Kirish. Katalitik jarayonlarni sanoatda tutgan urni va vazifalari


Neft qoldiqlarini kokslash jarayonlari



Download 442,46 Kb.
bet9/17
Sana23.06.2022
Hajmi442,46 Kb.
#697391
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
zilol m.opa

2.1.2. Neft qoldiqlarini kokslash jarayonlari.
Og’ir neft qoldiqlarini krekinglashda qattiq koks, suyuq mahsulotlar va uglevodorod gazlari hosil bo’ladi. Kokslashni bir marta yoki suyuq mahsulotni reakciya zonasiga qaytarish bilan amalga oshirilishi mumkin. Bunda chiqadigan gaz, koks va engil distillyatlar miqdori homashyoga ko’ra hisoblaganda ortadi.
Bosim ostida olib boriladigan termokreking jarayonidan kokslashni farqi, termokrekingda hosil bo’lgan og’ir suyuq kreking – qoldiq tizimdan chiqarilib turiladi, kokslashda esa recirkulyat sifatida reakciyaning eng og’ir mahsulotidan foydalaniladi. Sanoatda kokslash jarayonlari uch tipga bo’linadi:

Davriy kokslsh jarayoni gorizontal ko’rinishidagi uzunligi 10-12m va diametri 24,5m gacha bo’lgan kokslash kublarida o’tkaziladi. Homashyo kubga yuklanadi va kub ostida joylashtirilgan forsunka moslamasi yordamida asta-sekin qizdiriladi. Taxminan 3000C temperaturada distillyat bug’lari ajralishi boshlanadi, ular kondensatciya va sovitish tizimiga tushadi. Kubni qizdirish 4500C dan yuqori issiqlik ta`sirida bug’ fazaga ajralish qisqaradi va to’xtaydi.
Jarayon tugashi va kub tubida hosil bo’lgan koksni toblash uchun tubdagi temperatura 700-7500C gacha ko’tariladi va u 1-3 soat davomida saqlab turiladi. Kubni sovutishdan so’ng, koks tushirish lyuki orqali chiqariladi. Kubning umumiy ish cikli 21 dan 33 soatni tashkil etadi. Birta tubdan 3-5 tonna koks olish mumkin.
Davriy kokslash jarayoni qurilmasi kamchiligi ishlab-chiqarish quvvati pastligi va ko’p metal sarfini talab etadi.
Yarim uzluksiz koklash jarayonlari keramik pechlari va qizdirilmaydigan kokslash kameralarda o’tkaziladi. Kokslash kublaridan farqi quvurli pechda ma`lum homashyo to’htovsiz qizdirib turiladi. Kokslash mahsulotlari bug’lari rektifkacion kolonnaga kiritiladi. Kokslash temperaturasi boshlanishida maksimumga (tahminan 13000C) etadi, so’ngra homashyo koks qatlami hosil bo’lishga sarflanadi va kokslanish temperaturasi bir qancha pasayadi. Hosil qilinadigan koks pirogini ruhsat etilgan qalinligi 130 dan 200mm gachani tashkil etadi. Homashyo uzatish davomiyligi 2-2,5 soat-1. So’ngra koks pirogi 1,5-2 soat davomida quritiladi. Koks mehanik surgichlar (itargich) yordamida bo’shatiladi. Odatda qo’llaniladigan pechlar uzunligi 9m, eni 3m va balandligi 1,65m. Bunda koks pirogi 4 tonna atrofidagi massaga ega bo’ladi va homashyoga nisbatan 15-20 % ni tashkil etadi.
Yarim uzluksiz koklashni yana bir ko’rinishi, qizdirilmaydigan kameralarda sekinlashtirilgan kokslash jarayoni keng tarkalgan. Bu jarayon 30–yillardan boshlab qo’llanilmokda. Boshqa termik-qoldiqlar, hattoki qattiq bitum ko’rinishli jinslar – gilsonitlar ham hizmat qiladi. Koks–mahsulotning asosiy iste`molchilari alyuminiy ishlab chiqarish sanoatidir. U erda koks alyuminiy rudasidan alyuminiy qotishmasini ajratishda qaytaruvchi (anodmassa) sifatida xizmat qiladi. Shuningdek koksdan grafitlangan elektrodlar ishlab chikarish uchun homashyo, karbidlar (kaltsiy, kremniy) olishda va uglerodli oltingugurt uchun foydalaniladi. Koksning asosiy ko’rsatkichlari zichligi, oltingugurt miqdori, kulilanish (zolnost) va mikrostuktura darajasi hisoblanadi.
Oltingugurtli neft tarkibidan 1,5% (mass.) oltingugurtli koks olinadi. Yuqori oltingugurtli qoldiqlardan olingan koksdagi oltingugurt miqdori 4 % massagacha etadi.
Sekinlashtirilgan kokslash qurilmalari yiliga 300, 600 va 1500 ming tonnadan koks ishlab chiqarish quvvatlarida loyihalanadi. Quyidagi rasmda quvvati yiliga 600 ming.ton koks ishlab chiqaruvchi qurilmaning ish tartibi keltirilgan. Qurilma to’rt kokslash kamerasi va ikki quvurli qizdirish pechidan iborat reaktor bo’limi, fraktsiyalash bo’limi, issiqlikni qayta tiklash tizimi va mahsulotni sovitish bo’limlarini o’z ichiga oladi.
Kameralardan koks gidravlik usulda gidroburg’u (gidrodolota) va gidrokeskichlar (gidrorezka) yordamida 10-15 MPa suv bosimda kesib bo’laklanadi va chiqariladi.
Jarayon qiyinchiligi kameralardan koksni tushirish uchun qimmatbaho jihozlar (burg’alash minorasi va anjomlar, yuqori bosimda ishlovchi suv nasoslari) talab etilishidir.
Quyidagi jadvalga sekinlik bilan kokslash jarayoni hom ashyo tavsifi va moddiy balansi keltirilgan.

Download 442,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish