Kirish. Mavzuning dolzarbligi



Download 84,97 Kb.
bet1/9
Sana14.07.2022
Hajmi84,97 Kb.
#798023
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
“TASVIRIY SAN’AT ASARLARI BILAN BEZATILGAN BADIIY ADABIYOTLARNING


KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi.
Ma’lumki, ta’lim-tarbiya jarayonida boshlang’ich sinflar ta’limi alohida bosqich bo’lib, bu davr bola shaxsini eng jadal rivojlanish davri hisoblanadi. Chunki 5 — 6 yoshdan 10—11 yoshgacha bo’lgan davrda bola shaxsi yetuklik va o’smirlik davxiga zamin yaratadi. Ayni shu davr bola shaxsining ko’rish, kuzatish, idrok etish, tasawur va tafakkur qilishga 0’rganish jarayonidagi eng shiddatli bosqich bo’ladi. Shu boisdan ham boshlang’ich sinf o’qituvchilari tayyorlaydigan pedagogika o’quv yurtlari o’quv rejalari va dasturlarining bugungi kun talabi darajasida bo’lishiga e’tibor qaratish lozim.
Tasviriy san’at darslarida o’quvchilar borliqni va san’atni estetik idrok qilish yo’llarini o’zlashtiradi. Bu fan orqali o’quvchilarning fikrlash qobiliyati, ko’rish xotirasi, ijodiy tafakkuri, badiiy didi, estetik hissiyotlari rivojlanib boradi.
Tasviriy san’atdagi ta’limiy va tarbiyaviy jarayon o’quvchilarda rasm chizish, me’morchilik ko’nikmalarini shakl­lantirish bilan birgalikda atrof-muhitdagi go’zalliklarni estetik idrok etish, uni tasviriy vositalar asosida aks ettirish bo’yicha ham nazariy bilim va malakalarni rivojlantiradi. Shuni aytib o’tish lozimki, bu maqsadlarga to’laqonli erishishda o’qituvchining darsga yondashuvi va mahorati muhim o’rin egallaydi. Chunki tasviriy faoliyat jarayonida shakllanadigan bilim, malaka va ko’nikmalar asosan dars davomida amalga oshiriladi.
“Borliqni idrok etish”, “San’atni idrok etish”, “Naturaga qarab tasvirlash” va “Kompozitsion faoliyat” yo’nalishlari bo’yicha mavzu mazmunini yoritib berish maqsadida o’qituvchilar tasviriy san’at darslarini ko’proq amaliy jihatdan tabiat qo’ynida o’tkazishlari, muzeylarga sayohat uyushtirishlari tavsiya etiladi. Bunda o’quvchilarning ona tabiatga, jonajon o’lkaga mehr-muhabbati oshadi, milliy qadriyatlarimizni, me’moriy yodgorlik va san’at durdonalarimizni asrab-avaylash hamda qadrlashni o’rganadilar.
Bugungi kunda bola qalbi va jismini egallab olishga bo’lgan harakatlar ko’plab uchrayotganligi sir emas. Shu bois bugungi kunda ilm-fanda bola omili, san’at va adabiyot, xalq og’zaki ijodi inson ma’naviy dunyoqarashida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda, uning odamiylikni targ’ib etuvchi hissiy-estetik ta’sir kuchi oshib bormoqda. Zero xalq og’zaki ijodi, ayniqsa ertaklar va afsonalar bolani ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalab, obyektiv borliq, inson hayoti haqidagi tushuncha, bilimlarini boyitadi, ruhiyatiga ta’sir etadi, qalbida turli his-tuyg’ular uyg’otadi. Bitiruv malakaviy ishning - Ertak va afsonalarning bola tarbiyasiga ta’siri (Jahon xalq ertaklari asosida illyustrtsiya ishlash) deb olinishi ham ertak va afsonalarga ishlangan illyustratsiyalar, uning ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyatini ko’rsatish, o’zbek xalq ertak va afsonalarga ishlangan illyustratsiyalarda tasvirlangan qahramonlarining fazilatlari, insoniy xususiyatlarini, boy estetik jihatlarini ko’rsatishdan iborat.
