Kirish mavzu. «Shaxs va jamiyat» kursining o’qitish metodikasi maqsadi va vazifalari Reja: «Shaxs va jamiyat»



Download 380,38 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana31.12.2021
Hajmi380,38 Kb.
#256171
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu ishlangan (2)

Birinchidan,  mavjud  umumta'lim  dasturlarini  to’liq  o’zlashtirishga 

intiladigan o’quvchilar uchun o’quv yuklamalarining haddan ortiqligi muammosi 

mavjud. 

Ikkinchidan,  yuqori  sinf  o’quvchilari  (akademik  litseylar  va  kasb-hunar 

kollejlari bitiruvchilari) oladigan bilimlar ba'zan ijtimoiy vaziyatlarga amalda kam 

moslashtirilgan. 

Uchinchidan, 

bitiruvchilarda 

tavsiya 

etilayotgan 

bilimlarni 

sifatli 


o’zlashtirish darajasi unchalik yuqori emasligi kuzatilmoqda. 

To’rtinchidan,  ijtimoiy-gumanitar  fanlar  uchun  ajratiladigan  dars  soatlari 

miqdori  deyarli  o’zgarmagan  holda,  o’quv  rejasini  gumanitarlashtirishga 

intilishning kuchayishi kuzatilmoqda. Yangidan-yangi “kichik fancha”lar yuzaga 

kelishi  bilan  bir  vaqtda  ijtimoiy-gumanitar  fanlarni  o’rganish  hajmi  tobora 

kamayib 

bormoqda. 

Bularning 

ijtimoiy-gumanitar 

yo’nalishdagi  fan 

o’qituvchilarining  dars  soatlari  hajmiga,  ularning  tayyorgarlik  darajasiga  va 

o’quvchilarning  ushbu  fanlarni  o’zlashtirishlari  sifatiga  ta'sir  qilishi  shubhasiz 

albatta. 

“Shaxs  va  jamiyat”  fanini  o’qitish  jarayoniga  ta'sir  qiluvchi  boshqa 

muammolar  ham  mavjud,  jumladan,  o’rta  umumta'lim,  o’rta  maxsus  va  kasb- 

hunar  o’quv  muassasalarida  ushbu  fanga  mutaxasislashgan  o’qituvchilarining 

etishmasligi,  “jamiyatshunoslik  o’qituvchisi”  mutaxassisligi  bo’yicha  talabalar 

tayyorlash  hajmining  qisqartirilgani,  ba'zi  oliy  pedagogik  o’quv  yurtlarida 

umuman  to’xtatilgani,  talabalar  pedagogik  amaliyotiga  ajratilayotgan  soatlar 

miqdorining qisqarishi. Shuning uchun ko’pgina o’rta umumta'lim, o’rta maxsus 

va kasb-hunar muassasalarida ushbu fanni asosan tarixchilar o’qitmoqdalar. Lekin 

bunday  ixtisosdagi  o’qituvchilarning  etishmasligi  sababli  dars  berishga  ko’p 

hollarda  boshqa  mutaxassislik  o’qituvchilari  jalb  qilinmoqda.  Ular  esa  o’zlari 

istamaganliklari uchun emas, balki ob'ektiv ravishda “Shaxs va jamiyat” fanidan 

etarli darajada dars o’ta olmaydilar. 

Hozirgi  vaqtda  ko’rsatilgan  muammolarni  qisman  hal  etish  uchun 

respublikamiz olimlari va pedagoglari tomonidan “Shaxs va jamiyat” fani bo’yicha 

umumta'lim  maktablarining  XI  sinf  o’quvchilari  va  o’rta  maxsus,  kasb-  hunar 

ta'limi  muassasalarining  bitiruvchi  kurs  talabalari  uchun  tamomila  yangicha, 

amaliyot bilan bog'liq holda dars berishga va bilimlarni o’zlashtirishga qaratilgan 

o’quv  adabiyotlarini  yaratish  borasida  muayyan  ishlar  amalga  oshirilmoqda. 

Bunday adabiyotlar qatorida N. Jo’raev va Sh. Azizovlarning “Shaxs va jamiyat” 

o’quv qo’llanmasini va bir guruh mualliflar (S. Mamashokirov, A. Hukimov, M. 

Lafasov,  S.  Shorin,  I.  Karimov,  O.  Ovcharenko,  S.  Sayapin,  K.  Hayitova,  A. 

Hasanov,  B.  Rahmonov)  tomonidan  tayyorlangan  “Shaxs  va  jamiyat”  o’quv 




14

 

 



qo’llanmasini qayd etib o’tish mumkin. 

O’quv  qo’llanmasi  mazmuniga  va  materiallarni  bayon  etishga  oid 

kontseptsiya  to’g'risida  O’quvchilarning  ushbu  fan  bo’yicha  dasturiy  talablarni 

o’zlashtirishlarini  yaxshilash  maqsadida  o’quv  qo’llanmasining  mualliflari  (S. 

Mamashokirov, A. Hukumov, M. Lafasov  va  boshqalar)  butun  materialni  ikkita 

yirik bo’limga va uchinchi qo’shimcha-axborot-ma'lumot bo’limiga 

taqsimlaganlar. Birinchi bo’lim o’quv qo’llanmasida “NAZARIY 

MASALALAR”, ikkinchi bo’lim “AMALIY Mashg’ulotLAR” deb nomlangan. 

Matnlarni havola qilish uslublari va materiallarni bayon qilish xususiyatlariga 

ko’ra, ushbu bo’limlar bir-biridan ancha farq qiladi. Ularni tushuntirishga 

to’xtalib o’tamiz. 

Birinchi  bo’lim  “Shaxs  va  jamiyat”  fani  bo’yicha  birlamchi  nazariy 

axborotlarni  etkazuvchi  sifatida  xizmat  qiladi.  Bu  axborotlarni  o’qituvchining 

ma'ruzasidagi va  o’quvchilarning  mustaqil  o’quv-izlanish  faoliyatida olinadigan 

materiallar bilan to’ldirish va kengaytirish zarur. 

Ikkinchi  bo’lim  materiallari  o’quvchilarga  o’rganilayotgan  hozirgi  zamon 

dunyosi  va  jamiyatining  murakkab  tuzilishini  ochib  berishga  qaratilgan 

muammolarni  tahlil  qilish  uchun  xizmat  qiladi.  Bu  qism  nazariy  va  amaliy 

materiallarni  muammoli  holda  bayon  etishni  ko’zda  tutadi.  Shuningdek,  uning 

mazmuni  nafaqat  o’quvchilarning  aqliga,  balki  ularning  his-tuyg'ulariga  ham 

murojaat qilish imkonini beradi. 

Ikkinchi  qism  materiallarini  tanlash  va  yoritilish  xususiyatlari  qo’shimcha 

tushuntirishni talab qiladi. Bu quyidagilardir: 

-nazariy qismning asosiy tushuncha va qoidalari bizni qurshab turgan dunyo 

hodisalari tahlilini kengaytirish uchun xizmat qiladi; 

-ko’tarilayotgan muammolarni “o’tmish-hozirgi zamon” ko’rinishida parallel 

taqqoslab  tahlil  qilish  usuli  ularning  muhim  ekanligini  ravshanroq  tasavvur 

qilishga yordam beradi; 

-mahalliy  va  xorijiy  materiallar  mavjudligi  milliy  va  umuminsoniy 

qadriyatlar har bir shaxsning hatti-harakatlariga ta'sir ko’rsatishini ochib berishga 

imkon yaratadi; 

-badiiy adabiyot va publitsistik matnlardan parchalar jalb qilinishi materialni 

tushuntirishning emotsional-huquqiy jihatini kuchaytiradi. 

Bu  esa  xulq-atvor  qoidalarini  o’rganishda  va  hamma  tomonidan  qabul 

qilingan  huquqiy  me'yorlarga  amal  qilish  zarurligini  tushuntirishda  ayniqsa 

muhimdir; 

-milliy  qonunchilikka  oid  va  turli xalqaro  hujjatlardan keltirilgan  parchalar 

amaliy  qismda  ko’tarilayotgan  masalalarning  umumiyligi  va  olamshumulligini 

tushunishga ko’maklashadi. 

Ikkala  qismni  nima  birlashtiradi.  Qo’llanmaning  birinchi  va  ikkinchi 

qismlari,  eng  avvalo,  umumiy  tushuncha-atamali  materialga  egaligi  hamda 

o’qituvchiga  mavzular  matnini  o’zgartirish,  materiallardan  foydalanishga  ijodiy 

yondoshish imkoniyatini berishi bilan birlashtirilgan. 

O’quv  qo’llanmasining  navbatdagi  va  asosiy  jihati  jamiyat  va  davlat 

hayotining  tarixiy  va  hozirgi  muammolariga  oid  ham  milliy,  ham  g'arb 

mamlakatlariga  oid  faktologik,  adabiy  va  boshqa  materiallarning  mutanosib 




15

 

 



ravishda mavjudligidir. 

Qo’llanma materiallarini tanlash va bayon qilish kontseptsiyasini yaratishda 

mualliflar “Shaxs va jamiyat” fani bo’yicha darslarda akademik litseylar va kasb-

hunar  kollejlarining  uchinchi  kurs  o’quvchilari  uchun  o’rta  maktabning  11- 

sinfidagi  o’qishdan  farqli  ta'lim  muhitini  vujudga  keltirish  lozimligidan  kelib 

chiqqanlar.  Bu,  bir  tomondan,  o’quvchilarning  yoshga  oid  xususiyatlari  bilan 

bog'liq bo’lsa, ikkinchi tomondan, litsey va kollejlardagi o’quv jarayonini tashkil 

etish metodikasi bilan bog'liqdir. Ma'lumki, litsey va kollejlarda mashg’ulotlarning 

sinf-dars shakli emas, balki ma'ruza-amaliy o’quv faoliyati ko’pro bo’lishi nazarda 

tutiladi.  O’qitishning  ma'ruza-amaliy  tizimi  darsni  katta  q  hajmdagi 

sistemalashtirilgan  ma'lumotlarni  o’quvchilarning  mustaqil  ishiga  yo’nalish 

beruvchi asos sifatida uzatish shakliga aylantirish imkonini b eradi. Birinchi qism 

mavzulari o’quvchilarga jamiyatshunoslik muammolarining muayyan ko’lamiga 

kirishda  yo’nalish  ko’rsatuvchi  konspekt,  ilmiy  kategoriyalarni  o’rganishning 

boshlang'ich  bosqichi  hamda  o’qituvchi  ma'ruzalarining  asosiy  qoidalarini 

mustahkamlash vositasi bo’lib xizmat qiladi. 

Material tuzilish tartibi o’qituvchiga o’quvchilar e'tiboriga havola qilinadigan 

materialni  o’z  ma'ruzalarida  strukturaviy-mantiqiy  sxemalardan,  fanlararo 

aloqalardan (masalan, “Ma'naviyat asoslari”, “Umumiy biologiya” va b.), o’zaro 

faollik  (interaktivlik)  usulidan  (masalan,  o’quvchilar  va  pedagogning  shaxsiy 

hayot  tajribasi)  foydalangan  holda  boyitish  va  kengaytirish  imkonini  beradi. 

qo’llanmada  qo’shimcha  axborot  manbalaridan  foydalanish  bo’yicha  muayyan 

eslatmalar  bor.  Masalan,  o’qituvchi  tarixiy  manbalar,  jamiyatshunoslar  va 

adabiyotshunoslarning asarlari hamda turli milliy qonunchilik hujjatlari va xalqaro 

hujjatlarni o’rganish bo’yicha ishni tashkil qilishi lozim bo’ladi. 

Ushbu o’quv qo’llanmasi hoshiyalarida eslab qolish uchun sanalar, sitatalar, 

fikrlar  keltirilgan,  matnga  boy  hamda  o’quvchi  o’rganishi  talab  qilinadigan 

axborotning  umumiy  ko’lami  belgilab  berilgan  va  yagona  hujjat  hisoblanmish 

odatdagi maktab darsligi emas. Shu bilan birga, o’quv qo’llanmasining tuzilishi va 

unda  bayon  qilingan  materiallar  mazmuni  “Shaxs  va  jamiyat”  fanining  o’quv 

dasturi  va  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta'limining  Davlat  ta'lim  standartlari 

talablariga mos keladi. 

O’quv  qo’llanmasi  mavzulariga  tavsiyalar  tuzishda  mualliflar  ushbu  fan 

o’qituvchilarining aksariyati falsafa, sotsiologiya va huquq kabi fanlar emas, balki 

tarix fani bo’yicha mutaxassis ekanliklarini e'tiborga oldilar. Shu sababli quyida 

bayon  qilinadigan  materiallarning  hajmi  turlicha  bo’lib,  ular  birinchi  navbatda 

mavjud mavzular bo’yicha maxsus kasbiy qo’shimcha bilimlar zarurligini nazarda 

tutadi. 


Keltirilgan  materiallar  bir-biri  bilan  bog'liq  va  bir-birini  to’ldiradi.  Ularda 

dunyoni, shu jumladan inson va jamiyatni ilmiy o’rganish muammolari to’g'risida, 

inson  vujudga  kelishining  tabiiy  va  ijtimoiy  omillari,  jamiyat  rivojlanishining 

qonuniyatlari  va  sivilizatsiyaviy  taraqqiyot  bosqichlari  to’g'risida  ma'lumotlar 

mavjud. 

Ularni  o’rganishga  uslubiy  yondoshuvlarga  kelsak,  o’quvchilar 

“tsivilizatsiya”,  “madaniyat”,  “qadriyatlar”  kabi tushunchalarni,  umuman  kursni 

bir butun tizim sifatida tashkil etuvchi asosiy tushunchalarini anglab etishlari juda 




16

 

 



muhimdir. Bunda ushbu tushunchalarning ko’p ma'noli ekanligini hisobga olish 

zarur.  “Tsivilizatsiya”  tushunchasiga  keladigan  bo’lsak,  o’tmishdagi  va  hozirgi 

zamon tadqiqotchilarining unga bergan ta'riflarini ochib berish kerak. 

Markaziy Osiyo mintaqasining umumtsivilizatsiyaviy jarayondagi o’rniga doir 

masalani muhokama qilish uchun vaqt ajratish zarur. Bunda o’qituvchi mavjud 

ko’plab adabiyotlardan, jumladan, quyidagilardan foydalanishi mumkin: 

- Ocherki po istorii gosudarstvennosti Uzbekistana. T., Shark, 2001. 

-S. Norqo’ziev. Inson va jamiyat. Namangan, NamDU. 1997. 

Undan tashqari, o’quvchilaming “jamiyat”, “inson” kabi dunyoqarashning asosiy 

tushunchalarini idrok etishlari uchun hamda jamiyatning murakkab tuzilishga ega 

ekanligini,  shijoat  bilan  o’zgarayotgan  voqelikni  ko’rsatish  uchun  ma'lumotlar 

berilgan.  Mavjud  material  hozirgi  zamon  jamiyatining  tuzilishi  va  rivojlanish 

tamoyillari  to’g'risidagi  bilimlarni  yanada  chuqurlashtirish  uchun  asos  bo’lib 

xizmat  qiladi,  bu  esa  o’quvchilarning  to’laqonli  ijtimoiylashuvi  uchun  hayotiy 

zaruratdir. 

Shuningdek,  o’quvchilarning  e'tiborini  ushbu  fanning  boshqa  gumanitar 

fanlar (eng avvalo vatan tarixi va jahon tarixi) va tabiiy fanlar (masalan, biologiya, 

ximiya, astronomiya va boshqalar) bilan fanlararo aloqalariga qaratish lozim. 

Ta'lim  taraqqiyotining  barcha  jabhalarida  ko’zlangan  bosh  maqsad- 

Respublika ta'limini o’sib kelayottan yosh avlod ta'lim-tarbiyasini milliy istiqlol 

g'oyalari,  talablari  asosida  tashkil  etish;  jamiyatimiz  qadam  qo’ygan  XXI  asr 

ta'limini  taraqqiyot,  ma'naviy-madaniy  qarashlar  ruhida  bo’lishini,  eng  muhimi, 

jahon  andozalariga  javob  bera  oladigan  darajada  bo’lishini  ta'minlashdir.  Shu 

maqsadlarni  amalga  oshirish  yo’lida  bajarilgan  dastlabki  tashkiliy  tadbirlarning 

ayrimlarini ko’rib chiqamiz. 

Avvalambor,  bu  ikki  qonunni  ta'lim  muassasalari  amaliyotiga  tadbiq  qilish 

maqsadida  alohida  istiqbol  dasturi  ishlab  chiqilib,  Vazirlik  hay'ati  majlisida 

tasdiqlandi.  Bu  hujjatlarning  maqsad  va  mohiyati  barcha  vositalar  orqali  ta'lim 

muassasalarida,  ota-onalar,  aholi  o’rtasida  keng  tushuntirildi.  Ta'limga  oid 

me'yoriy  hujjatlar:  kontseptsiyalar,  davlat  ta'lim  standartlari  talablari,  o’quv 

rejalari va dasturlari, Nizomlar va boshqa me'yoriy hujjatlar yuqoridagi ikki qonun 

moddalariga  muvofiqlashtirildi.  Respublikada  uzluksiz  ta'lim  tizimi  uzil-  kesil 

shakllantirildi. 

“Talim  to’g'risida”,  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi  to’g'risida”gi 

qonunlarning  qabul  qilinishi  mamlakatimiz  salohiyatining  beqiyos  rivojlanishi, 

mustaqil  Respublikamizning  jahonga  keng  qamrov  bilan  chiqishi  uchun  ulkan 

omildir.  Shu  boisdan  ham  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  XIV 

sessiyasida  qayotimizga  samarali  ta'sir  etuvchi  jabhalar  qatorida  ta'lim-tarbiya 

tizimini  tubdan  o’zgartirish  vazifalari  ham  ustuvor  soha  sifatida  ko’rib 

chiqilganligi bejiz emas. 

Prezident  Islom  Karimov  mazkur  sessiyadagi  nutqida  bu  masalaga 

favqulodda katta ahamiyat berib, ta'lim-tarbiya sohasidagi yutuq va kamchiliklarni 

tahlil etar ekan, tizimda yangilikka intilish bo’lmasa, taraqqiyot ham bo’lmasligini 

ta'kidladi. Bugun zamon talabi, ertaga bajarilishi kerak bo’lgan dolzarb vazifalar 

xalq ta'limi tizimini tubdan isloh qilish zarurligini taqozo etayotganini ko’rsatdi. 

Ma'lumki, sohaning asosiy bo’g'ini uzluksiz ta'limdan iborat. Davlatimiz rahbari 




17

 

 



uzluksiz ta'limni tashkil etishda uning jahon talablari darajasida bo’lishi hamda u 

yuksak ma'naviyat zaminida qurishiga katta ahamiyat berish kerakligani ta'kidlar 

ekan, davlat ta'lim standartlarini joriy etish va uning mexanizmini ishlab chiqish 

naqadar  muximligiga  e'tiborni  qaratdi.  Xo’sh,  ta'limda  davlat  standarti  nima? 

Ta'limni  standartlashtirish  insoniyatning  ijtimoiy  ongida  ro’y  bergan  tub 

o’zgarishlar  tufayli  kelib  chiqqan  zaruratdir.  Chunki,  axborotlar  almashinuvi 

maksimal  chegaraga  yetgan  davrimizda  dunyoning  bir  burchagida  yashayotgan 

kishi ikkinchi qutbda sodir bo’layotgan voqealarni bilibgina qolmay, ularning ne 

boisda  aynan  shu  tarzda  ro’y  berganini  anglashi  va  xis  qilishi  zarurdir.  Bir 

sayyorada  bir  vaqda  turib,  bir-birini  tushunmaslik  ba'zan  insonlar  o’rtasidagi 

munosabatlarni boshi berk ko’chaga kiritib qo’yishi mumkin. Shuning uchun ham 

iqtisodiy  ahvoli  va  taraqqiyot  darajasi  turlicha  bo’lgan  davlatlarda  yashovchi 

barcha kishilarning fikrlash darajasini iloji boricha bir xil holatga keltirish ehtiyoji 

paydo  bo’ldi.  Bu  holat  ta'lim  standartlari  deb  atalmish  tushunchani  yuzaga 

chiqardi. 


Download 380,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish