Kirish Mavzu dolzarbligiБанк тизими жами капитали монандлилик даражаси
Bank ustav kapitali (3)
Aktsiyadorlarning ustav kapitalini shakllantirish bo'yicha majburiyatlarini o'z vaqtida bajarish omili. Bizga ma'lumki, aktsiyadorlik tijorat banklarining ustav kapitali ikki qismdan iborat bo'ladi: 1) ustav kapitalining e'lon qilingan qismi; 2) ustav kapitalining haqiqatda to'langan qismi.Aktsiyadorlarning ma'lum qismi ayrim hollarda o'zlarining ustav kapitalini shakllantirish yuzasidan olgan majburiyatlarini bajarishdan bosh tortadilar yoki bajarish muddatini juda cho'zib yuboradi. Buning natijasida ustav kapitalini shakllanishiga nisbatan salbiy ta'sir yuzaga keladi. Bu, o'z navbatida, uni boshqarish jarayonining samaradorligini pasaytiradi. Bank ustav kapitalining jami kapital hajmidagi salmog'i o'zgarishi.Bunda ko'zda tutilmagan xarajatlar va zararlarni ustav kapitalidan qoplash imkoniyati nazarda tutiladi. Bankning ustav kapitali o'ziga xos sug'urta fondi sifatida operatsion faoliyat davomida yuzaga keladigan ko'zda tutilmagan xarajatlar va zararlarni qoplash uchun yetishi kerak. Rivojlangan xorijiy davlatlar amaliyotida bank depozitlarini sug'urtalash tizimining joriy etilganligi bank kapitaliga bo'lgan talabni sezilarli darajada qisqarishiga olib keldi. Chunki depozitlarni sug'urtalash depozitlarni mijozlar tomonidan ommaviy ravishda olinishidan yuzaga keladigan xavfni kamaytiradi. O'zbekiston bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish bo'yicha qonunchilik hujjatlari nazar belgilangan dividend to'lovini olish yoki bank tugatilganda aktsiya uchun qo'yilgan mablag'ni birinchi navbatda qaytarib olish huquqiga ega bo'ladi. O'zbekiston bank amaliyotida, ustav kapitalining faqat haqiqatda to'langan qismi kapital tarkibiga kiritiladi. Xalqaro amaliyotdan ma'lumki, ko'pchilik hollarda aktsiyadorlarning bir qismi ta'sis shartnomasida ko'zda tutilgan miqdordagi o'z ulushlarining ma'lum qismini to'lashdan bosh tortadilar yoki to'lashni kechiktiradilar. Shuning uchun ham e'lon qilingan ustav kapitalining faqatgina haqiqatda to'langan qismini tijorat bankining kapitali tarkibiga kiritish maqsadga muvofiqdir. Tijorat banklari kapitali shakllanish jarayoniga baho berish uchun banklarning jami kapitalining ma'lum sanadaga holatini ko'rib chiqamiz. Hozirgi vaqtda bankning jami kapitali va asosiy kapitaliga Markaziy bank tomonidan qo'yilgan talablar to'liq bajarilmoqda. Bank ustaviga ko'ra, bankning ustav kapitali respublika byudjeti mablag'lari va bank foydasini kapitallashtirish hisobidan shakllantiriladi. Kapital zaxirasi mohiyatiga ko'ra bank ustav kapitali miqdorini oshirishni ta'minlovchi moliyaviy manba hisoblanadi. Uni bank foydasi hisobidan tashkil etishi aktsiyadorlar umumiy yig'ilishining qarorini kutib o'tirmasdan, ustav kapitali kabi barqaror moliyalashtirish manbaiga ega bo'lish imkonini beradi. Tijorat banklari kapitalini boshqarishning yana bir asosiy jihati sifatida ular jami kapitalining etarliligini ta’minlash masalasi hisoblanadi. Jami kapitalning etarliligini ta’minlash tijorat banklarining faoliyatini normal ravishda harakat qilishga imkon berish bilan birga, ularning moliyaviy mustahkamligini ta’minlashga ham xizmat qiladi. Banklar asosiy kapitali etarliligini ta’minlash bank kapitalini boshqarishning muhim vazifalardan biri hisoblanadi.Uning asosiy ko’rsatkichlaridan biri bank faoliyatining samaradorlik darajasini past yoki yuqori ekanligi bilan izohlanadi. Tijorat banklari kapitalidan foydalanish samaradorligiga ta’sir qiluvchi omil guruhiga asosan quyidagi omillar kiradi. a) Bank kapitalining daromadlik koeffitsientining o’zgarishi. Bank kapitalining daromadlik darajasini aniqlash bank kapitalidan foydalanish samaradorligini belgilovchi bilvosita ko’rsatkich hisoblanadi. Chunki, birinchidan, bank kapitali hisobidan aynan qaysi aktiv operatsiya moliyalashtirilayotganligini bilishning iloji yo’q; ikkinchidan, bank kapitali bankning jami resurslariga nisbatan kichik salmoqni egallaydi. Daromadlik koeffitsientini pasayishi kapitaldan samarali foydalanish darajasining pasayayotganligidan dalolat beradi. b) Bank ustav kapitalining jami kapital hajmidagi salmog’ining o’zgarishi. Bunda ko’zda tutilmagan xarajatlar va zararlarni ustav kapitalidan qoplash imkoniyati nazarda tutiladi. Bankning ustav kapitali o’ziga xos sug’urta fondi sifatida operatsion faoliyat davomida yuzaga keladigan ko’zda tutilmagan xarajatlar va zararlarni qoplash uchun etishi kerak.3 Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini belgilovchi asosiy ko’rsatkich bank kapitalining etarliligi va uni barqaror manbalar hisobidan shakllantirilganligidir. Tijorat banklari kapitalining etarliligi deganda, odatda, bankning to’lovga qobilligi va likvidligini ta’minlash imkonini beradigan kapitalning zaruriy minimal darajasi tushuniladi. Bugungi kunda tijorat banklari bajarayotgan barcha operatsiyalar bevosita yoki bilvosita bank kapitalining etarliligi va uning sifatiga bog’liq bo’lib, har qanday tijorat bankining to’lovga qobilligini va risklardan holiligini baholashda bank kapitalining etarliligi asosiy omil hisoblanadi. Tijorat banklarining etarli miqdorda bank kapitaliga ega bo’lishi, ularning to’lovga qobilligi va likvidligini ta’minlash, shuningdek, faoliyati davomida duch keladigan risklardan zarar ko’rmay chiqib ketish imkoniyatini beradi. Kapital zaxirasi mohiyatiga ko'ra bank ustav kapitali miqdorini oshirishni ta'minlovchi moliyaviy manba hisoblanadi. Uni bank foydasi hisobidan tashkil etishi aktsiyadorlar umumiy yig'ilishining qarorini kutib o'tirmasdan, ustav kapitali kabi barqaror moliyalashtirish manbaiga ega bo'lish imkonini beradi. Tijorat banki ustaviga kiritiladigan barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida (keyingi o‘rinlarda — Markaziy bank) ro‘yxatga olinishi lozim. Bank ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qaror aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan umumiy yig‘ilishda ishtirok etuvchi ovozga ega aksiyalar egalari bo‘lgan aksiyadorlarning ko‘pchilik to‘rtdan uch qismi ovoz bergan holda qabul qilinadi. Ovoz berish “bitta aksiya ― bir ovoz” tamoyili bo‘yicha amalga oshiriladi. Bankning yagona muassisi bo‘lib davlat hisoblangan hollarda bankning ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qaror Huqumat tomonidan qabul qilinadi. Download 136,7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |