I BOB
BOG‘LIQSIZ TAJRIBALAR SERIYASI
.
1.1. TASODIFIY MIQDORLAR VA ULARNING TAQSIMOTLARI
Tajriba natijasiga kо‘ra biror qiymatlar tо‘plamidan tasodifiy ravishda bitta qiymat qabul qiladigan о‘zgaruvchi miqdorga tasodifiy miqdor deb ataladi.
Agar tasodifiy miqdor qabul qiladigan qiymatlar chekli yoki cheksiz ketma-ketlik kо‘rinishida yozish mumkin bо‘lsa, bunday tasodifiy miqdor diskret tasodifiy miqdor deyiladi.
Biror chekli yoki cheksiz sonli oraliqdagi barcha qiymatlarni qabul qilishi mumkin bо‘lgan tasodifiy miqdor uzluksiz tasodifiy miqdor deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |