2.3. Abdurauf Fitratning “Oila yoki oila boshqarish tartiblari” asarida ota-ona hamda yetim-yesirlar haq-huquqlari haqida
Ahd-paymon qoidasiga binoan har bir haq-huquqning vazifasi va har bir vazifaning burchi mavjud. Olamning intizomi va tartibi shuni taqozo etadi, shu bo'linish bo'lmaganda olamda bironta nizom ham qolmaydi. Shunga qiyosan, ota-ona farzandlariga nisbatan shuncha vazifalarni bajarib kulfat tortar ekanlar, evaziga farzandlarining bo'yniga haqlari ham tushadi. Masalaning asli mohiyati shundaki, ota-onaning farzandlari ustiga tushadigan huquqlari nimalardan iborat? Haddi va me'yori bormi uning?
Qadim zamonlarda, ya'ni islomdan oldin odamlar ora- sida ota-onaning haq-huquqlari aniq emas edi. Binobarin, aksar odamlar adolat haddidan oshib, vahshat va jaholat doirasiga kirardilar. Masalan, ota o'z bolalarini o'zining mol-u mulkiga teng bilardi va xohlagan paytida o'z farzandini o'ldirishi mumkin edi. Islom tarixidan xabardor bo'lganlar bilardilarki, islom dini paydo bo'lishidan oldin arablar o'g'il bola tug'ilishiga xursand bo'lib, qiz olamga kelsa, tirik yerga ko'mardilar. Payg'ambarimizning bobolari Abdulmuttalib Zamzam qudug'ining qazilishi munosabati bilan xursandchiligiga farzandlaridan eng suyuklisi Abdulloh (Payg'ambar otasi)ni qurbon qilmoqchi bo'lgan. Ana shunday odatlar ibtidoiy odamlar o'rtasida mavjud bo'lib, o'sha zamonda yaxshi odatlar tusiga kirgan edi. Islom dini shunday berahmlik va xaroblik keltiradigan narsalarni bashariyat olamiga ravo ko'rmay, farzand o'ldirishni man etdi. Qur'onda: “O'z bolalaringizni faqirlik xavfidan o'ldirmangiz”,66- deb aytilgan. An'om surasida esa: “Ularkim farzandlarini o'ldiribdilar, albatta zarar ko'radilar”, - deb hukm qilingan.
Endi farzandning vazifasi Qur'onda ushbu tarzda tayin etilgan: “Xudoga ibodat qiling, o'zgani unga sherik qilmang va ota-ona haqlariga mehribonlik va yaxshilik qiling”.67
“Ey farzand, bilgilkim, aql yuzasidan farzandga ota-onani izzat va hurmat qilish vojibdur, nedinkim, unin asli ota va onadur. Ota va onani nima uchun hurmat qilurman, deb ko’nlingg’a kelturma’il, bilg’iyki, ular sening uchun o’limga ham tayyor turadurlar”.68
Konstitutsiyamizning 66-moddasida ota-onalarning haq-huquqlari himoya qilib qo’yilgan. “Voyaga yetgan ,mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota-onalari haqida g’amxo’rlik qilishga majburdirlar”.69
Hazrati Abu Bakr (r. a.) rivoyat qiladilar: Nabiy (s. a. v.) aytganlar: “Sizlarni eng og'ir gunohdan xabardor qilishimni xohlaysizlarmi?” (Sahobalar:) “Ha, ey Xudo payg'ambari”, - deya javob berdilar. Payg'ambar buyurdilar: “Eng og'ir gunoh bu Allohga shak keltirish va ota-onaga ozor berish” (Buxoriy va Muslimdan). Shu oyat va hadisdan ma'lum bo'ladiki, ota-ona haqqiga yaxshilik qilish va ularga ozor bermaslik har bir musulmon uchun vojib ekan. Lekin so'zni shu yerda to'xtatib, bahsga nuqta qo'yishga hali erta. Zero, odam tabiatan zolimdir, insofsizlik sari mayli bordir. Payg'ambar aytadilar: “Zulm odamlarning tabiiy odatlaridandir. Odamzot bir fursat topsa yoki birovni qo'l ostida ko'rsa, “inson haqiqatda isyon qilguvchidir” oyati karima mazmuniga ko'ra,
Do'stlaringiz bilan baham: |