KIRISH
Kurs ishi mavzusini dolzarbligi.2020-yil 1-avgustdan hududiy elektr korxonalari tomonidan elektr energiyasini yangi ishga tushiriladigan quyosh, shamol, biogaz elektr stansiyalari, quvvati 1MVt gacha bo'lgan mikro va kichik gidroelektrstansiyalardan, shu jumladan o'z ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilgan ortiqcha elektr energiyasini kafolatlangan tarzda sotib olish bo'yicha tarif sotish, tarqatish va yetkazib berish xarajatlarini chegirib tashlagan holda II tarif guruhi iste'molchilari darajasida belgilanadi;
- Sanoat ko'lamidagi qayta tiklanuvchi elektr manbalari (gidroelektrstansiyalardan tashqari) loyihalarni amalga oshirish uchun potensial investorlar auksion (tanlov) orqali aniqlanadi.
- 2020-yil 15-iyuldan 31-dekabrgacha 750 kVAgacha bo'lgan quvvatda ulangan hamda qo'shimcha uchinchi smenani tashkil etgan mahsulot ishlab chiqaruvchi va xizmat ko'rsatuvchi iste'molchilar (Davlat soliq qo'mitasi tomonidan tasdiqlangan ro'yxat bo'yicha) uchun tungi davrda foydalanilgan elektr energiyasi bo'yicha 1,5 baravar kamaytirilgan koeffitsiyent qo'llaniladi;
- Yuridik shaxslar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to'lov kiritish to'g'risidagi majburiy talabni 30 foizgacha kamaytirish imkoniyati davlat korxonalari va ustav kapitalidagi davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan yuridik shaxslarga tatbiq etilmaydi.
Qaror bilan 3,3 mlrd. kVt soat elektr energiyasi, 2,6 mlrd. m³ tabiiy gaz va 16,5 ming tonna neft mahsulotlarini tejashni nazarda tutuvchi 2020-2022-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida yoqilg'i-energetika resurslarini tejashning maqsadli parametrlari tasdiqlandi.
Respublikada elektrotexnika sanoatini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, yangi turdagi zamonaviy elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, tarmoqning investitsiyaviy va eksport salohiyatini oshirish, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur yo‘nalishlardagi ishlarni yanada jadallashtirish, mahalliy elektrotexnika va elektromaishiy mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish, mahsulot sotish uchun yangi bozorlarni o‘zlashtirish, tarmoq korxonalarining ilmiy-texnologik, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini rivojlantirish maqsadida:
1. 2021-2022-yillar uchun elektrotexnika tarmog‘i samaradorligining quyidagi asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilansin:
mis xomashyosini chuqur qayta ishlash hajmini 2021-yilda 55 ming tonnaga, 2022-yilda 70 ming tonnaga yetkazish;
mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini 2021-yilda 15 trillion so‘mgacha, 2022-yilda 19 trillion so‘mgacha oshirish;
mahsulotlar eksporti hajmini 2021-yilda 450 million AQSh dollari, 2022-yilda 600 million AQSh dollari miqdorida ta’minlash;
tarmoqdagi ish o‘rinlari sonini 2021-yilda 27 mingtaga, 2022-yilda 34 mingtaga yetkazish.
Elektrotexnika sanoatini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha ishchi guruhi (D.Sh. Sultanov) ushbu bandda belgilangan asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar bajarilishini ta’minlash va ularni 2023-yilda kamida 30 foizga oshirish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Oliy ta’lim muassalarida Mexano-elektrik, mexano-gidravlik va issiqlik-eliktirik usullari o’zlashtirish va uni elektronika yo’naltirilgan tashkilotlarda tadbiq qilish asosiy maqsad va vazifasi hisoblanadi .
Do'stlaringiz bilan baham: |