Ertak - bu mo’jiza! Bolalikdan tanish bo’lgan go’zal dunyo, unda yaxshilik doimo yomonlikni yengadi. Ertak kitoblar sahifalarida hayvonlar va ajdarlar, jasur qahramonlar va chiroyli malika, yaxshi afsonalar va yovuz sehrgarlar jonli ravishda yozilgan. Ertaklar nafaqat mo’jizalarga ishonishga, balki yaxshilikka, xushmuomalalikka, qiyinchiliklarga berilmaslikka, ota-onalarni tinglashga va tashqi ko’rinishiga qarab boshqalarni hukm qilmaslikka da’vat etadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ertaklar bolaning dunyoqarashini kengaytirib, uning hayotga ongli munosabatini shakllantirar ekan. Bola ertak orqali yaxshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlikni bir-biridan farqlashni o’rganadi. Bu tushuncha uning psixologiyasida bir umrga muhrlanib qoladi. Va bola voyaga yetganidan keyin ezgu ishlarga odatlanadi.
Xalq yaratgan ertaklar va afsonalar ma’naviy xazina uning bizgacha yetib kelgan na’munalarini o’rganish, izchil tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy qadriyatlar tizimining ajralmas qismi bo’lgan o’zbek xalq ertaklari na’munalarida yaratuvchi va bunyodkor xalqimizning uzoq asrlik o’tmish tarixi, yashash tarzi, urf-odatlari, tafakkuri, olamni estetik idrok etishi, axloqiy qarashlari aks etganki, xuddi shu narsalar millatimiz va yurtimizning dunyo miqyosida o’zini ko’rsatishga imkon beradi. Shu bois, - asrlar davomida misqollab to’plangan, ajdodlarimizdan bizga o’tib kelayotgan ma’naviy merosimiz... javohirlarini ham asrab-avaylab, yanada boyitib, kelgusi avlodlarga yetkazish barchamizning muqaddas burchimiz bo’lmog’i kerak, deb ta’kidlagan Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov. Istiqlol sharofati bilan yurtimizning milliy qadriyatlarini, xususan, ko’hna va ezgulikka, diyonatga, iymonga undaydigan, el-yurt manfaati va birligini tarannum etadigan - o’zbek xalq ertak va afsonalarini izchil o’rganishning keng imkoniyatlari vujudga keldi.
Xususan, xalq tomonidan yaratilgan ertaklar Vatanparvarlik, insoniylik, olijanoblik, do’stlik, birodarlik singari bir qator milliy va umumbashariy qadriyatlar hamda o’zbekona marosim, urf-odatlar, rasm-rusumlar majmuasini tashkil etadi. Shuningdek, ertaklarda ham izzat-hurmat, axloq-odob, mehnatga muhabbat, vafo-sadoqat, adolat, haqiqat, yaxshilik kabi fazilatlarni ulug’lanishi hamisha kelajak avlodning yetuk inson bo’lib ulg’ayishiga xizmat qilib kelayapti.
Bolalar tabiatan ertaklarga qiziqadilar, ularni yod olishga, ertak qahramonlaridek jasur, mard, zukko bo’lishga harakat qiladilar. Shu bois, bolalarning yoshidan qat’iy nazar, ular uchun chop etilayotgan maxsus adabiyotlarda xalq og’zaki ijodiga ertaklarga katta o’rin berilgan.
Asrlar davomida yaratilgan xalq og’zaki ijodi o’zbek adabiyotining, pedagogikaning shakllanishi va taraqqiyotiga asosiy manba bo’lib xizmat qildi. Bolalar kitobxonligining boy manbai ertak va afsonalardir. Ertak va afsoanalar bolalar adabiyotini yaratishda yozuvchi va shoirlar uchun muhim material bo’lib xizmat qiladi. Badiiy adabiyotlar, ertaklarga ishlangan illyustratsiyalar ertak va afsonalarni yanada tushunarli bo’lishida bolalar tafakkurini o’stirishda, milliy qadriyatlarni anglashida mustaqil, tasavvur qilgan xolda o’qishlari uchun tayanch bo’ladigan tarbiyaviy ahamiyatga ega ma’naviy ozuqadir. Shu bois – Tasviriy san’at asarlari bilan bezatilgan badiiy adabiyotlarning yoshlar tarbiyasiga ta’siri (badiiy asar, ertaklarga illyustrtsiya ishlash) mavzusida ish olib borish bitiruv malakaviy ishning muhim jihatini ko’rsatadi.

Download 84,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish