Kechki olma mevalarini saqlashning iqtisodiy samaradorligi
Ko‘rsatkichlar
|
Navlar
|
Renet Simerenko
|
Golden Delishes
|
Olma hosilini yetishtirish uchun, ming
so‘m/ga
|
17680,3
|
17680,3
|
Hosilni yig‘ishtirish va transportda
jo‘natish xarajatlari, ming so‘m/t
|
2300,0
|
2300,0
|
Jami yetishtirish va terim xarajatlari
|
19980,3
|
19980,3
|
Umumiy ishlab chiqarish xarajatlari, 5%
|
999,0
|
999,0
|
Jami mehnat xarajatlari
|
20979,3
|
20979,3
|
Ustama xarajatlar, 25%
|
5244,8
|
5244,8
|
Barcha xarajatlar
|
26224,1
|
26224,1
|
Hosildorlik, t/ga
|
42
|
38
|
Hosilni sotish narxi, so‘m/kg
|
2700
|
3100
|
Yalpi daromad, ming so‘m
|
113400
|
117800
|
Sof daromad, ming so‘m
|
87175,9
|
91575,9
|
1 t mahsulot tannarxi, ming so‘m
|
624,4
|
690,1
|
Rentabellik darajasi, %
|
332,4
|
349,2
|
Bozordagi 2015 yil fevral oyidagi ma’lumotlarga ko‘ra 1 kg Renet Simerenko
navining ulgurji bahosi 2700 so‘m, Golden Delishes navida esa 3100 so‘mdan sotilgan. Bir tonna mahsulotning tannarxi sarflangan barcha xarajatlar va olingan hosildorlik miqdoridan kelib chiqadi.
Olma yetishtirishning rentabellik darajasini topish uchun, qoidaga muvofiq, olingan sof daromad miqdorini barcha xarajatlar ko‘rsatkichiga bo‘ldik va olingan sonni 100 ga ko‘paytirdik. Rentabellik darajasi olingan hosildorlik va barcha xarajatlar ko‘rsatkichlariga bog‘liq bo‘ldi.
XULOSA VA TAKLIFLAR.
Bitiruv malakaviy ishim mavzusi bo‘yicha olib borilgan tahlillarga asoslanib quyidagi hulosalarga kelindi:
Hosilning yig‘ib olish va sotishga tayyorlash davrida quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi lozim: hosil miqdoriga qarab meva terish uchun kerakli jixozlar tayyorlash, mevalarni joylash uchun kerakli idishlarning miqdori, turi va xilini belgilash, qo‘shimcha materiallarni keltirish, mevalarni tashish uchun transport vositalarini tanlash, hosilni yig‘ib‐terib olish va uni qayta ishlash uchun ish kuchini aniqlash lozim;
Mevalar terilgandan so‘ng 36 soat ichida saralanib, jo‘natilishi lozim. Mevalar terilgandan so‘ng saralanib, keyin jo‘natish uchun qutilarga joylanadi. Har qanday mevaning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lganidek, idishlar ham xilma‐ xil bo‘lishi kerak.
Olma saqlanadigan qutilar mevalarning biologik xususiyatlariga, shuningdek, ishlab‐chiqarish, transport, sotish sharoitlari va boshqa talablarga javob berishi kerak. Olma 10‐18 kilogramm xajmdagi qutilarda yaxshi saqlanadi.
Mevalarni ombordan chiqarishdan oldin saralanadi, so‘ngra 2‐3 kungacha harorati sekin oshirib boriladi devrostansiya kamerasida saqlanadi. Bunda mevalarning ta’mi yaxshilanadi, ular ancha hushbo‘y bo‘ladi. Agar devrostansiya kamerasida saqlanadigan maxsulot to‘g‘ridan‐to‘g‘ri sovutgich omborlaridan tashqariga olib chiqilsa, mevalarni rangi tezda qo‘ng‘ir tusga kiradi va buzila boshlaydi.
Olma saqlashning keng tarqalgan halq usullaridan biri – qumda saqlash hisoblanadi. Buning uchun quti tubiga yupqa (3‐4 santimetr) qalinlikda daryo qumi sepilidi, so‘ng bir qator olma mevalari teriladi va hokozo. Qum tuprog‘i va boshqa narsalardan toza bo‘lishi va 30 foizgacha namlikkacha quritilgan bo‘lishi kerak. Shu tarzda olma mart oyigacha saqlanadi.
Olmaning barcha navlaridan qoqi olish mumkin. Ammo qand moddasi va kislotasi ko‘proq, xushbo‘y, eti zich, rangi oq yoki och sariq mevalarini quritish maqsadga muvofiqdir. Quritish usullariga qarab har xil qoqi olinadi. Quritishning bir nechta usullari bor: oddiy usulda, Koliforniya usulida (meva po‘sti archilmaydi, doira shaklida kesiladi), fransuzcha usulda uning po‘sti archilib, urug‘i olinadi va doira shaklida kesiladi.
Olmadan tabiiy sharbatlar olinadi. Tabiiy sharbatlarga shakar, qiyom, kislotalar, bo‘yovchi moddalar, aromatik va konservalaydigan moddalar qushilmaydi. Bu sharbatlar ichimliklar yoki yarimfabrikatlar sifatida ishlatiladi.
Nordon mevalardan tayyorlangan sharbatlarni ichimlik sifatida faqat shakar
qo‘shilgandan keyin ishlatish mumkin.
Yangi uzilgan, quritilgan, konservalangan va yangi muzlatilgan meva hamda rezavor mevalardan shakar qo‘shib termosterillizatsiya yordamida olingan tabiiy meva konservalaridan kampot tayyorlanadi.
Olma mevalariga shakar qo‘shib pasterilizatsiyalangan konservalarga murabbo, qiyom, marmelad, djem, shinni hamda boshqalar kiradi.
Kechki olma navlari hosilini saqlashda iqtisodiy samaradorlik yuqori bo‘ladi. Jumladan, olmaning Renet Simerenko va Golden Delishes navlarini saqlashning iqtisodiy samaradorligi hisoblab chiqilganda mos ravishda 332,4; 349,2% bo‘lishi aniqlandi. Bu esa aholini yil davomida sarhil mevalar bilan ta’minlash vazifasini ham o‘taydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |