KIRISH
Mavzu. «Shaxs va jamiyat» kursining o’qitish metodikasi maqsadi va vazifalari
Reja:
1. «Shaxs va jamiyat» kursining o’qitish metodikasi predmeti, maqsadi va
vazifalari.
2. «Shaxs va jamiyat» kursining o’qitish metodikasining boshqa fanlar bilan
aloqalari.
3. Umumiy o’rta ta'lim, akademik litsey va kasb-hunar kollejlar uchun yaratilgan
Davlat Ta'lim standarti, dasturlar, darsliklar va o’quv qo’llanmalar.
4. «Shaxs va jamiyat» kursining tuzilishi, mazmuni, vazifalari.
Shaxs va jamiyat o’qitish metodikasi ilmiy pedagogik fan bo’lib, u
o’quvchilarga Shaxs va jamiyat kursidan puxta bilim b erish, ularni milliy istiqlol
g’oyasi ruhida tarbiyalash va kamol toptirishda o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim
tizimida o’qitiladigan kursning maqsadini, ta'lim-tarbiya vazifalari, mazmuni, metod
va usullarini hamda o’qitishning eng muhim vositalarini belgilab beradi.
Shaxs va jamiyat o’qitish metodikasining asosiy fan sifatida oliy o’quv
yurtlaridagi tarix fakultetlarining o’quv rejasiga kiritilishi va uni o’rganishdan ko’zda
tutilgan kelgusida o’qituvchi bo’lib chiqadigan talabalarni o’rta ta'lim va o’rta maxsus
ta'lim tizimida Shaxs va jamiyat o’qitishning ilmiy asoslari bilan qurollantirishdan
iborat.
Shaxs va jamiyat o’qitish metodikasi o’zining mustaqil tekshirish predmetiga
ega. O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida Shaxs va jamiyat fanining o’qitilishi
va o’qitish jarayonining o’rganilishi Shaxs va jamiyat o’qitish metodikasining
predmetini tashkil etadi. O’qitish jarayonining ob'ektiv suratda amal qiladigan o’z
qonuniyatlari bor. Ularni bilib olish va ta'lim-tarbiya jarayonida bu qonuniyatlarga
amal qilish, ulardan oqilona foydalanish o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida
Shaxs va jamiyat o’qitishni ilmiy asosda olib borishning muhim shartidir.
Shaxs va jamiyat o’qitish metodikasi tadqiq etadigan, talabalarning puxta va
mukammal bilim olishi va amalda suyanishi k erak bo’lgan Shaxs va jamiyat
o’qitishning umumiy qonuniyatlari nimalardan iborat va ular ta'lim jarayonida qanday
namoyon bo’ladi?
2
Shaxs va jamiyat jarayonining tarkibiy qismlari (maqsadi, mazmuni,
o’qitishning metod va usullari, natijalari) o’rtasidagi qonuniyatli aloqalar
quyidagicha namoyon bo’ladi: o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida
maqsadi, ta'lim-tarbiya vazifalarining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi
3
o’qitishning mazmuniga, g’oyaviy-siyosiy va nazariy jihatdan pishiq bo’lishiga
bog’liq bo’lganidek, o’quvchilarning Shaxs va jamiyat jarayonining tarkibiy
qismlari va ular o’rtasidagi aloqalar kursini o’zlashtirish darajasi ham o’z
navbatida o’qitishning o’rganiladigan mavzuning maqsadi, ta'lim-tarbiya
vazifalari va mazmuniga mos keladigan ta'lim shakllari, o’qitish metod va usullari
hamda vositalaridan qay darajada maqsadga muvofiq foydalana bilishiga
bog’liqdir.
Shuningdek, o’qitishning natijalari ham o’qituvchining o’qitishdan
ko’zlangan maqsadni, uning ta'lim-tarbiyaviy vazifalarini aniq belgilay olishiga,
kursning mazmuniga mos tarzda amalga oshirishga yordam bera oladigan metod
va usulllardan ilmiy asosda foydalana bilishiga bog’liqdir. Shaxs va jamiyat
jarayonining tarkibiy qismlari va ular o’rtasidagi aloqalar jarayoning tarkibiy
qismlari o’rtasidagi bu o’zaro dialektik bog'lanish natijasida ular bir-biriga
uzluksiz ta'sir ko’rsatib boradi. Shaxs va jamiyat jarayonining tarkibiy qismlari va
ular o’rtasidagi aloqalarda ana shu qonuniyatlarga suyanmasdan, ularni e'tiborga
olmasdan turib yaxshi natijaga erishib bo’lmaydi.
Prof P.V.Gora Shaxs va jamiyat o’qitish metodikasi programmasi va
lektsiya kursining ilmiy asoslariga bag’ishlangan ma'ruzasida o’rta ta'lim va o’rta
maxsus ta'lim tizimida Shaxs va jamiyat ta'limi jarayonining umumiy
qonuniyatlarini quyidagi sxemada ifodalab, ularning har qaysisiga izoh beradi:
Shaxs va jamiyat o’qitish deganda, o’quv material vositasida o’quvchilarga
bilim berish, ularni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash va kamol toptirish vazifalarini
amalga oshirish zarur bo’lgan jarayon, o’qituvchi va o’quvchilarning aqliy (ichki)
hamda o’quv harakatlari (tashqi) jarayoni tushuniladi.
Shaxs va jamiyat kursining mazmuni d eganda, birinchi galda dasturda
belgilab berilgan bilimlar ko’lami, o’quv materiali: uning asl mazmuni,
o’quvchilarning tarixiy materiallarni o’zlashtirish, olgan bilimlaridan foydalana
bilish sohasidagi o’quv usullari, ko’nikma va malakalari sistemasi, shu jumladan,
4
ularni ilmiy tadqiq qilish ishlarining eng oddiy shakllarini egallashlari ko’zda
tutiladi.
Shaxs va jamiyat o’qitishni tashkil qilish deganda, o’qitish va
o’quvchilarning uni o’rganishni tashkil etish, ularning o’rganish faoliyatini
o’qituvchilarning boshqarishiga yordam beradigan metod va metodik usullar,
o’quvchilardagi mayjud bilimlarn ishga solish ularni ijodiy bilishga
yo’naltiriladigan topshiriqlar sistemasi hamda ta'limning turli xil formalari (dars,
seminar mashg’ulotlari va boshqalar) tushuniladi.