi. Tasviriy san’at ta’limining mazkur blokidagi o’quv materiallari asosida o’quvchilarning kompozitsion faoliyatini kompleks tashkil etishda 7-sinfning oxirgi choragi - Kitobat san’ati bloki, birinchidan, keng qamrovli imkoniyatlarni taqdim etadi. Ikkinchidan, kitobat san’ati nafaqat 7-sinf tasviriy san’at ta’limini. Balki, umuman maktab tasviriy san’at ta’limini yakunlovchi qismi bo’lganligi uchun ham o’quvchilarning barcha bilimlarini amaliy tatbiqini baholash mumkin bo’ladi, ya’ni tasviriy san’at ta’limining uzviylik va uzluksizlik prinsiplari asosida o’quvchilarning Davlat ta’lim standartida belgilangan o’quv kompetensiyalarini egallaganlik darajalarini baholash imkonini beradi. Shuning uchun ham tasviriy san’at darslari uzviyligini ta’minlashda illyustrativ rasm ishlash mashg’ulotlarining imkoniyatlaridan foydalanish diqqat markazida bo’lishi maqsadga muvofiq. Zero, unda tasviriy faoliyatning barcha turlarida o’zlashtirilgan nazariy bilim hamda egallangan amaliy-tasviriy kompetensiyalarni tatbiq etishning didaktik imkoniyatlari mavjud.
«Ertaklar — yaxshilikka yetaklar» degan naql bor xalqimizda. Ular shunchaki ko'ngil ochish vositasi, ermak emas, balki ajoyib suhbatdosh, bizni faqat ezgulikka undovchi, zavq-shavq bag'ishlovchi ma'naviy manbadir. Mavzuni o’rganish mobaynida ba’zi bir taklif va mulohazalar aytish joiz deb topildi: Respublika, vilotat, tuman, maktab miqyosida “Ertaklar – yaxshilikka yetaklar”, nomli illyustratsiyalar ko’rik tanlovlarni uyishtirish ham bolalarda ertakka bo’lgan qiziqishni oshirgan bo’lardi. Yaxshi bo’lardi, Ushbu ko’rik tanloga ishtirok etgan o’quvchilarning illyustratsiyalaridan ko’rgazma tashkil etish. Bundan tashqari Kitobot san’atining ustalari va illyustrtsiya ishlash bo’yich usta rassomlarning ko’rgazmasi tashkil etilsa ham yosh avlodning ertak va afsonalarga eshitishga qiziqishi yanada kuchliroq bo’lar edi. Maktab o’quvchilarida ertaklarga illyustratsiya ishlashga oid tasviriy-ijodiy kompetensiyalami shakllantirishda professional rassomlar tomonidan tayyorlangan (ishlangan) illyustratsiyalardan ko’rgazmali material sifatida foydalanish yaxshi samara beradi. Shuningdek, bu turkumdagi darslarda ham tarixiy, ham zamonaviy O’zbekiston miniatyura san’ati namunalari bilan ham tanishtirib o’rinlidir. Zero, o’quvchilarda ertaklarga illyustratsiya ishlash san’atini rivojlanish tarixi, unda amal qilingan tarixiy an’analar va ularning zamonaviy talqinlari, mashhur musavvirlarning tasviriy mahorat maktablari va ularning zamonaviy davomchilari, ularning ijodiy faoliyatlarining qiyosiy tahliliga asoslangan nazariy bilimlar va ulardan amamliy tasviriy faoliyatda foydalanishga oid kompetensiyalarni shakllantirish o’quvchilarda ertaklarga illyustratsiya ishlash bo’yicha nazariy bilim va amaliy malakalarni shakllantirishda muhim rol o’ynaydi.O’quvchilarda kitobat san’atining muhim badiiy-grafik elementi - illyustratsiya ishlashga oid o’quv kompetensiyalarni shakllantirishgda realistik tasviriy san’at, zamonaviy kitob illyustratsiyasi bilan sharqona miniatyura san’atining o’ziga xos jihatlarini qiyosiy tahlil qilish borasidagi malakalarini ham shakllantirib borish lozim. Chunki Sharq miniatyura san’ati qadimiy qo’lyozma kitoblarining tasviriy talqini sifatida mazmun va kompozitsion mukammallik, tasvirlash usullari va texnologiyalari nuqtai nazaridan boy didaktik material vazifasini o’taydi. O’quvchilarda ertaklarga illyustratsiya ishlashga oid nazariy bilimlarni amaliy faoliyatga tatbiq etish malakalarini shakllantirishda ularning kitobat san’atining har bir elementini funksiyalarini, ayniqsa asosiy grafik element - illyustratsiyalarning mohiyatini yaxshi o’zlashtirgani muhim ahamiyat kasb etadi. Bu omil tasviriy san’at o’qituvchisidan kitobning badiiy-grafik elementlari, ularning vazifalari, shakli, kompozitsiyasi, arxitektonik echimi haqida imkon qadar to’liq ma’lumot berishi talab etiladi. Maktab o’quvchilarining ertaklarga illyustratsiya ishlash malakalarini shakllantirish va rivojlantirish jarayonini sifatli va smarali kechishini ta’minlash uchun tasviriy san’at o’qituvchisiga quyidagi quyidagi metodik tavsiyalami berish o’rinlidir.Birinchidan, sinf o’quvchilarinmg dunyoqarashi, badiiy qiziqishlari, tasviriy-ijodiy imkoniyatlari turlicha bo’lganligi uchun ularga bir xil topshiriq berish maqsadga muvofiq emas. Bu omil ham kompozitsiya uchun manba, ham tasviriy vosita tanlashga taalluqli bo’lib, qaysidir o’quvchi akvarel bo’yoqlarida ishlashni yoqtirsa, boshqasi grafik usulda, ya’ni oq-qora shaklida ishlashga nisbatan moyillik bildiradi.O’zbekiston kitobat san’ati tarixida aynan bir manbaga bir necha rassomlar tomonidan turlicha uslub va texnikada illyustratsiya ishlanganligini kuzatishimiz mumkin. Bunga G’afur G’ulomning “Shum bola” hajviy qissasi yorqin misol bo’ladi, ya’ni unga taniqli rassom Telman Muhamedov ranli va chiziqli illyustratsiyalar ishlagan bo’lsa, Abduboqi G’ulomov boshqacha uslubda turkum illyustratsiyalar yaratgan. Tasviriy san’at o’qituvchisini o’quvchilarni illyustrativ rasm ishlash darslarini tashkil etishiga oid tavsiyalar sirasiga yana bir muhim metodik jihat, o’quvchilar darsda o’z kompozitsiyalarini yakunlashni yagona maqsad sifatida qabul qilmasliklari lozim. Aks holda ishni dars oxirigacha yakunlashga intilish natijasida o’quvchilarning kompozitsion mushohadalari o’zining to’laqonli tasviriy talqinini topmasligi mumkin. Shuning uchun o’quvchilar o’qituvchi nazoratida kompozitsiya variantlari ustida ishlashga, o’qituvchi hamda sinfdoshlari bilan asar syujeti va unga monang illyustratsiya yaratishga ustuvor tarzda qarashlari lozim. Muhimi berilgan topshiriqni mohiyatini to’laqonli anglashdan iborat. Shundagina kompozitsiyani uy vazifasi sifatida yakunlash to’g’ri yo’nalishga ega bo’ladi. Shu ma’noda o’qituvchining o’quvchilarni sinfda bajargan ishlariga mos tarza uyga berilgan topshiriqning vazifalarini batafsil tushuntirishi muhim ahamiyat kasb etadi.
O’quvchilarning eskizlar bilan ishlash kompetensiyalarini shakllantirish ham ta’limiy, ham tarbiyaviy ahamiyat nuqtai nazaridan juda muhim tadbir bo’lib, bu omil o’quvchilarni tasviriy faoliyatini to’g’ri tashkil etish imkonini beradi. U mashqlarning ta’limiy ahamiyati shundaki, mazkur jarayonda o’quvchilar tasviriy san’atning ayrim qonuniyatlarini amaliy tatbiqi borasidagi nazariy bilim va amaliy kompstensiyalarini takomillashtirib boradilar. Tarbiyaviy ahamiyati esa o’quvchilar ongida yordamchi vositalarning ahamiyati, izlanish jarayonlari yakuniy natijani samarasini ta’minlovchi muhim vosita, omil ekanligini anglab borishlarida o’z aksini topadi.


Download 84,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish