MEHMONXONA BINOLARI
Insoniyatning ilmiy-texnik taraqqiyot tomonidan belgilab berilgan bugungi hayot tarzining sur’ati ilm-fan, biznes, hordiq chiqarish va madaniyat kabi sohalardagi integratsion jarayonlar yanada kuchayishini taqozo etadi. Bu esa, o‘z navbatida, belgilangan maqsadlarga eng samarali ravishda etishish uchun imkon qadar qulay yashash sharoitlari yaratilishini talab qiladi. Bugungi kunda bu funksiyani turli qulayliklar va sig‘imga ega, turli vazifalar uchun mo‘ljallangan mehmonxona komplekslari bajarmoqda. Xizmat ko‘rsatish darajasi yuqori bo‘lgan yangi mehmonxonalardagi reprezentativ va maishiy xonalar hajmining ortishi – ular tarkibining sifatiy o‘zgarishi – odatiy holat sifatida qabul qilinmoqda, natijada, aksariyat mehmonxonalar ko‘p funksiyali konglomeratlarga aylanib bormoqda.
Bu kabi konglomerat tarkibiga kiruvchi umumfoydalanish uchun mo‘ljallangan turli xonalar kongress, majlis va shunga o‘xshash ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlari yaratilgan to‘plam sifatida qabul qilingan. Ushbu to‘plam tarkibiga quyidagilar kiradi: konferens-zallar yoki universal turdagi zallar va ular atrofida shakllanuvchi umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan xonalar, shuningdek restoran va barlar, ko‘ngil ochar xarakterga ega xonalar, qo‘shib qurilgan va ochiq basseynlar, dam olish, ko‘ngil ochar, savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi muassasalar uchun ko‘plab xonalar va, albatta, bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda, axborot sohasida xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan alohida majmualar. Bu kabi konglomeratni o‘z ichiga olgan mehmonxonalarning namunasi sifatida “kongress-otel” yoki “konferens-otel”, shuningdek ishbilarmon kishilar uchun mo‘ljallangan “biznes-otel” deb nomlanuvchi mehmonxonalarni keltirish mumkin. Ulardagi jamoat qismning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, bu majlislar, simpoziumlar va konferensiyalar o‘tkaziladigan zallar, aloqa bo‘limlari va bank, teletayp, teleks va kompyuter xonalari, shuningdek basseyn, sauna, kegelban kabi hordiq chiqarish va ko‘ngil ochar xonalarning mavjudligidir. Mamlakatimizdan mehmonxonalar fondi bir turda emas. Turli davrlarda qurilgan mehmonxonalar arxitekturasi, sig‘imi, qavatliligi, jihozlanishi va
uskunalari, xonalar fondining tarkibi va sifati, xonalar to‘plami va maydoni bo‘yicha farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |