Kirish. Komputer avlodlari haqida ma’lumot. 1 – avlod mashinalari



Download 0,69 Mb.
Sana22.06.2017
Hajmi0,69 Mb.
#12043


Kirish.
Komputer avlodlari haqida ma’lumot.
1 – avlod mashinalari. Bu kompyuterlar XX 40-yillarida paydo bo`lgan. Edison tomonidan 1883 yil vakuumdagi tuk utkazish mumkinligini kashf kilinganiga karamay. 1904 yili Fleming birinchi vakum diodli elektron lampani qurdi. Keyinchalik Li de Forrest vakuumniy triod kashf etdi, keyin gaz tulatilgan elektron lampa – tiratron kashf kilindi. 30-yillargacha elektron vakumli va gaz tulatilgan lampalar radiotexnikada ishlatilgan. Lekin 1931 yilda ingliz olimi Vinni-Vilyams (fizik eksperimentlar uchun) elektr impulsli tiratron schetchik ishlab chikdi, shu bilan u elektron lampalarga yangi yo’nalish ochib berdi. EXMda elektron lampalar ishlatilishi juda katta muammolar keltirib chiqarardi. Lampalarning uzunligi 7 sm bo’lganligi uchun mashina xajmi juda katta bulardi. Xar 7-8 minutda bir lampa ishdan chiqardi, undagi lampalar 15 - 20 mingta bulishini xisobga olsak kuygan lampani topib almashtirishga juda kup vaqt ketardi. Bundan tashkari ular uzidan juda katta issiklik energiyasi chiqarardi, uni ishga solish uchun maxsus sovutgichlar kerak edi. I avlod kompyuterlariga Mark 1, ENIAC, EDSAC (Electronic Delay Storage Automatic Calculator), UNIVAC (Universal Automatic Computer) misol bo’la oladi.

2– avlod mashinalari. "Nyu-York Tayms" gazetasining 1948 yilning 1 iyulida "Bell telefon laboratoriz" firmasi elektron lampa o’rnini bosa oladigan elektron kurilma ishlab chikarganini e'lon qiladi. Fizik-teoretik Djon Bardin va mazkur firmaning eksperimentatori Uolter Braytten birinchi tranzistor yaratishdi. Tranzistorga asoslangan birinchi kompyuterlar 50-yillarning oxirlarida paydo bo`ldi. 60-yillarda tashqi tomondan ancha kichikrok kompyuterlar paydo bo’ldi. Digital Equipment firmasi 1965 yilda birinchi xolodilnikka teng keladigan kiymati atigi 20000 $ ni tashkil kiladigan mini-kompyuter PDP-8 yaratdi. Tranzistorning eng qulay jixati shunda ediki 1 tarnzistor 40 ta elektron lampalar urnini bosa olardi. Kompyuterdagi eng katta yangilik tezligining bir sekundga million operatsiya bajara olishi bo’ldi. Tranzistorli kompyuterlar oilasiga "Stretch" (Angliya), "Atlas" (SShA). Usha davrdagi "BESM-6" (SSSR).

3– avlod mashinalari. Tranzistorlar o’ziga yarasha ikkinchi avlod kompyuterlarini keltirgan bo’lsa uchinchi avlod kompyuterlari yaratilishiga sabab integral sxemalar bo’ldi. Integral sxema (uni yana kristall-deb xam atashadi), usti kremni kristalidan iborat bulib

10 mm 2 xajmga ega edi. Birinchi integral sxemalar (IS) 1964 yil paydo bo’ldi. Boshida ular faqat kosmik va harbiy soxada ishlatildi. Xozir esa ularni xar kayerda uchratish mumkin (avtomobil, Kir yuvish moshinasi va x.k.). Kompyuterlarga keladigan bo’lsak IS siz ularni tasavvur etib bulmaydi! Bitta IS 1000 tranzistorning urnini bosa olardi. Bir so’z bilan aytganda kichkina bir kristall 30-tonnali Eniakning vazifasini bajara oladi! Uchinchi avlod EXMning ishlash tezligi 100 baravar oshdi.



4– avlod mashinalari. Katta integral sxemalar, kristalda birnecha IS lar urnatish mumkinligini isbotlanganligi bilan boshlangan. Mikroelektronikaning usishi bitta kristallda minglab integral sxemalar joylashga imkon berdi. 1980 yilga kelib, uncha katta bulmagan kompyuterning markaziy protsessorini 1,61 sm2ga urnatish mumkin ekanligini ishlab chikishdi. Mikrokompyuterlar davri boshlandi.

Zamonaviy mikro EXMning tezligi qanday? U 10 baravar uchinchi avlod kompyuterlaridan. 10 baravar tezroq ishlaydi.


Mexanik mashinalargacha bo`lgan davr.
Hisoblash ishlarining tarixi odamzod paydo bo`lishidan boshlanadi. Yer yuzidagi eng birinchi hisoblash asbobi ibtidoiy odamlarning barmoqlari edi.

Qo`l va oyoq barmoqlari ibtidoiy “hisoblash vositasi” vazifasini o`tagan. Binobarin, o`sha qadim zamonlardayoq hisoblashning eng birinchi va eng oddiy usuli – barmoq hisobi paydo bo`lgan. U qadimiy qabilalarda hisobni 20 gacha olib borishni ta’minlagan. Hisoblashning bu usulida bir qo`l barmoqlari “besh”ni, ikki qo`l barmoqlari “o`nni”, qo`l va oyoq barmoqlari birgalikda “yigirmani” bildirgan.

Dastlabki va eng sodda sun’iy hisob asboblaridan biri birkadir. Birka 10 yoki 12 tayoqchadan iborat bo`lib, tayoqchalar turli tuman shakllar bilan o`yilgandir. Kishilar birka yordamida podadagi molar sonini, yig`ib olingan hosil miqdorini, qarz va hokazolarni hisoblashgan

H
Kirish.


isoblash ishlarining murakkablashuvi esa yangi hisoblash asboblari va usullarini izlashni taqozo etardi. Ana shunday ehtiyoj tufayli bunyodga kelgan va ko`rinishdan hozirgi cho`tni eslatuvchi abak asbobi hisoblash ishlarini bir muncha yengillashtirdi. Dastlabki hisoblash asboblaridan yana biri raqamlar yozilgan bir qancha tayoqchalardan iborat bo`lib, Shotlandiyalik matematik Jon Neper nomi bilan atalgan, Neper tayoqchalari yordamida qo`shish, ayirish va ko`paytirish amallari bajarilgan. Keyinroq bu asbob ancha takomillashtirildi va nihoyat logarifmik chizg`ich yaratilishiga asos bo`ldi.
Mexanik davr.
Hisoblash texnikasida mexanik moslamalar davrini boshlab bergan mashinalardan biri Nemis olimi Vilgelm Shikkard tomonidan 1623 yilda ixtiro qilindi. Biroq bu hisoblash mashinasi juda tor doiradagi kishilargagina ma’lum bo`lganligi sababli uzoq vaqtlargacha bu boradagi birinchi ixtirochi 1645 yili arifmometr yasagan Fransuz matematigi Blez Paskal deb hisoblanib kelingan. Lekin 1958 yili Shtutgart shahri kutubxonasidan I. Keplerning Qo`lyozma va hujjatlari orasidan topilgan hisoblash mashinasi chizmasi bu boradagi birinchi ixtirochi Shikkard ekanligi uzil-kesil tasdiqladi.

Lekin qarangki, Shikkardning mashinasi ham birinchi emas ekan. 1967 yili Madriddagi milliy kutubxonada Leonardo da Vinchining nashr qilinmagan ikki jildli qo`lyozmasi topildi. Qo`lyozmaning birinchi jildi deyarli boshdan oyoq mexanikaga bag`ishlangan bo`lib, undagi chizmalar orasida hisoblash qurilmasining chizmasi ham chiqqan. Shu chizma asosida mashina yaratilganda, u qo`shish va ayirish amallarini bajaruvchi qurilma ekanligi ma’lum bo`ldi. Shunga qaramay Leonardo da Vinchi XV-XVI asrlarda yasalgan hisoblash mashinalarining noma’lum ixtirochilaridan biri deb hisoblanib kelinmoqda.

M
Kirish.
exanik hisoblash mashinalarining tarixi esa yuqorida aytib o`tilgandek, Paskal mashinasidan boshlanadi. Blez Paskalning otasi Et’en Paskal moliya ishlariga bo`gliq turli vazifalarda xizmat qilar edi va tabiyki hisob-kitob uning ko`p vaqtini olar edi. Yosh Paskal otasining mehnatini yengillashtirishga urindi va hisoblash mshinasini yaratishga muvaffaq bo`ldi. Sirasini aytganda, Blez soat mexanizmini hisoblash mashinasiga aylantirdi. O`rtadagi tafovut shunda ediki, qo`zg`almas siferblat qo`zg`aluvchan, harakatlanuvchi soat mili esa, aksincha, qo`zg`almaydigan bo`ldi. Siferblat dastlab hisob diskiga, keyinroq esa hisob g`ildiragiga aylantirildi. Paskalning mashinasi bo`yi 30-40, eni 15, balandligi 10 santimetrgacha bo`lgan jez qutichadan iborat edi. Asrimiz boshlarida Fransuz jurnallaridan biri “Paskalning 50 dan ortiq mashinasi mavjud… . Ularning barchasi shakli qanday materialdan yasalganligi va qay Hilda ishlashiga ko`ra turlicha”, deb yozgan edi.

Paskalning mashinasi nemis matematigi, mexanigi va faylasufi Gotfrid Leybnisni ham ixtirochilikka undadi. Ammo u faqat qo`shish va ayirishnigina emas, balki to`rtala arifmetik amalni bajara oladigan mashina yaratishni istardi. Leybnis 1673 yili shunday mashinani yaratdi va uni Parij akademiyasiga taqdim qildi. Bu hisoblash mashinasidagi yangilik shunda ediki, Leybnis birinchi bo`lib, raqamlar teradigan g`ildirakni pog`onali valik atrofida turli uzunlikdagi o`nta zinasi bo`lgan silindr bilan almashtirdi. U mashinalardan birini Rossiya podshosi Petr I ga sovg`a qilmoqchi edi, lekin, afsuski, o`sha mashinani ta’mirlash zarur bo`lib qoldi. Leybnis uni tuzatishga berdi, biroq mexanik qancha urinmasin, mashinani ta’mirlashni ddalay olmadi. Leybnisning hisoblash mashinalaridan biri hozir Gannover shahri muzeyida saqlanmoqda.

Mexanik hisoblash mashinalaring yaratilishida rus olimlari Z. Slonimskiy (to`rt arifmetik amalni bajardigan va ildiz chiqaradigan mashina, 1845 yil); V. Bunyakovskiy (12 xonagacha bo`lgan sonlarni qo`shish va ayirish imkoniyatiga ega bo`lgan hisoblash mashinasi, 1867 yil); P. Chebishev (arifmometr, 1880 yil); V. Odner (g`ildirakdagi tishlar soni o`zgaruvchan bo`lgan moslamali hisoblash mashinasi, 1889 yil) va boshqalarning hissasi kattadir.
Elektromexanik mashinalar davri.
M
Kirish.
exanik hisoblash mashinalarida mos qurilmalar qo`l kuchi bilan harakatga keltirilar edi. Endi mana shu vazifani elektr energiyasi yordamida amalgam oshiruvchi hisoblash mashinalari paydo bo`la boshladi. Shuning uchun ham bunday mashinalar elelktromexanik hisoblash mashinalari deyiladi. Elektromexanik hisoblash mashinalarining deyarli hammasida sonlar mashinaga maxsus tugma (klavish) yordamida kiritiladi. Bunday mashinalardan Rossiyada Odner arifmometri kabi ishlaydigan o`nta tugmali “VK-1” mashinasi, keyinroq esa, barcha arifmetik amallarni bajarish uchun yetarli sonda tugmalari bo`lgan hisoblash mashinalari yaratildi. Shuni aytish kerakki bunday mashinalar mexanik mashinalarga nisbatan takomillashtirilganligiga qaramay, unda mutaxassis laborant 8 soatlik ish kunida hammasi bo`lib, 2000 amal bajara olar edi.
Elektron hisoblash mashinalar davri.
Elektromexanik mashinalar ham o`z navbatida, XX asr fan va texnikasi taraqqiyoti ehtiyojlarini qoniqtira olmay qoldi. Bu mashinalarda hisoblash jarayoni ko`p vaqt talab qilishi, ya’ni ishlash tezligi va amal aniqligining kichikligi sababli yanada tezroq hisoblaydigan yangi xil mashinalar yaratish zaruriyati tug`ildi. Shu boisdan ham hisoblash mashinalarida yuqoridagi talablarni amalga oshirishga zamin yaratuvchi electron lampalardan foydalanish ustida jadallik bilan tadqiqot olib borila boshlandi. Shu maqsad yo`lida 1942-45 yillarda birinchi bo`lib AQShdagi Pensilvaniya universitetida axborotlarni saqlash imkoniyatiga ega bo`lgan electron lampalar yordamida raqamli hisoblash mashinasi yaratildi. 30 tonna( ba’zi manbalarda 70 tonna) o`girlikdagi, 150 kvadrat metrli xonani egallagan va 18 mingta elektron lampaga ega bo`lgan ulkan hisoblash mashinasi “ENIAK” deb nom oldi.

1946 yili amerika olimi Djon Fon Neyman (1903-1957) shunday elektron hisoblash mashinalarini qurishni matematik jihatdan asoslab berdi. Bu hil mashinalar hisoblash texnikasi tarixida keskin burilish yasadi, fan-texnikaning turli sohalari jadal rivojlanishiga turtki bo`ldi. Keyinroq, AQShda va Buyuk Britaniyada “ADVAK”, “EDSAK”, “SEAK”, “BINAK”, “UNIVAK” va boshqa mashinalar yaratildi. Umuman, 1950 yilelektron hisoblash mashinalarining taraqqiyotining boshlanishi bo`ldi.




Kirish.


O
O’tilgan joyning tarixi.
’tilgan joyning tarixi.


Corel DRAW
CorelDRAW 10 vektor grafikasi muharririning ishchi oynasidagi asosiy elementlari bilan tanishib chiqamiz (98-rasm). Windows muhitida ishlovchi boshqa dasturlar kabi oynaning yuqori qismida oyna sarlavhasi va menyusi joylashgan. CorelDRAW 10 dasturida o'z interfeysini o'zgartirish imkoniyatlari kengaytirilgan.

Dastur oynasining markazida varaq rasmi joylashgan, u ishchi soha deb yuritiladi. Ishchi sohada va undan

t
ashqarida tasvir chizish imkoniyati mavjud, biroq chop qilinayotganda faqat ishchi sohada chizilgan tasvir chiqariladi. Ranglarni boshqarish uchun oynaning o'ng qismida joylashgan ranglar majmuasidan foydalaniladi. Holat satrida esa muharrir bilan ishlashni yengillashtiruvchi turli xildagi ma'lumotlar hosil bo'ladi. Tasvir chizishda qo'llaniladigan asosiy vositalar uskunalar panelida joylashgan. Unda joylashgan tugmalar amallarning tez bajarilishini ta'minlaydi. Xususan, Property Bar (Xususiyatlar paneli) alohida ajralib turadi. Undagi tugmalar bajarayotgan amallaringizga bog'liq holda paydo bo'ladi yoki ko'rinmaydi. Xohlagan paytda joriy holatga mos bo'lgan tugmaning xu-susiyatlarini uskunalar panelida to-pish va ishchi oynaning xohlagan tomonida joylashtirish mumkin. Shu bilan birga menyu satrining ham o'rninio'zgartirishimkoniyati mavjud. Uskunalar panelining bo'sh qismida sichqonchaning o'ng tugmasini bo­sing, natijada yordamchi menyu (kontekst) paydo bo'ladi (99-rasm.). Yordamchi oynadagi o'rnatilgan bayroqcha orqali uskunalar panelida qaysi bo'limlar joylashtirilganligini ko'rsatadi.

Foydalanuvchi panelida joylashgan turli xildagi uskunalardan foydalanishi mumkin. Panelidagi uskunalarni birma-bir sichqoncha orqali tanlab, uning Property Bar


Corel DRAW

(Xususiyat paneli)ga e'tibor bering, ularning ko'rinishi har bir uskunaga mos ravishda o'zgaradi. Shu bilan birga holat satridagi ma'lumotlar ko'rinishi ham o'zgaradi. Muharrir sozlangandan so'ng tasvir bilan ishlashingiz va turli xildagi vektor obyektlar yaratishingiz mumkin.



ANIMATSIYALI TUGMALAR YARATISH

O'z ko'rinishini o'zgartiradigan tugma yaratish tartibini ko'rib o'tamiz. Dastlab tugma bosilgan va bosilmagan holatlarini ko'rsatuvchi ko'rinishlarni yaratish lozim bo'ladi. Atroflari yoysimon to'rtburchak yaratamiz va uni qora rangga bo'yaymiz. Ushbu to'rtburchak nusxasini undan sal yuqori va chaproqda joylashtiramiz, so'ngra uni oq rang bilan bo'yaymiz. Uning ichiga yozuv yozamiz, yozuv atrofini qora rang, uning ichini esa oq rang bilan bo'yaymiz. Bosilmagan holatdagi tugma ko'rinishi tayyor bo'ldi (100-rasm, a). Endi ulardan foydalanib o'zgaruvchi obyektlar yaratish mumkin.



Tugma rasmini tanlang va menyudan Effects Rollover Create Rollover (Bosilgan tugma harakatlari yordamida yangi bosiladigan tugma harakatlarini yaratish) bo'limiga kiring. Tugmaning tashqi ko'rinishi o'zgartirilmaydi, balki bir nechta obyektlar o'rniga bitta oddiy holatda bosiladigan tugma mavjud bo'ladi, buni holat satridagi Rollover [NORMAL] (Bosiladigan tugma [ODDIY]) yozuvi bildiradi.

Tugmaning faoliyatini boshqa rejimlarga moslashtirish uchun dastlab tugmani tanlang va sichqonchaning o'ng tugmasini bosing. Natijada yordamchi oyna pay do bo'ladi undan Edit Rollover (Bosiladigan tugmani o'zgartirish) buyrag'iga kiring. Natijada o'zgartiriladigan tugmadan tashqari barcha tasvirlar ko'rinmas holga va ekranda qo'shimcha Internet uskunalar paneli paydo bo'ladi. Ko'pincha Internet uchun tasvir yaratatishda ushbu panelni dastur oynasida o'rnatib qo'yish lozim. Agar Internet uskunalar paneli hamma vaqt ko'rinarli holda bo'lsa, tugmani yaratishda menyu buyrug'ini berish shart emas, balki paneldagi «Create Rollovers» tugmasini bosishning o'zi kifoya. O'zgartirish rejimiga o'tish amali «Edit Rollover» tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi.

O
Corel DRAW


'zgartirish rejimiga o'tilgandan so'ng tugmaning qolgan ikki holi uchun tasvir yaratish lozim bo'ladi. Internet (Internet) panelining chap qismidagi ro'yxatdan, OVER (yuqoridan) variant satrini belgilab, sichqoncha ko'rsatkichi yo'naltirilgan tugma

holatini o'rnatish rejimiga o'tiladi. Bundan oldin NORMAL (Oddiy) variant tanlangan bo'lib, tugmaning oddiy ko'rinishini ko'rsatgan edi. Matn chizig'ini o'chirib, qora rangda to'ldiriladi. Tugmaning sichqoncha ko'rsatkichi yo'naltirilganda xuddi shu ko'rinishda bo'ladi (100-rasm, b).

Tasvir variantlari ro'yxatidan Down (Bosish) qismini tanlab tugma ko'rinishi chiziladi. Birinchi tuzilgan tugma ko'rinishidan foydalanamiz. Matnni qora rangga bo'yab, konturni o'chiriladi. Matnni va oq to'rtburchakni past o'ngroqqa surib, qora
to'rtburchakni esa qarama-qarshi tomonga suriladi. Bosilgan tugma ko'rinishi hosil bo'ladi (4-rasm, o'ng tomonda).

Tugma yaratish amalini tugatish va dasturning boshlang'ich ish rejimiga o'tish uchun «Finish Editing Rollover» tugmasini bosiladi. Endi esa yaratilgan obyekt ko'rinishini ko'rish mumkin. «Edit Rollover» tugmasini Internet panelidan bosiladi. Tugma animatsiyasini ko'rish mumkin. Sichqoncha ko'rsatkichini yaratilgan tugmaga o'rnatilganda uning rasmi o'zgaradi.

Harakatlanuvchi tugma ajratilgandan so'ng Internet panelidan «Extract Rollover Obj ect» tugmasi bosilganda barcha qismlar bir-biriga joylashgan alohida obyektlar ko'rinishda ajratiladi. Ularni sichqoncha orqali boshqa qismga ko'chirib bunga amin bo'lish mumkin. Tayyor rasmni Internetdagi ko'rinishini ko'rish uchun Internet panelida «Internet» tugmasini bosiladi. Natijada ekranda muloqot oynasi hosil bo'lib, unda Internet - hujjat formati o'zgartiriladi. Xotirada saqlanganda esa faqatgina rasmlar yaratilmasdan, balki WWW -sahifalarda obyektlar ko'rinishlarini o'zgartirish mumkin bo'lgan kodlar ham hosil qilinadi.

OBYEKT SOYALARINI YARATISH

O


Corel DRAW
byekt soyasini unga hajm o'rnatish orqali ham hosil qilish mumkin bo'lsa-da, maxsus uskuna yordamida unga soya o'rnatish qulayroqdir. Bunda yarim shaffof bo'lgan, turli tomonlar bo'yicha tushib turgan soyalarni hosil qilamiz. Yordamchi paneldagi interaktiv uskunalardan «Interactive Drop Shadow Tool» ni tanlab, siqchoncha ko'rsatkichini tuzilgan obyekt markaziga o'rnatish, so'ngra tugmasini bosib

turib sichqonchani chetga ko'chirish lozim. Ekranda soya konturlari va sozlash vektori hosil bo'ladi (101-rasm, a). Sichqoncha tugmasini qo'yib yuborganda obyekt soyasi chizilgan bo'ladi (101-rasm, b).

Soya tushish yo'nalishini o'zgartirish uchun vektor oxirini ko'chirib, sozlash vektori markazida joylashgan konturli to'rtburchakni vektor oxiriga yaqin qismga ko'chiriladi, bunda soya yanada to'q tuslanadi. Property

Bar (Xususiyatlar) panelining «Interactive Transparensy Tool» satriga 50 qiymatni kiritib, yarim shaffof soya hosil qilinadi. Property Bar (Xususiyatlar) paneli satriga 60 qiymatni kiritib, soyaning oqimli chegarasini o'rnatish mumkin (101-rasm, d). Satrdagi oqimlilik ko'rsatkichini 20 gacha kamaytirib sichqoncha orqali belgini soya sozlash vektorining boshiga, matnning quyi qismiga ko'chiriladi, bunda soya umuman boshqa ko'rinishga o'zgaradi (102-rasm). Xuddi shu usulda vektor boshini yuqori yoki chekka qismga ko'chirish mumkin, bunda soya mos ravishda yo'nalishini o'zgartiradi.

Soyani o'chirish uchun Property Bar (Xususiyatlar) panelida «Cleare» tugmasini bosish lozim.


Corel DRAW

Uch o'lchovli o'zgartirishlar

R
astrrli grafiklar bilan ishlaganda hajmiy ko'rinishlarni beruvchi imkoniyatlardan foydalanish mumkin. Buning uchun menyudan Bitmaps/3D Effects (Rastrrli tasvirlarda uch o'lchovli o'zgartirishlar) buyrug'i tanlanadi. O'raatilgan menyuda bir necha ko'rinishdagi o'zgartirish amallari mavjud bo'lib, ular tasvirlar ustida uch o'lchovli

o'zgartirish amallarini bajaradi. Misol sifatida qush uyasi rasmidan foydalanamiz (103-rasm, a) va unga turli xildagi harakatlar qo'llaymiz. Barcha keyingi ko'riladigan misollar faqat shu suratdan foydalanib quriladi.

U
Corel DRAW


ch o'lchovli aylanma harakat (103-rasm, b) menyudagi 3D Rotate (uch o'lchovli harakat) buyrug'i orqali amalga oshiriladi. Buyruq berilgandan so'ng ekranda harakatni boshqarish muloqot oynasi hosil bo'ladi (104-rasm). Harakatlarni o'rnatish muloqot oynas ishlash tamoyili yuqorida ko'rib o'tilgan rangni o'rnatish oynasi bilan bir xil bo'lib, unga ortiqcha izoh shart emas. Tasvirni o'zgartirish amali sichqoncha ko'rsatkichi yordamida yoki muloqot oynasi satriga qiymatlarni kiritish orqali bajarilishi mumkin.Maxsus belgi yordamida o'rnatilayotgan silindr diametri, ya'ni rasm egriligi belgilanadi. Manfiy qiymatlar botiq silindrni, musbat qiymatlar esa - qavariq silindrni aniqlaydi. O'zgartirishlar natijasida rasm markazi juda siqilgan yoki yoyilgan bo'lib chekka qismlari o'zgarmay qoladi.

B

ir xil rangda qoplangan tasvirlar (103-rasm, e) Emboss (Qoplama) orqali yaratiladi. Harakatni o'rnatish muloqot oynasida (106-rasm) chiziqlar qalinligini Depth (Qalinlik), qavariqlik darajasini esa Level (Daraja) yordamida belgilash mumkin. Hajmiy ko'rinishni hosil qiluvchi yorug'likning tushish burchagi quyida berilgan. Muloqot oynasining o'ng

qismida qoplash rangini tanlash mumkin.

Q
Corel DRAW


og'oz varag'ining bukilishni hosil qilish amali menyudagi Page Curl (Varaq bukilishi) buyrag'i orqali bajariladi. Hosil bo'lgan muloqot oynasida (107-rasm) bukilishi lozim bo'lgan varaq burchagi tanlanadi, shimga mos ravishda muloqot oynasining chap qismidan foydalaniladi. Direction (Yo'nalish) tugmasi esa gorizontal yoki vertikal bukilish yo'nalishini belgilaydi. Paper (Qog'oz) tugmasini esa Transparent (Shaffof) holatda o'matilganda yarim shaffof bukilishni hosil qilish mumkin. Opaque (Shaffofmas) tugmasi holati esa shaffof bo'lmagan bukilishni hosil qiladi. Ko'pincha varaqning shaffof bukilishi chiroyli ko'rinishda bo'ladi. Bukilish rangi va tagrang muloqot oynasining o'ng qismida o'matiladi. Qiymatlar yordamida esa gorizontal va vertikal yo'nalishlar bo'yicha bukilish darajasi belgilanadi.



Menyudagi Perspective (Perspektiva) buyrug'i orqali uzoq ko'rinishli (perspektiva) rasm o'rnatish mumkin. (108-rasm, b).



Hosil bo'lgan muloqot oynasida (109-rasm) perspektiva ko'ri-nishni hosil qilish uchun tasvir burchaklaridan tortiladi. Qarama-qrashi tomonlar esa bir-biri bilan bog'langan holda bo'ladi. Bunda bir tasvirning bir tomonini o'zgartirganda, ikkinchi tomon mos ravishda o'zgaradi. Perspektiva ko'rinishni gorizontal yoki vertikal yo'nalish bo'yicha hosil qilish mumkin. Agar Shear (Surish) o'rnatilgan bo'lsa, u holda namunada ko'rsatilgan tasvir tomonlarini parallel ravishda aylantirish mumkin.


Corel DRAW

Ushbu amal vektor obyektning o'zgartirilishiga juda o'xshashdir.

Qavariq va botiq tasvirlar (108-rasm, d) Pinch/Punch (Qavariqliq, Botiqlik) buyrag'i yordamida hosil qilinadi. loqot oynasida (110-rasm) qiymatlar satri orqali lining egrilik darajasi belgilanadi. Ushbu o'zgarish ko'rinishi qattiq qoplamaga aylana predmet urilganligi natijasida deformatsiyalanishga o'xshaydi.

Shunga o'xshash tasvir (108-rasm, d) Sphere (Sfera) buyrag'i yordamida hosil qilinadi. Sferik burilmalarni o'rnatish oynasida (111-rasm) burilish darajasini qiymatlar orqali ham ko'rsatishingiz mumkin. Bundan tashqari, Optimize (Optimallashtirish) satrini belgilab, Quality (Sifat) holatni o'rnatib, yuqori sifatli tasvirni hosil qilinadi.

K

Corel DRAW
odlashtirishning vektorli usulida geometrik shakllar, egri va to' g 'ri chiziqlar, aylana, kvadrat, ellips, qism tasvirlar kompyuter xotirasida matematik formula kabi geometrik abstraksiyalar ko'rinishida saqlanadi. Masalan, aylana shaklini kodlashtirish uchun u alohida piksellar ko'rinishida bo'lishi shart emas. Uning radiusi, markaziy nuqta koordinatalari va rangining xotirada saqlanishi yetarli bo'ladi. To'rtburchak uchun esa uning tomonlari uzunligi, joylashuv o'rni va rangini xotirada saqlash lozim. Matematik formulalar yordamida turli xildagi shakllarni izohlash mumkin. Murakkab shakllarni chizishda bir nechta oddiy shakllardan foydalaniladi. Masalan, burchaklari

yoysimon bo'lgan to'rtburchak shaklni qora rangga bo'yaymiz, unga uchta oq to'rtburchak va birta qora rangdagi to'rtburchak shaklni qo'shib uch duymli disketa rasmini hosil qilish mumkin (97-rasm).

Vektor formatdagi barcha ко'rinishlar bir necha qismlardan iborat bo'lib, ularni bir-biriga bog'liqsiz holda o'zgartirish mumkin. Ushbu qismlar obyekt deb nomlanib, bir necha obyektlar yordamida yangi obyekt yaratiladi. Buning natijasida obyektlar yanada murakkab ko'rinishga ega bo'lish holati kuzatiladi. Har bir obyekt kattaligi, egriligi va joylashuv o'rnining qiymatlari orqali beriladi. Shu sababli, tasvir ko'rinishlarini oddiy matematik amallar yordamida o'zgartirish imkoniyati yaratiladi. Vektorli grafikani qo'llaganda, obyekt hajmining juda ham kichik yoki, aksincha, juda ham katta kenglikda bo'lishi inobatga olinmaydi. Ikki holda ham rasm bilan ishlash bir xil kechadi. Xohlagan paytda tasvir sifatini o'zgartirmay turib, uni kattalashtirish yoki kichraytirish imkoniyati mavjud. Vektorli usulda kodlashtirishning muhim ahamiyati grafik faylning hajmi rastrli grafiklar fayllari hajmiga nisbatan sezilarli darajada kichikligidir. Biroq, vektorli grafikaning kamchilik tomonlari ham mavjud. Birinchidan, hosil qilinayotgan tasvirning shartliligi, ya'ni tasvirlar formulalar yordamida qurilgan egri chiziqlardan iborat bo'lganligi sababli haqiqiy tasvirni hosil qilish juda mushkuldir. Shuning uchun vektorli grafikani tasvirlarni kodlashtirishda qo'llab bo'lmaydi. Agar tasvirni izohlash lozim bo'lsa, olingan fayl hajmi rastrli grafika fayli hajmiga nisbatan ancha katta bo'ladi. Vektorli grafika fayllarini qurishga bag'ishlangan dasturiy vosita sifatida juda keng tarqalgan CorelDRAW dasturini keltiramiz.

CorelDRAW 10 dasturining ishchi oynasi boshqa grafik muharrirlar oynasiga o'xshashdir. CorelDRAW 10 dasturi ishga tushirilganda ekranda dasturning boshlang'ich muloqot oynasi hosil bo'ladi. Bu rejimni oldindan bekor qilish ham mumkin. Buning uchun Show this Welcome Screen at startup (Ishga tushganda oynani ko'rsatish) satridan bayroqchani olib tashlash lozim.

Dastlab dastur ishini sozlab chiqish amalarini ko'rib o'tamiz. Agar ishchi oyna to'liq ekranni egallamagan bo'lsa, dastur sarlavhasida yoyish tugmasini bosing. Natijada ishchi oyna to'liq ekranda hosil bo'lib CorelDRAW 10 dasturi bilan ishlash yanada qulaylashadi.

Y
Corel DRAW


aratilayotgan tasvir aniq ko'rinishi, boshqariluvchi elementlar ekranda joylanishi uchun ekranning joiz kattaligini 1024x768 nuqtalarda, eng yaxshisi 1280x1024 ni qo'llash tavsiya etiladi.

MEHNAT MUHOFAZASI.
Kompyuter va boshqa tashkiliy texnikalarda ishlovchilar uchun me`yorlar va sanitariya qoidalari.
1.Umumiy qoidalar.
Ushbu sanitariya qoida va me`yorlari har xil tarmoqlarda keng ishlatiladigan kompyuter (KT) va tashkiliy texnika (TT) larda ishlovchilarning mehnatini tashkil etib,qulay mehnat sharoitini yaratib berishag yo`naltirilgan.Talab va qoidalarning amalda bajarishi mehnat sharotini qulaylashtirib, ish qobiliyatini oshirish va ishlovchilarning sog`lig`ini saqlab qolishga yordam beradi.

KT si ma`lumotlarni kiritish (to`plash), uni ishlash va natijani (uzatish) ga,TT ma`lumotlarnining nusxasini olishga mo`ljallangan.


2. KT va TT ishlarning tarkibi
2.1. KT si bilan ishlaydiganlar ishlab chiqarish muhitini zararli va xavfli omillari hamda mehnat jarayoni ta`siriga uchrashi mumkin:

elektromagnit maydoni – EMM (radiochastota, past quvvati roentgen nurlanishi.ultrabinafsha va infraqizil nurlanishi);

elektrostatik maydonlarining kuchlanganligi;

havoning ionizatsiyalnishi;

kimyoviy omil,azon,lazerli printerlar ishlatilganda tener bo`yoq moddasining change;

mateorologik omil:joy ilimining o`ziga xosligi,yil fasli,ventilyatsiya hamda isitish tizimi va boshqa;

mexanik va elektr qurilmalarida ishlaganda hosil bo`ladigan shoivqin;

elektr tokidan jarohatlanish xavfi;

ruhiy hissiyotlar zo`riqishining ortib ketishi;

ko`rish analizitorining zo`riqishi;

barmoqlar va panjaning muskuli hamkorligida tez sur`atda bajariladigan bir xil chegralangan harakat;

tananing majburiy,bir xil ishchi holada turishi,gipokeneziya.

T
Mehnat muhofazasi.
T lar bilan ishlashda havoning ionlashuvii, elektrmagnit maydonlarining kuchlanganligi,azon,bo`yoq moddalarning change,majburiy ishchi holat zararli va xavfli omillar hisoblanadi.

2.2. Texnikaning vazifasiva kasbga qarab, mehnat tartibi ishning alohidaligini inobatga olgan holda har xil bo`lishi mumkin.

2.3. Mehnat sharoti va mehnat tartibi,aqliy mehnatining zo`riqishi va boshqa yuklanishlar KT va TT da ishlaydiganlarning markaziy asab tizimi funksional holatining o`zgarishiga,tayanvh-harakat aППarati va qo`l panjalarining o`ta zo`riqishiga olib kelishi mumkin.Gipokineziya va ishning bir xilligi ishchining umumiy toliqishi

( ish qobiliyatini pasayishi) vujudga keltiradi. Bundan tashqari, displey ekrani oldida uzoq vaqt bo`lish ko`rish analizatorining zo`riqishiga hamda toliqish va ko`rish qobiliyatining susayishiga olib keladi.Ishchilarda tez-tez asabiyalashish, uyquning buzilishi, charchoq, ko`z bel, bo`yin atrifi, qo`l va boshqa a`zolarda og`riqlar paydo bo`lishi mumkin..

2.4. Kompyuter texnikasida ishlovchilar mehnati og`irligii va zo`riqishi bo`yicha bo`yicha asosan 2-darajali zararli va zo`riqishi mehnatiga kiradi.

(Mehnat sharoitlarining ko`rsatkichlari bo`yicha gigeyenik tasnifi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan 1996-yil 19-marta tasdiqlangan).



3. Kompyuter va tashkiliy texnika qurilmalarini rejalashtirish, joylashtirish va ishlatishga qo`yiladigan talablar.
3.1. KT va TT ni ishlatishga mo`ljallangan korxona va tashkilotlarning ma`muriy va maishiy binolari QM va Q, shuningdek, quyidagi qoidalarni hisobga olgan holda loyihalanadi.

3.2. KT va TT ishlatiladigan labaratoriyalar, bo`limlar, sexlar, uchastkalar alohida xonalarda joylanmog`i lozim.

Yuqorida qayd qilingan xonalarni yerto`lalarda joylashtirishga yo`l qo`yilmaydi.

3.3. Xonalarni joylashtirishda bajarilayotgan ishlarning bir xilligiga e`tabor berish,ishchilarning mehnat sharoitini yaxshilash maqsadida xonalarga videomanitorlar o`rnatish lozim.

3.4. KT va TT ning konstruktiv va texnologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ish va o`tish joylari quyidagi o`lchamlarda bo`lmog`i lozim:

ikki qatorli joylashtirishda old tomondagi pult va qurilma boshqaruv paneli orasi 1,2 m. dan kam bo`lmasligi;

o
Mehnat muhofazasi.
rqa va yon tomonida olindigan panel va boshqa qurilmalarga ega bo`lgan KT siga xizmat ko`rsatish oralig`I 0,7 m.dan kam bo9`lmasligi;

Displeylarga ega bo`lgan ishchi o`rinlari orasidagi masofa 1,5 m.dan kam bo`lmasligi;

KT bir qatorlanma joylashtirilgan devor orasidagi masofa 1,5 m dan kam bo`lmasligi shart.

3.5. Yangi ishga topshirilayotgan korxonalarning KT va TT o`rnatilgan bo`limlari, sexlar, labaratoriyalari, uchastkalari, ish boshlashdan oldin maxsus komisiya tomonidan San va M №0007-94 talablari amaldagi qoidalar hisobga olingan holda qabul qilinishi lozim.


Kompyuter texnikasi bilan ishlovchilarning mehnat qilish va

dam olish tartibi.
Ishlovchilarning eng qulay mehnat qilish va dam olish sharoitlari ular mehnatining asabiy-ruhiy zuriqish darajasi, organizm har xil tizimi funksional holatining dinamikasi, ish qobiliyati hamda qat`iy belgilanga ish vaqti va tanaffuslarning tartibi inobatga olingan holda belgilanadi:

Asosiy tanaffus tushlik ovqatlanish vaqti hisoblanadi, KT va TT da ishlovchilar faoliyatidning alohidaligini inobatga olib dam olish tartibiga, qo`shimcha ikki – to`rt tartibli mikro tanaffuslar kiritilishi, har birining davomiyligi 10-15 daqiqadan bo`lmog`i kerak. 6 soatli ish kunida 2 tanaffus va 12 soatli ish kunida 3-4 tanaffus bo’lishi zarur.

Mehnat muhofazasi.


YONG'IN XAVFSIZLIGI.
Yong'in xavfsizligi bo'yicha umumiy ma'lumotlar va xavfsizlik tizimiga qo'yiladigan talablar
Yong'in — bu maxsus manbadan tashqarida sodir bo‘ladigan va katta moddiy zarar hamda talafotlar keltirib chiqaradigan nazoratsiz yonish jarayoni. Obyektning yong'in xavfliligi deganda, obyektning yong'in sodir bo'Hshi mumkin bo'lgan holati va yong'inning oqibatlari tushuniladi. Obyektning yong'in xavfsizligi deganda, belgilangan me'yor va talablar asosida ob'ektda yong'in sodir bo'lish xavfi hamda uning xavfli va zararli ornillarini inson hayotiga ta'siri cheklangan, obyektdagi materiallar to'liq himoyalangan holati tushuniladi. Yong'in vaqtida sodir bo'ladigan turli xil xavfli va zararli omillar ta'sirida moddiy boyliklar nobud bo'Hshi va baxtsiz hodisalar ro'y berishi mumkin. Yong'inning xavfli va zararli omillariga asosan quyidagilarni kiritish mumkin: ochiq alanga, atrof-muhit va yong'inda qolgan buyumlaming yuqori harorati, yonish vaqtida hosil bo ladigan turli xil zaharli gaz va bugiar, tutunlar, kislorodning kam kontsentratsiyada bo'lishi, qurilish konstruksiya va materiallarining qulab tushayotgan qismlari, yong'in vaqtida sodir boiadigan portlash, undagi toiqin zarbasi, portlash ta'sirida uchib ketgan materiallar, zararli moddalar va boshqalar.

Maiumki, yong'inni o'chirishga nisbatan uni oldini olish oson va foydali. Shu sababli, har bir mutaxassis va xodim ishlab chiqarishdagi yong'in sabablarini bilishi, yong'in xavfsizligi qoidalariga toiiq rioya qilishi va yong'inni oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishi zarur. Shunga bogiiq holda, Davlat standarti bo'yicha, obyektning yong'in xavfsizligi—yong'inni oldini olish va yong'inga qarshi himoya tizimi hamda tashkiliy-texnik tadbirlar orqali ta'minlanadi.

Yong'inni oldini olish tizimi- yong'in sodir bo'lish sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy tadbir va texnik vositalar majmuidan iborat.

U
Yong’in xavfsizligi.


shbu tadbirlar ishlab chiqarishda mumkin qadar ko'proq yonmaydigan Va qiyin yonadigan materiallarni ishlatish, texnologik jarayonlarni yuqori darajada mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, yong'inga xavfli qurilmalar °'rnatilgan xonalarni yonmaydigan materiallar bilan boshqalardan ajratish ularni mumkin qadar tashqarida o'rnatish, yonuvchi moddalar uchun 8ei"rnetik idish va jihozlardan foydalanish, bino havosi tarkibidagi yonuvchi gaz, bug' va changlar miqdorini ruxsat etilgan darajada (REM asosida) sozlash, isitish jihozlaridan to'g'ri foydalanish va shu kabi boshqa tadbirlar 0rciali amalga oshiriladi.

Yonuvchi muhitda yong'inga olib keluvchi manbaning hosil bo'lishinj oldini olish esa, ishlab chiqarishda yong'in manbasini hosil qilmaydigaj, mashina, mexanizm va jihozlardan foydalanish, mashina va mexanizmlardan foydalanish qoida va rejimlariga to'liq rioya etish, elektr statik zaryadlari va yashinga qarshi himoya vositalaridan foydalanish material va moddalarning issiqlik ta'sirida, kimyoviy va mikrobiologft usulda o'z-o'zidan alanganlanish sharoitlarini bartaraf etish, belgilangan yong'inga qarshi tadbirlarni to'liq amalga oshirish, bino chcgarasini davriy ravishda tozalab turish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Yong'inga qarshi himoya tizimi


Yonish jarayonining mohiyati
Yonish—murakkab fizik-kimyoviy jarayon bo'lib, u yonuvchi modda yoki material bilan havo tarkibidagi kislorodning o'zaro reaksiyasi ta'sirida yuzaga keladi. Yonish sodir bo'lishi uchun albatta yonuvchi modda, kislorod va yonish manbai bo'lishi kerak. Agar havo tarkibida kislorod miqdori 14% dan kam bo'lsa, yonish jarayoni susayadi, kislorod miqdori 10% bo'lganda esa tutash yuzaga keladi. Kislorod miqdori 8% bo'lganda esa tutash ham to'xtaydi.

Yong'in manbaini ikki turga ajratish mumkin, ya'ni ochiq (alanga, uchqun, qizigan buyumlar) va yashirin (kimyoviy reaksiyalar natijasida hosil bo'ladigan issiqlik miqdori, mikrobiologik jarayonlar adsorbsiyasi, adibatik siqilishlar, ishqalanish, zarba).

Yong'inni o'chirishning mohiyati, yuqorida ta'kidlangan uchta yonish jarayonini tashkil etuvchilaming o'zaro ta'sirini to'xtatishdan iborat.

Haroratining t0 dan t oralig'ida materialning erishi, bug'lanishi ro'y beradi. Harorat t0dan ortgandan so'ng, oksidlanish jarayoni yuzaga keladi va oksidlanish reaksiyasi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik ta'sirida harorat tez o'sadi. Tutash, o't olish haroratida esa butun material tutashi kuzatiladi va nihoyat harorat ta ga yetgach, alangalanish boshlanadi.


Yong’in xavfsizligi.



ELEKTR XAVFSIZLIGI.


Umumiy ma'lumotlar. Elektr tokining inson tanasiga ta'siri
Elektr xavfsizligi deb insonlarni elektr toki, elektr yoyi, elektromagnit maydoni va statik elektr tokining xavfli va zararli ta'siridan himova qilishga qaratilgan tashkiliy, tcxnik tadbir va vositalar tizimiga aytiladi.

Ishlab chiqarishning barcha tarmoqlaridagi rivojlanish darajasini elektr cnergiyasisiz tasawur qilish qiyin. Lekin, elektr energiyasi inson mehnatini yengillashtirib ish unumdorligini ortishiga olib kclish bilan bir qatorda, uning hayoti uchun xavfli ham hisoblanadi. Ishlab chiqarishda uchraydigan boshqa xavf manbalaridan elektr xavfi keskin farq qiladi. Chunki, ularni faqatgina maxsus jihoz va asbob-uskunalar bilangina aniqlash mumkin.

Elektr tokidan jarohatlanish, asosan, quyidagi holatlarda yuz berishi mumkin:


  1. Elektr yoyi orqali tok ta'siri;

  1. Jihozlar korpusining metall qismlarida bexosdan tok sodir boiishi natijasida;

  2. Katta o'lehamdagi mashinalarni elektr uzatmalari liniyalariga ruxsai etilgan miqdordan kam masofada yaqinlashuvi oqibatida.

Yuqoridagi holatlarga bog'liq holda elektr tokidan jarohatlanish sabab-larini quyidagi ikki guruhga, ya'ni tashkiliy va texnik sabablarga ajratish mumkin:

Tashkiliy sabablarga: ishchilarni elektr xavfsizligi bo'yicha o'qitilma-ganligi va tcgishli yo'riqnomalardan o'tkazilmaganligi; ishchilarni shaxsiy . himoya vositalari bilan ta'minlanmaganligi; elektr qurilmalarini muhandis-texnik xodimlar tomonidan qoniqarsiz nazorat qilinishi; elcktrik quril-malarida profilaktik ta'mirlash ishlarini sifatsiz olib borilishi; ish joylarida elektr qurilma va jihozlari bilan ishlash qoida hamda ko'rsatmalarining bo'lmasligi kiradi.

Texnik sabablarga esa: tok o'tkazuvchi qismlarda ishonchli to'siqlarning bo'lmasligi; elektr qurilmalari, jihozlari va o'tkazgichlarini noto'g'ri o"r-natilishi hamda elektr qurilmalarini o'rnatishda binolarning elektr xavf­sizligi bo'yicha katcgoriyalarini hisobga olinmasligi; himoya va saqlasn qurilmalarining bo'lmasligi yoki ularni noto'g'ri o'rnatilishi.

I
Elektr xavfsizligi.


shlab chiqarishdagi elektr qurilmalarida sodir bo'ladigan baxtsiz hodisalarning tahlili, asosan, ushbu baxtsiz hodisalar elektr qurilmalari bilan ishlashga nomutaxassis ishchilarning qo'yilishi, himoya vositalari bilan ta'minlash va undan foydalanish masalalariga e'tiborsiz munosabatda bo'lish oqibatida sodir bo'layotganligini ko'rsatadi. Shu sababli, elektr qurilmalaridan foydalanis'w3 kaxtsiz hodisalarning oldini olish uchun «Elektr qurilmalarini o'rnatish qoidalari» talablariga to'liq rioya etilishini talab qiladi.

Elektr vosita va qurilmalariga texnik xizmat ko 'rsatishda quyidagilarga amal qiling:

1. Kuchlanishni o'chiring;

2. Tizimda kuchlanish yo'qligini tekshiring;

3. Qurilmani yerga ulash orqali himoyalang.

Elektr tokining inson tanasiga ta'siri bir necha omillarga, jumladan, I0k kuchi, inson tanasining elektr tokiga qarshiligi, kuchlanish miqdori, tok turi va chastotasi, tokning ta'sir etish vaqti, tokning inson tanasi bo'ylab o'tish yo'li hamda insonning shaxsiy xususiyatlariga bog'liq bo'Iadi.

Elektr toki insonga uch xil, ya'ni kimyoviy, issiqlik va biologik ta'sir Ico'rsatadi. Kimyoviy ta'sirda inson tanasidagi qon va boshqa organik suyuqliklar buzilishi mumkin. Issiqlik ta'sirida esa tananing ayrim qismlarida kuyish hosil bo'Iadi. Biologik ta'sirda tananing tirik nujayralarining qo'zg'alishi va uyg'onishi oqibatida muskullarni ixtiyorsiz ravishda tortishishi. qisqarishi yuzaga keladi.

Yuqoridagilarga mos holda, elektr tokining inson tanasiga ta'siri elektr zarba, elektr kuyishi va elektr shikastlanishi ko'rinishida bo'lishi mumkin. Ushbu ta'sirlar ichida elektr zarba eng xavfli hisoblanadi va u elektr tokining inson tanasidagi muhim' a'zolari: yurak, o'pka, asab tizimi va boshqa shu kabi a'zolari orqali o'tishi natijasida yuzaga keladi.

Elektr xavfsizligi.


Texnika xavfsizligi.
Kompyuter o'rnatiladigan xonaga kompyuterlar soniga qarab turib, quyidagi talablar qo'yiladi: ta’limni axborotlashtirish bu tinglovchilarni kompyuterda nazariy va amaliy mashg’ulotlar o'tkazish bilan bajariladi. Shuning uchun kompyuter xonasida 5 tadan 20 tagacha kompyuter o'rnatilishi mumkin. Bizning sharoitimizda uning soni 5 taga teng. Shuning uchun kompyuter xonasini o'lchamlari quyidagicha bo'lishi kerak: 6x10x2,8 metr.
Stol va stullarga talablar.
Kompyuter xonasida stol va stullarga talablar mavjud bo'lib, stol balandligi erdan 68-77 sm bo'lib, stullar esa aylanuvchan bo'lishi kerak va albatta orqasida suyanchig’i bo'lishi kerak. Chunki stol-stullar o'z gabariti bilan to'g’ri kelmasa, foydalanuvchi tezda charchab qoladi. Stol va stullar shunday joylashtirilishi kerakki, ular insonlarga turib yurishga xalaqit bermasligi kerak. Bundan tashqari, o'qituvchi bemalol xar bitta tinglovchini oldiga borib, uni qilgan xatolarini kompyuterda bemalol ko'rsata olishi kerak.

Insonni antropometrik o'lchovlarini xisobga olish.
Insonni antropometrik o'lchovlari quyidagicha: o'rtacha balandligi 1 metr 72 sm, elka kengligi 39 sm, qo'llar yoyilmasi 160 sm.

Agarda bu antropometrik o'lchovlar xisobga olinmasa, tinglovchilar ish paytida bir-biriga xalaqit berishi mumkin.


Monitordan insonning ko'zigacha bo'lgan optimal masofa.
Monitor ko'zdan ozgina pastroqda va 50 smdan kam bo'lma-gan masofada joylashishi kerak. Monitor va ko'z orasidagi masofa 60-70 sm bo'lishi tavsiya qilinadi, bu masofa kichik bo'lsa, insonni ko'zi tezroq charchaydi. Monitorni dizayni va rangi o'ziga eotiborni jalb qilmasligi kerak. Shuning uchun monitorning sirt tomonida xar xil reklama yopishtirgichlarini olib tashlash kerak. Monitorning ekrani zangori va ko'k ranglarga bo'yalishi shart. Chunki bu ranglar inson ko'ziga eng yaxshi ranglardan xisoblanadi.
Kompyuterda ishlash vaqtida insonning charchash sabablari

K
Texnika xavfsizligi
ompyuter bilan ishlash vaqtida inson quyidagi faktorlardan charchaydi
:

- ekranni yorug’ligi;

- kontrast va fon o'rtasidagi aniqligi;

- kompyuterda ishlash paytidagi issiqlikdan nurlanishi;

- kompyuterda nurlanishning insonga taosiri;

- kompyuter buzuqligi.
Kompyuter xonasiga talablar.
Xonaning shipi oq-ko'k fon balan oqlanishi, devorlari esa yashil rangga oqlanishi kerak. Bu ranglar va oftob nurlanishi bizga kerakli rang iqlimini yaratib beradi.
Elektr xavfsizligi.
Kompyuter xonasida xamma jixozlar elektrotokda ishlaydi, shuning uchun elektr shikastlanishiga uchrash mumkin.

Kompyuterlarni erga ulash va erga ulash ximoyasiga talablar.

xamma kompyuterlarda elektr tarmog’iga ulash uchun maxsus sistema ishlatiladi va unda "0" ulash ximoyasi qo'llanilgan. "0" ga ulash ximoyasi bu "0" simini korpuslarga bog’lash va xar xil issiqlikda ishlaydigan avtomatlarni ishga tushiruvchi sistemadir.
Shaxsiy kompyuterdan foydalanish qoidalari.

Shaxsiy kompyuterni ishga tayyorlash va o'chirish tartiblari mavjud. Avvalambor kompyuterning tarmoq kuchlanishiga mosligini tekshirish kerak. Shaxsiy kompyuterlar 220 yoki 110 kuchlanishli elektr tarmoqlarida ishlashi mumkin.


Texnika xavfsizligi.


Shaxsiy kompyuterlar uchun kuchlanishning o'zgarishi, ayniqsa keskin o'zgarishlar xavfli bo'lishi mumkin. Shuning uchun maxsus stabilizatorlardan yoki elektr quvvatining uzluksizligini taominlovchi - URS qurilmasidan foydalanish tavsiya etiladi. Maxsus URS qurilmasi elektr quvvatini o'zgarmas xolda ushlab turadi, xamda elektr manbai o'chirilgandan keyin muayyan vaqt davomida kompyuter ishlashini taominlab turadi. Bu vaqt kompyuterda bajarilayotgan ishlarni tugatish uchun etarlidir. masalan, kerakli maolumotlarni diskka yozib qo'yish yoki programmalar ishini tugatish uchun va xokazo.
Sanitariya-gigiyena talablari
Kompyuterda ko'p ishlash, ya'ni uning oldida ko'p o'tirish insonning ko'zi, qon aylanish sistemasi, bosh miya faoliyatiga zarar yetkazishi mumkin. Shun-ga ко'gа, kompyuterdan foy-dalanganda quyidagi talablarga rioya qilish zarurdir.

♦ O'quvchining ish joyiga tushayotgan yorug'lik tepadan va chapdan tushishi, displey ekrani va klavishlar ko'zni qa-mashtirmaydigan bo'lishi kerak.

♦ Xonadagi havo harorati o'rtacha 20-24 daraja oralig'i-da bo'lishi lozim.

♦ V-IX sinf o'quvchilarining shaxsiy kompyuter bilan ishlash vaqti 30 minutdan, bir kun davomida esa 180 minutdan oshmasligi kerak.

O'quvchi kompyuterdan eng kamida 50-60 sm narida o'tirishi kerak.

Kompyuter xonasida o'tkazilayotgan dars jarayonida o'quvchi-larning tana mushaklarida va ko'zlarida zo'riqish hosil bo'lmasligi uchun 2-3 minutdan iborat dam berish lozim. Shu lahzalarda o'quvchilarga yengil kuy eshitish, kursida o'tirgan holda qo'l va bo'yin mushaklari toliqmasligi uchun yengil jismoniy mashqlar bajarish tavsiya etiladi.



Texnika xavfsizligi.


Xulosa.

Xulosa.



Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. www.google.uz

  2. www.ref.uz

  3. Informаtikа: Kаsb-xunаr kollejlаri uchun o`quv dаsturi.G`G`Muаlliflаr jаmoаsi: А.А.Аbdukodirov, R. D. Аloev, R. R. Bokiev vа boshqаlаr—T.:2000.—12 b.


Foydalanilgan adabiyotlar.





















2007._____.07-08А.2010
















Ozg

Varoq

Hujjat

Sana

Imzo












HISOBOT:


Kirish

Adabiyotlar

Bet

Betlar












1

2

3

1

27

Bajardi

Djalilov J.








Chirchiq Sanoat Kasb-Hunar Kolleji

Tekshirdi

Xodjayev O.







Tasdiqladi

Tuychiyev S.










Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish