Birinchidan, respublikaning eksport qudratini rivojlantirish va yanada mustahkamlash, eksportga yo’naltirilgan iqtisodiyotni shakllantirish. “Rivojlangan eksport quvvatisiz O’zbekistonning kelajagi yo’q” – degan edi Prezidentimiz I.Karimov o’z nutqlarining birida.
Ikkinchidan, eksport imkoniyatini kengaytirish, jahon bozoriga kirib borish uchun, avvalo, qimmatbaho xom-ashyoni qayta ishlash negizida toyyor mahsulot ishlab chiqaruvchi qo’shma korxonalarni rivojlantirish zarur. Xorijiy sheriklar bilan birgalikda zamonaviy ixcham korxonalar barpo etib, ularni mehnat resurslari bo’lmish qishloqlarga yaqinlashtirish lozim. Odatda, ularning hammasi ilg’or texnologiyalar bilan taminlanishi, raqabatga bardoshli mahsulot ishlab chiqaradi.
Uchinchidan, eksportni kengaytirishga qaratilgan strategiyani faol qo’llash bilan bir qatorda importning solmog’ini qisqartirishga qaratilgan siyosatni izchillik bilan o’tkazish, mamlakatning o’zi ishlab chiqarish mumkin bo’lgan tovarlar va mahsulotlarning chetdan keltirilishini oqilona darajada kamaytirish talab qilinadi. Importning salmog’ini qisqartirishga qaratilgan dastur doirasida e’tiborni oziq-ovqat mahsulotlariga va resurslarni chetdan olib kelish o’rniga serhosil navlari urug’larini va ularni yetishtirish bo’yicha sanoat texnologiyasini, o’simliklarni himoya qilish vositalarini, dehqonchilik mahsulotlarini sanoat usulida chuqur qayta ishlash va saqlash uchun zamonaviy uskunalarni, shuningdek fermer (dehqon) xo’jaliklari uchun texnikani chetdan olib kelishga qaratish zarur.
To’rtinchidan, tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish, xo’jalik ishlarini yurituvchi subyektlarga xorijiy sheriklar bilan bevosita aloqalar o’rnatishda, o’z mahsulotlarini chet ellarda sotishda ko’proq erkinliklar berish va import qilishda birmuncha imtiyozli tartiblarni joriy qilish borasida aniq maqsadni ko’zlab siyosat yuritish.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning manashu va boshqa yo’nalishlarini amalga oshirish O’zbekiston iqtisodiyotining jahon iqtisodiy hamjamiyati oldida munosib o’rin egallashga kafolat beradi.
Shunday qilib, mustaqillik tufayli O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish va “ochiq iqtisodiyot”ga o’tish uchun barcha shart sharoitlar yaratildi. Uning natijasida o’tgan qisqa davr mobaynida ulkan ishlar amalga oshirildi.
XULOSA
Ochiq iqtisodiyot modelining samaradorligi mavzusiga bag’ishlangan ushbu kurs ishini yakunlab quyidagi xulosalarga keldik. Bugungi kunda Jahon Xo’jaligida iqtisodiyoti ochiq bo’magan, dunyo mamlakatlari bilan aloqalarni o’rnatmagan, tashqi aloqalarga kirishmagan birorta mamlakatning o’zi yo’q. Ochiq iqtisodiyot - jahon miqyosida tovarlar, xizmatlar, kapitallar va ishchi kuchi harakatida, milliy iqtisodiyotlar oʻrtasida oʻzaro toʻsqinliklar boʻlmaydigan iqtisodiyot. Uning ochiqlik darajasi turli mamlakatlarda har xil, albatta. Bu turli mezonlarga qarab aniqlanadi. Iqtisodiyotning ochiqligi tovarlar, kapital va ish kuchining naqadar mamlakatga kirib va undan chiqib turishiga qarab belgilanadi. Biroq bular ochiqlikni ta’minlashda har xil o‘rin tutadi. Iqtisodiyoti kuchli mamlakatlarda ular iqtisodiyotining ochiqligini ko‘p hollarda kapitalning chetga chiqishi, texnologiyalar eksporti ko‘p bo‘lgani holda iste’mol tovarlari importining kattaligi belgilaydi. Aksincha, iqtisodiyoti rivojlanib ulgurmagan mamlakatlarda uning ochiqligini belgilashda xomashyo va energiya resursi hamda iste’mol tovarlari eksporti, kapital va texnologiya importining ustuvorligi asosiy hisoblanadi. Iqtisodiyotning ochiqligi ichki ziddiyatlarga ega. Agar ochiqlik iqtisodi baquvvat mamlakatlarga ustuvorlik bersa, iqtisodi zaif mamlakatlarda chet elga qaramlik hosil etadi.
Ochiq iqtisodiyotni shakllantirishda davlatning roli juda katta hisoblanadi. Davlat birinchi navbatda to’lov balansini oshirishi tashqi savdoni rivojlantirishi va xalqaro hamjamiyat bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni o’rnatishi lozim. Tashqi savdo davlatlararo iqtisodiy hamkorlikning birinchi va ustivor yo’nalishi sifatida tan olingan. Tashqi savdo jahon xalqlarini turli mahsullotlar bilan ta’minlash imkonini beradi va shu bilan birgalikda har bir mamlakatning ixtisoslashuvini rivojlantirish, o’z resurslaridan foydalanish samarasini oshirish natijasi bo’lib xizmat qiladi.
Jahon xo’jaligida iqtisodiyoti rivojlangan, rivojlanayotgan va o’tish davridagi mamlakatlarning ochiq iqtisodiyot modellari turlicha va ularning iqtisodiyotlarining ham ochiqlik darajasi turlichadir. Bunga sabab ularning geografik joylashuvi, aholi demografiyasi va iqlimi ham turlicha bo’lganligidir.
Ochiq iqtisodiyot modelining samaradorligi Xitoy Xalq Respublikasi iqtisodiyoti misolida ko’rsatib o’tilgan. Xitoy Xalq Respublikasi – hozirgi kundagi dunyodagi Amerika Qo’shma Shtatlaridan keying iqtisodiyoti eng katta ikkinchi davlat va iqtisodiyoti oxirgi o’ttiz yil ichida o’rtacha 10% o’sish bilan eng tez rivojlanayotgan davlat hisoblanadi. Xitoy, shuningdek, eng katta eksportchi mamlakat hamda ikkinchi eng katta importchi mamlakat hisoblanadi.
Xitoy tashqi iqtisodiy faoliyatini kuzatilar ekan, unda qisqa muddat ichida ulkan yutuqlarga erishilganini kuzatish imkoni bo’ladi. Bunda Xitoyning ochiq iqtisodiy faoliyatni olib borish strategiyasiga mukammal tarzda yondashilganligi va uni amalga oshirishda barcha omillardan yetarli darajada foydalanganligini e’tiborga olish lozim. Yana, bunda tashqi savdodagi sherik mamlakatlarni tanlash siyosati ham mukammal tarzda yo’lga qo’yilgan.
Dastlab 4 nafar iqtisodiy erkin hududlarning barpo etilishi va keyinchalik ularning sonini 23 taga oshirishi orqali hamda bu hududlarda yaratilgan qulayliklar va erkinliklar investitsiya kirituvchi mamlakatlarning e’tiborini tortgan.
E’tibor bilan qaralsa, Xitoy iqtisodiy rivojlanishining dastlabki yillarida faqat kommunistik davlatlar bilan savdo aloqalarini olib brogan. Keyinchalik esa kapitalistik davlatlar bilan aloqalarni kengaytirish natijasida ochiq iqtisodiy faoliyatini kengaytirishga erishgan.
O’zbekiston davlat siyosatining maqsadi respublika iqtisodiyotini jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvini taminlash va haqiqatda ochiq iqtisodiyotga erishishdir. O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng o’zining mustaqil tashqi iqtisodiy siyosatini o’tkazmoqda. Butun tashqi iqtisodiy siyosat respublikaning jahon bozoridagi mavqeini mustahkamlashga, uning to’lov balansini kuchaytirishga, qulay investitsiya muhitini vujudga keltirishga qaratilgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |